Hukmlar tuzilishiga ko’ra oddiy va murakkab bo’ladi. Oddiy hukm deb tarkibidan yana bir hukmni ajratib bo’lmaydigan mulohazaga aytiladi. Tarkibidan ikki yoki undan ortiq oddiy hukmni ajratish mumkin bo’lgan mulohazalarga murakkab hukm deyiladi. Murakkab hukmlar haqida keyingi paragrafda to’xtalib o’tamiz.

Oddiy hukmlar xususiyatiga ko’ra bir qancha turlarga bo’linadi.
a) Hukmning sifat jihatidan bo’linishi.
Mantiqda sifat jihatidan hukmlar tasdiq va inkor hukmlarga bo’linadi. Agar hukm buyumga xos bo’lgan biror belgi va munosabatni qayd etuvchi bo’lsa, u tasdiq hukm bo’ladi. Masalan, “Bugun mantiq darsi bo’ldi”. Ba'zan agar hukm predikati inkor etuvchi va undagi bog’lovchi tadiqlovchi bo’lsa, hukm albatta tasdiqlovchi bo’ladi. Masalan, “Bu qaror asossiz hisoblanadi”. Inkor hukm esa tasdiq etilgan buyum belgilarini rad etishdan iborat. Masalan, “Terak mevali daraxt emas”.
Tasdiq va inkor hukmlar o’rtasida hamma vaqt o’zaro bog’lanish mavjud. Bunday holatning bir munosabatdagi tasdiq hukmning ikkinchi munosabatda inkor ham bo’lishida ko’rish mumkin. hamma vaqt bir belgini tasdiqlash, unga zid bo’lgan boshqa bir belgini inkor etishdir. Mantiqda tasdiq hukm S – P dir, inkor hukm esa S – P emas formulasi bilan ifodalanadi.

hukmning son jihatidan bo’linishi. hukm sub'ektida ifodalangan predmetlarning miqdoriga ko’ra bir necha turlarga bo’linadi. har bir hukm faqat o’z sifati bilangina ajralmasdir balki son bilan xam ajraladi. hukm bir predmet, predmetlar sinfining bir qismi va predmetlar sinfiga kiruvchi barcha predmetlarning xossa va munosabatlarini tasdiqlashi yoki inkor qilishi mumkin. Shu jihatidan hukmlar yakka, juz'iy va umumiyga bo’linadi.

Yakka hukm bir predmetga xos va xos bo’lmagan belgi va munosabatni ifodalaydi. Yakka hukm hukmlar sub'ekti yakka tushunchalar bo’ladi.