Gazli atsidozda kompensatsiya reaksiyalari yetarli bo'lmasa patologik holatlarga olib keladi. Chunonchi, karbonat angidridining to'planishi, ko'payishi giperkapniyaga sabab bo'ladi. Bunda miya qon tomirlari kengayadi, unda suyuqlikning hosil bo'lishi tezlashadi, bosh miya ichida bosim oshadi va h.k. Mahalliy - periferik arteriyalarning siqilishi rivojlanib qon bosimi oshadi, buyrak koptokchalarida esa siydik filtratsiyasi kamayadi. Gemoglobinning kislorodga nisbatan moyilligi pasayadi va uning dissotsiatsiya egri chizig'i o'ng tomonga qarab suriladi. Bronxiolalarning torayishi va shilliq pardalarning gipersekretsiyasi natijasida o'tkazuvchanligi buziladi, nafas yetishm ovchiligi chuqurlashadi. Ayni vaqtda simpato-adrenal tizimning faoliyati oshib, qonda katexolaminlar miqdori ko'payadi va ular o'z navbatida periferik qon tomirlar spazmini yanada kuchaytiradi. - Gazli atsidozda kompensatsiya reaksiyalari yetarli bo'lmasa patologik holatlarga olib keladi. Chunonchi, karbonat angidridining to'planishi, ko'payishi giperkapniyaga sabab bo'ladi. Bunda miya qon tomirlari kengayadi, unda suyuqlikning hosil bo'lishi tezlashadi, bosh miya ichida bosim oshadi va h.k. Mahalliy - periferik arteriyalarning siqilishi rivojlanib qon bosimi oshadi, buyrak koptokchalarida esa siydik filtratsiyasi kamayadi. Gemoglobinning kislorodga nisbatan moyilligi pasayadi va uning dissotsiatsiya egri chizig'i o'ng tomonga qarab suriladi. Bronxiolalarning torayishi va shilliq pardalarning gipersekretsiyasi natijasida o'tkazuvchanligi buziladi, nafas yetishm ovchiligi chuqurlashadi. Ayni vaqtda simpato-adrenal tizimning faoliyati oshib, qonda katexolaminlar miqdori ko'payadi va ular o'z navbatida periferik qon tomirlar spazmini yanada kuchaytiradi.
Metabolik alkaloz o‘z darajasiga ko‘ra turli o'zgarishlar bilan davom etadi. Masalan, pH o'rtacha pasayganida qon tomirlari kengayadi, chuqur atsidozda esa torayadi. Ma’lumki, tomirlar tonusi susayishi bilan arterial va venoz qon bosimlari ham pasayadi, yurakka keluvchi venoz qonning miqdori ozayadi va natijada yurakning zarbali va minutlik hajm lari kamayadi. Bunda trom botsitlarning agglyutinatsion va agregatsion xususiyatlari oshadi. - Metabolik alkaloz o‘z darajasiga ko‘ra turli o'zgarishlar bilan davom etadi. Masalan, pH o'rtacha pasayganida qon tomirlari kengayadi, chuqur atsidozda esa torayadi. Ma’lumki, tomirlar tonusi susayishi bilan arterial va venoz qon bosimlari ham pasayadi, yurakka keluvchi venoz qonning miqdori ozayadi va natijada yurakning zarbali va minutlik hajm lari kamayadi. Bunda trom botsitlarning agglyutinatsion va agregatsion xususiyatlari oshadi.
- Hosil bo'lgan mikrotromblari o'z navbatida mikrotsirkulyatsiyani buzadi va shu tufayli gipoksiya, metabolik o'zgarishlar, atsidoz holatlari yanada chuqurlashadi.
- Agar pH 6,8 dan pasayib ketsa lizosomalar parchalanib, ularning tarkibidan ajralib chiqqan fermentlar hujayralami autolizga uchratadi va yemirilishga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |