Hozirgi kunda mavjud dori vosistalarining hech biri bemor organizmini virusdan to’liq tozalay olmasa ham, ular virus ko’payishini to’xtatishi va shu tariqa jigarning shikastlanishini minimumga yetkazishi mumkin. 2016-yil holatiga ko’ra AQShda infektsion gepatit B ni davolash uchun 8 ta preparat litsenziyalashtirilgan:
To’g’ri ta’sir qiluvchi antivirus preparatlar:
Teskari transkriptazaning nukleozid ingibitorlari:
Lamivudin (Epivir)
Telbivudin (Tyzeka)
Entekavir (Baraclude)
Teskari transkriptazaning nukleotid ingibitorlari:
Adefovir (Hepsera)
Tenofovir dizoproksil fumarat (Viread)
Tenofovir alafenamid fumarat (Vemlidy)
Immunomodulyatorlar:
Interferon alfa-2a;
Pegilatlangan interferon alfa-2a (Pegasys).
Asosiy terapiya dasturi kasallikning shakli va inson organizmining individual xususiyatlaridan kelib chiqib tanlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |