Farg’ona Davlat Universiteti
Tabiiy Fanlar Fakulteti
Biologiya yo’nalishi
19.58- guruh talabasi
Yo’ldoshev Shohruhning
Farg’ona vodiysi hayvonot dunyosi fanidan
MUSTAQIL ISHI.
Farg’ona 2021- yil.
Farg’ona vodiysi adirliklari va tog’ mintaqalari hayvonot olami
Reja:
Farg’ona vodiysi adirliklari va tog’ mintaqalarining geografik o’rni, tuzilishi va tarkibi
Farg’ona vodiysi adirliklari va tog’ mintaqalari umurtqasiz hayvonlar olami
Farg’ona vodiysi adirliklari va tog’ mintaqalari umurtqali hayvonlar olami
Adir mintaqasi. Okean sathidan 400-500 m.dan 1000-1200 m.gacha bo‘lgan balandliklarda joylashgan. Oddiy bo‘z tuproq tog‘ etaklarida, 500-600 m dan 1000 m gacha bo‘lgan balandliklarda tarqalgan, tarkibida chirindi 1,5-2,5 foizni tashkil etadi. Okean sathidan 1000-1600 m balandliklarda to‘q tusli bo‘z tuproqlar tarqalgan bo‘lib, tarkibidagi chirindi miqdori 3-4 foizga boradi, ko‘pincha bahorikor ekinlar ekiladi. Adir mintaqasida cho‘lga nisbatan o‘simliklar ko‘proq bo‘lib, bahorda qizil, sariq rangdagi lolalar va chuchmomalar bilan qoplanadi. Shuningdek, qo‘ng‘irbosh, rang, sasir, yantoq, kavrak va gulxayrilar o‘sadi. Adirlarda zirk, na’matak, do‘lana kabi buta va chinor, terak, qayrag‘och kabi daraxtlar o‘sadi. Adir mintaqasida cho‘lga xos sudralib yuruvchilardan kaltakesak (agama, gekkon)lar, ilon (kapchabosh ilon, zaharli ko‘k ilon)lar, hatto falanga, chayon kabi hasharotlar ham uchraydi. Adirda tulki, bo‘ri, toshbaqa, yumronqoziq, jayra, bo‘rsiq va tiрratikanlar uchraydi. Qushlardan pushtirang chug‘urchuq (asalarilar kushandasi), ko‘k qarg‘a, kaklik, zog‘cha, kalxat, qirg‘iy va burgut kabilar yashaydi. Adir vohalarida musicha, chumchuq, bulbul, mayna, qaldirg‘och va sassiqpopishak va boshqalar mavjud.
Tog‘ mintaqasi. Okean sathidan 1000-1200 m dan 2700-2800 m gacha bo‘lgan balandlikdagi joylarni o‘z ichiga oladi. Tog‘larda tog‘-qo‘ng‘ir va tog‘-jigarrang tuproqlari tarkib topgan bo‘lib, tarkibida chirindi miqdori 4-6 foizgacha yetadi. Tog‘ mintaqasining daryo vodiylari va qayirlarida o‘tloq, botqoq-o‘tloq tuproqlari uchraydi. Tog‘ mintaqasining 1400 m dan 2500 m gacha bo‘lgan balandliklarida archa, yong‘oq, Turkiston qayini, teraklardan tashkil topgan o‘rmonlar uchraydi. O‘rmonlar suv oqimlarini tartibga soladi, sellarning oldini oladi, tuproqlarni yuvilib ketishdan saqlaydi, havo haroratini mo‘tadillashtiradi, havodagi zararli moddalarni yutib, kislorod chiqaradi. Tog‘ mintaqasida hayvon turlari adirga nisbatan ko‘p. Lekin havoning salqinligi tufayli sudralib yuruvchilar kam bo‘lib, Oloy tog‘ iloni, Turkiston agamasi uchraydi. Tog‘ mintaqasida o‘rmon sichqoni, oq sichqon, ko‘rshapalak, oq suvsar, qunduz, o‘rmon olmaxoni, qo‘ng‘ir ayiq, chiрor sirtlon, silovsin, bo‘ri, tulki, bo‘rsiq, quyon, to‘ng‘iz yashaydi. Qushlardan burgut, tasqara, itolg‘a, kaklik, boltatumshuq, bulbul kabilar mavjud.
Agamalar (Agamidae) oilasining 34 ta urug'i va 350 dan ortiq turlari bo'lib, kichik va o'rtacha kattalikdagi kaltakesaklardir. Bu oilaga kiruvchi kaltakesaklarning boshi uchburchak yoki yumaloq shaklda, boshi ustida bo'rtmacha va mayda tangachalari bor, yerda yashovchilarining gavdasi yapaloqlashgan, daraxtda yashovchilarining gavdasi esa ikki yonidan siqilgan, oyoqlari boshqa kaltakesaklarnikiga nisbatan yaxshi taraqqiy etgan. Ba’zi vakillarida yelkasi va dumi ustida shox o ‘simtalardan toj hosil bo’ladi, tili yo'g'on bo’lib, tashqariga sal chiqib turadi. Tomog’ida ko'ndalang bo'rtma qatlam bor, tishlari jagMning qirrasiga o'rnashgan. Jag’laridagi tishlari kurak, qoziq va oziq tishlarga bo’lingan
Bo'z gekkoni O'rta Osiyoda, Qozog'istonda, Kavkazortida va Eronda tarqalgan. Uning uzunligi 51 mm, dumsiz, tungi hayvon, kunduzi toshlar orasiga, devor kovaklariga, jarlardagi yoriqlarga kirib yotadi. Qishni ham shu joylarda o'tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |