Mavzu:Yalpi talab va yalpi taklif. 1. Narxlarning o‘rtacha darajasida milliy ishlab chiqarish
natijalari (SMM)ni sotib olishga qilingan sarflar bu –
a) yalpi taklif; b) yalpi talab; c) iste’molchilik sarflari; d) investitsion sarflar;
2. Quyidagilardan qaysi biri yalpi talab va narx darajasi
o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni izohlab berolmaydi?
a) pul taklifi miqdoran cheklanganligi;
b) foiz stavkasi samarasi;
c) uy xo‘jaliklari jamg‘argan boylik samarasi;
d) import tovarlar samarasi;
3. Iste’molchilik sarflari miqdoriga ta’sir ko‘rsatmaydigan
omilni aniqlang:
a) turmush farovonligi o‘zgarishi;
b) tovarlar narxi va daromadlar darajasi o‘zgarishi kutilishi;
c) iste’molchi qarzlari darajasi;
d) soliq stavkasining o‘zgarishi;
4. Investitsion sarflar o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatmaydigan
omilni toping:
a) foiz stavkasi; b) kutiladigan foyda; c) soliqlar; d) texnologiya, ortiqcha quvvatlar mavjudligi;
5. Davlat sarflari o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatmaydigan omilni
aniqlang:
a) davlatning investitsion sarflari o‘zgarishi;
b) davlat byudjetidan beriladigan ish haqi miqdori;
c) atrof-muhitni muhofaza qilishga sarflar o‘zgarishi;
d) sof eksportdagi o‘zgarishlar;
Mavzu:Iqtisodiy taraqqiyot .Iqtisodiy osish va milliy boylik. 1. Quyidagilardan qaysi biri iqtisodiy o‘sish ekstensiv turining
belgisi hisoblanadi?
a) mehnat unumdorligining o‘sishi;
b) resurslarning samarali taqsimlanishi;
c) mehnat va kapital sarflarining ortishi;
d) texnika taraqqiyoti o‘sishi;
2. Mehnat unumdorligi o‘sish sur’atining sekinlashuvi sabab-
lari nima bilan belgilanadi?
a) YAMM tarkibida investitsion tovarlar ulushining kamayishi;
b) fond bilan qurollanishining pasayishi;
c) jami ishchi kuchi sifatining yomonlashuvi;
d) yuqoridagi barcha omillar bilan.
3. Agar jamiyat xarajatlarini minimallashtirishga va cheklan-
gan ishlab chiqarish resurslaridan foydalanishni optimallashtirishga
intilsa, iqtisodiy maqsad:
a) to‘la bandlikka erishish;
b) iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash;
c) iqtisodiy xavfsizlik;
d) iqtisodiy samaradorlik;
4. Iqtisodiy o‘sishning nisbiy ko‘rsatkichini aniqlang:
a) daromad va ish haqining darajasi;
b) aholini ijtimoiy himoyalash darajasi;
c) ishsizlikning nisbiy darajasi;
d) narxlarning nisbiy o‘zgarishi;
5. Intensiv iqtisodiy o‘sish qanday amalga oshadi?
a) mavjud iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish orqali;
b) yangi korxonalar qurish yo‘li bilan;
c) ishlovchilar sonini mutloq oshirish hisobiga;
d) qo‘shimcha pul resurslarini jalb qilish bilan;