Gepatit C oqibatida rivojlangan jigar sirrozi jigar transplantatsiyasining keng tarqalgan sababi, lekin transplantatsiya o’z-o’zidan VGCdavosi sanalmaydi:
Bunda 25-45% hollarda transplantatda o’tkir gepatit namoyon bo’ladi;
Gepatit B kasalligi — sabablari, belgilari, asoratlari, davolash, oldini olish
Gepatit B — antroponoz virusli kasallik. Sezilarli gepatotrop xususiyatlarga ega qo’zgatuvchi — gepadnaviruslar oilasiga mansub gepatit B virusi (HBV) tomonidan chaqiriladi. Virus turli fizik va kimyoviy omillarga qarshi juda chidamlilik bilan ajralib turadi.
Kasallik faqat bemorning biologik materiallari bilan aloqa qilish orqali yuqishi mumkin. Ko’p hollarda infektsiya bemor uchun sezilmay kechadi, shuning uchun kasallik laboratoriya tahlillari natijasida yoki xususiyatli belgilari namoyon bo’lgan paytda aniqlanadi. O’z vaqtida davolangan bemorlar butunlay sog’ayib ketadi va ushbu kasallikka qarshi barqaror immunitetga ega bo’ladi.