Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti. Davolash ishi yo’nalishi 2 – bosqich 21 – gurux talabasi Ne’matjonova Arofatxonning Hayot faoliyati havfsizligi fanidan “Shaxsiy himoya vositalari, maxsus himoya vositalari, shaxsiy tibbiy vositalar” mavzusida tayyorlagan mustaqil ishi. “Shaxsiy himoya vositalari, maxsus himoya vositalari, shaxsiy tibbiy vositalar.” Reja: - Shaxsiy himoya vositalarining turlari.
- Gazniqob(protivogaz)larning turlari va vazifalari.
- Terini himoyalovchi individual vositalar.
Shaxsiy himoya vositalarining turlari. - Shaxsiy himoya vositalari quyidagilarga bo`linadi: a) Nafas a’zolarini himoyalovchi vositalar; b) Terini himoyalovchi vositalar; d) Tibbiy himoya vositalari.
Nafas a’zolarini himoyalovchi vositalar. - Nafas a’zolarini himoyalovchi vositalarga gazniqoblar (protivogazlar), respiratorlar va aholining o‘zi tayyorlaydigan oddiy vositalar kiradi.
- Gazniqoblar o'zining himoyalash xususiyatiga ko‘ra filtrlovchi va ajratuvchilarga bo‘linadi. Filtrlovchi vositalarning himoyalash xususiyati havoni himoyalovchi materiallar orqali o‘tkazishga asoslangan bo‘lib, unda havo radioaktiv, zaharlovchi moddalar va bakterial vositalardan tozalanadi.
Filtrlovchi gazniqoblar. - Filtrlovchi gazniqoblar: umumharbiy, maxsus, fuqarolar uchun, sanoatda qo‘llaniladigan va bolalar uchun mo‘ljallangan gazniqoblarga bo‘linadi. Nafas organlarini uglerod oksididan (is gazidan) himoya qiiish uchun gopkalit patroni qo‘llaniladi. Gopkalit patronining tarkibi: mis kuporosi (CuO) 40%, marganets IV(Mn20) oksidi 60%, kalsiy xlorid qurituvchi modda sifatida ishlatiladi.
FUQAROLAR UCHUN GAZNIQOBLAR GP – 5 - Filtrlovchi protivogazlar filtrlovchi-yutuvchi quti, yuz qismi va xaltachadan iborat. Filtrlovchi yutuvchi quti nafas olinadigan havoni radioaktiv, kimyoviy moddalar va bakterial vositalardan tozalash uchun xizmat qiladi. U silindr shaklida bo‘lib, quti tagida nafas olinadigan havo kirishi uchun teshik bo‘ladi. Tozalangan havo quti tagiga burab o‘rnashtirilgan naycha orqali o‘tib keladi. Filtrlovchi-yutuvchi quti mustahkam bo‘lishi uchun unda burama joylar bo‘ladi. Gazniqob uzoq vaqt saqlanishi zarur bo‘Igan vaqtda yoki suvdan o‘tayotgan vaqtda filtrlovchi-yutuvchi qutining pastdagi teshigi rezina tiqin bilan berkitiladi. Qutining ichki qismida havo oqimi bo‘ylab tutunga qarshi filtr va maxsus ishlov berib faollashtirilgan ko‘mir solingan yutgich qo‘yilgan bo`lib, bu yutgich ko‘pincha shixtai deb ataladi.
Ajratuvchi (izolyatsiyalovchi) protivogazlar. - Ajratuvchi protivogazlar nafas a’zolarini tashqi havodan to‘liq izolyatsiya qiladi. Ajratuvchi protivogazlar himoyalovchi xususiyati moddalaring turiga, radioaktiv va bakterial vositalaming havodagi konsentratsiyasiga bog`liq emas. Bunday protivogazlar havo tarkibidagi har qanday zaharlovchi modda va ulaming yuqori konsentratsiyasidan himoyalaydi.
Ajratuvchi (izolyatsiyalovchi) protivogazlar quyidagi hollarda ishlatiladi: - - havo tarkibida zaharlovchi va zaharli moddalarning juda yuqori konsentratsiyasi paydo bo‘lganda; - odatdagi filtrlovchi protivogazlar have tarkibidagi ba’zi bir zaharlovchi va zaharli moddalarni zararsizlantira olmagan vaqida; - havo tarkibida kislorod qisman yoki to‘ liq bo‘lmaganda; - suv to‘siqlaridan o‘tishda yoki suv ostida ish bajarishda.
Ajratuvchi protivogazlarning tasnifi. - Ajratuvchi protivogazlar kishining nafas a’zolarini tashqi muhitdan to‘ liq ajratishga asoslangan bo'ladi, nafas olish uchun talab qilinadi, havo pnevmatogen yoki pnevmatofor usulda ishlaydigan apparatlar yordamida olinadi. Pnevmatofor ajratuvchi protivogazlarda, nafas uchun olinadigan kislorod, ballonlarida siqilgan bosimda bo‘ladi. Bunday apparatlarga KIP-5, KIP-7 va KIP-8 lar kiradi.
Ajratuvchi protivogazlar КИП - 5 - Кислородный изолирующий противогаз Terini himoyalovchi individual vositalar. - Terini himoyalovchi individual vositalarga himoya kostyumlari kiradi. Himoya kostyumlari zaharli yoki tasodifan xavfli kimyoviy moddalar bilan ifloslangan atmosferada ishlaganda terini va formalarni himoya qilish uchun mo'ljallangan. Tarkibi: himoya plash, paypoq, qo'lqop.
E’tiboringiz uchun rahmat.
Do'stlaringiz bilan baham: |