O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI FARGONA DAVLAT UNIVERSITETI “TASDIQLAYMAN”
Fakultet dekani
_______________ B. Siddiqov “___” _____________ 2021yil
(Sillabus pedagogika-psixologiya fakultetining 2021 yil “___” __avgust__dagi ___1_-sonli majlisida muhokama qilingan va tasdiqlangan) Farg‘ona 2021 yil
Farg‘ona davlat universiteti “Psixologiya” kafedrasi.
Manzil: Farg‘ona sh. Murabbiylar ko‘chasi 19 uy
Kurs haqida qisqacha ma’lumot (QM)
QM1
Fanning o’qitishdan maqsad: eksperimental psixologiyaning nazariy-metodologik asoslarini tizimlashtirish, psixologik empirik metodlarning amalda o’tkazish ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifalari: fanning asosiy tushunchalari bilan tanishish, psixologiyada nazariy va empirik jixatlarini metodologik asoslarini taxlil qilish, eksperimental psixologiyani ilmiy asoslarini o'rgatishni, psixologik jarayonlarni taxlil va tadqiq etish malakasini hosil etish, psixologik qonuniyatlarni, psixofiziologik va psixofizik qonuniyatlar asosida rivojlantirishni, empirik tadqiqotlarni taxlil qilishda shaxsiy professional kompetensiyalarda bir butunlik tizimini saqlab qolish; gumanitar muammolarga ega bo’lgan psixologik taxlillarga bo’lgan qiziqishlarni orttirish, fanining asosiy tushuncha va tamoyillarini o'zlashtirishda talabalarda tanqidiy tafakkurni rivojlantirishga o’rgatish.
Kursga qo‘yiladigan boshlang‘ich talablar
1.
Talabalar psixologiya fani doirasida boshlang‘ich ma’lumotga ega bo‘lishlari kerak.
Ta’lim natijalari (TN)
TN1
Eksperimental psixologiya fanining tarixi; eksperimental psixologiya fannning predmeti va vazifalari; laboratoriya tadqiqotlarining xususiyatlari; eksperimental psixologiya va praktikum fani metodlari; kuzatish metodini turlari va ularga qo’yiladigan talablar; suhbat metodini turlari va ularni qo’llanishi mohiyati; anketa metodiga qo’yiladigan asosiy talablar; test usulini o’ziga xosligi; laboratoriya jihozlarini mashg’ulotda qo’llash talablari; proyektiv metodlar haqida tasavvurga ega bo’ladi;
TN2
Eksperimental psixologiya fani metodlarini; eksperimental tadqiqotlarini tashkil etish qoidalarini; psixologik laboratoriyadagi amaliy tadqiqot vazifalarini bilib oladi va ulardan foydalana olishni o’rganadi;
TN3
Psixologik tadqiqotlarini tashkil etish va psixologik empirik metodlari; eksperimental psixologiya fani metodlarini qo’llash; shaxsni eksperimental o’rganish metodlarini qo’llashni; motiv, motivatsiya, emotsiya va irodaning turlari, xususiyatlari hamda sifatlarini eksperimental o’rganish; sezgi va idrok xususiyatlarini laboratoriyada o’rganish; xotira va diqqatni eksperimental o’rganish metodikalari; tafakkur va nutqni eksperimental o’rganish metodikalarini qo’llay olish ko’nikmalariga ega bo’ladi.
TN4
Berilgan topshiriqlar bo`yicha mustaqil va guruhda ishlash, topshiriqni aniq uslubiyot asosida bajarish va uni taqdim etish ko`nikmalariga ega bo‘ladi.