Fargʻona Davlat Universiteti
Tabiiy fanlar fakulteti
Kimyo kafedrasi
19.54 —guruh talabasi
Ibrohimova Gavharoyning
Fizik kimyo fanidan tayyorlagan
Kurs ishi
Topshirdi:
Qabul qildi:
Mavzu: Moddalarni Dipol momentini aniqlash.
Mavzu: Moddalarni Dipol momentini aniqlash.
Reja :
I.Kirish.
II.Asosiy qism :
a)Qutblanish turlari.Elektrod qublanish. Moddalarning qutblanuvchanligi.Refraksiya.
b) Dipol haqida tushuncha.Elektr va magnit dipol o'rtasidagi farq .
b) Dipol momenti .Dipol moment formulasi .
c)Dipol momentining ahamiyati .Dipol moment momentlari.
d)Suvning Dipol momentini hisoblash
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta`lim, tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga etkazish to`grisida” gi Farmoni hamda, kadrlar tayoyrlash milliy dasturida belgilangan. Oliy ta `lim muassasalarida raqobatbardosh etuk mutahassislar tayorlab ularni rivojlangan demokratik horijiy mamlakatlar ta`limidagi ijobiy tajribalarga asoslanib yangi innavasion pedogagik tehnalogiyalar yaratib, talabalarga nazariy va amaliy bilim berish hozirgi kunga kelib dolzarb masalalardan biri bo`lib qoldi. O`zbekistonning kelajagi, uning istiqboli yoshlarga bilim berish bilan bir qatorda ularning tarbiyasiga, sog`lom qilib o`stirishga, milliy mafkura va o`z vataniga sadoqat ruhida tarbiyalashga bog`liq bo`lib, bu murakkab jarayonni muvoffaqiyatli amalga oshirish mustaqil mamlakatning eng dolzarb vazifalaridandir. Shuning uchun ham, « Mamlakatimizning istiqboli yosh avlodlarimiz qanday tarbiya topishiga, qanday ma`naviy fazilatlar egasi bo`lib voyaga yetishiga, farzandlarimizning hayotga nechog`lik faol munosabatda bo`lishiga, har qanday oliy maqsadlarga hizmat qilishiga bog`liq ekanligani hamisha yodda tutishimiz kerak » deb ta`kidlagani bejiz emas. Shu boisdan ham bugungi kunda bo`lajak mutahassislarning ta`lim tarbiyasi mustaqil O`zbekistonning davlat siyosatida ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada “Umumiy va anorganik kimyo” fani biz yashayotgan jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchiga aylanib borayotganligini aytib o`tish joizdir. Kimyo fani yutuqlaridan foydalanmasdan turib hozirgi zamon sanoatini va qalq ho`jaligini taraqqiy etishini, ekologik atrof muhitni himoya qilish muammolarini hal qilishni tasavvur qilish qiyin. Kimyo fanining sanoatni turli yo`nalishlarida – arhitektura va qurilish, to`qimachilik, neft va gaz, yo`gochsozlik, mashinasozlik va jihozlash tehnologiyasi, metallurgiya va rangli metallar tehnologiyasi, qishloq ho`jaligi uchun organik va mineral o`g`itlar ishlab chiqarish tehnologiyasi, oziq-ovqat mahsulotlari tehnologiyasi, oqava suvlarni tozalash va atrof muhitni ifloslanishini oldini olishdagi ahamiyati katta o`rin tutadi. Shu munosabat bilan Oliy ta`lim muassasala-rida kimyo fanini ishlab chiqarishning zamonaviy yutuqlariga, uni o`rganish metodologiyasi asosida hamda il`gor ahborot tehnologiyalariga asoslanib bilim berishni amalga oshirish ahamiyat kasb etadi.Kimyo tаbiаtni o’rgаtuvchi fаnlаrdаn biri bo’lib, jismlаr, hоdisаlаr, jаrаyonlаr оrаsidаgi bоg’liqlikni mа’lum qоnuniyatlаr аsоsidа tushintirib bеrаdi. Bizni o’rаb turgаn оlаm kishi оngigа bоg’liq bo’lmаgаn hоldа mаvjuddir.
Do'stlaringiz bilan baham: |