Farg’ona Davlat Universiteti Fizika-tehnika fakulteti


Boshlang’ich dizaynerlik topshiriqlar (I-1V sinflar)



Download 1,7 Mb.
bet8/10
Sana14.07.2022
Hajmi1,7 Mb.
#796018
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
nozima kurs ishi

1. Boshlang’ich dizaynerlik topshiriqlar (I-1V sinflar).

2. Asosiy dizaynerlik topshiriqlar (V-VII sinflar).

3. Mutaxassislikka oid dizaynerlik topshiriqlar (VII1-IX sinflar).

II Bob TEXNIK IJODKORLIK VA DIZAYNERLIK

2.1 Texnik ijodkorlik va dizaynerlik ma’suliyatlari


Mamlakatimizda ilm-fanni yanada rivojlantirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak ma’naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish uchun faqat ilm-ma’rifat, jadal islohot va innovatsiyalar yordamida erishish mumkin. Buning uchun, avvalambor, tashabbuskor, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini tarbiyalash maqsadida ta’limning barcha bo‘g‘inlari isloh qilinyapti. Hozirgi kunda oliy ta’lim standartlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, fan o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish hamda zamonaviy darslik va adabiyotlarni yaratish dolzarb hisoblanadi. Zamonaviy dizayn bor e’tiborini hozirgi kun kishisining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondira oladigan madaniy namunalarni shakllantirishga, yangidan yangi buyumlar yaratishga qaratgan. Dizayn loyihalash madaniyat sifatida har qanday moddiy ishlab chiqarish va intellektual faoliyatni qamrab oladi. Zamonaviy kostyum dizayni yaratish jarayonida muhim o‘rinni, albatta, kompozitsiya egallaydi. Tashqi ko‘rinishda ichki uyg‘unlikni akslantirishga xizmat qiluvchi kompozitsiya tashkiliy tushuncha hisoblanib, u qismlarni birlashtirib, ulardan bir butunlik, yaxlitlik paydo qiladi.
Kompozitsiya ustida ishlash – dizaynerning faqat o‘zigagina xos bo‘lgan obrazli tafakkur jarayoni, muayyan badiiy asarda amalga oshirgan g‘oyalari demakdir. Ushbu faoliyat mutaxassisdan mehnatsevarlik, boy vizual tajribaga asoslangan qobiliyat hamda ichki intuitsiya talab etadi. Shu bilan bir qatorda, muayyan qonun-qoidalardan iborat bilim hamda ifodali vositalar va usullar orqali tasvirlashga asoslangan kompozitsiya asoslari yetarli darajada jiddiy fan hisoblanadi. Bundan xulosa qilish mumkinki, kompozitsiya ustida ishlash jarayoni bu intuitiv va mantiqiy asosning bir bo‘lib ketishidir. San’atda kompozitsiya tushunchasi ortida badiiy asarning tuzilishi (strukturasi), uning asosiy elementlari va qismlarining muayyan bir tizim va 4 ketma-ketlikda joylashtirish tushuniladi. Ya’ni, kompozitsiya – mazmun bilan ifodalangan badiiy asar shaklining bir va yaxlitligidir. Kompozitsiya bir-biri bilan bog‘liq ikki holatda: badiiy ijodning jonli jarayoni, ya’ni loyiha vazifasini hal qilishda hamda uni amalga oshirishda namoyon bo‘ladi. Kompozitsiya asoslari kursi dizayn sohasi mutaxassislari tayyorlashda sun’iy tizimlarni badiiy-kompozitsion shakllantirish qonun va tamoyillarini, shu jumladan kostyumni ham professional tarzda chuqur tushunish uchun universal asos bo‘lib xizmat qiladi. Kompozitsion mahorat – har qanday san’at turida rassom va dizaynerning ijodiy professionalligi asosi sanaladi. "Kompozitsiya asoslari" fani tikuv sanoatining bo‘lajak mutaxassislari faoliyatining barcha asoslarini belgilovchi asosiy maxsus fandir. Ushbu kursning maqsadi talabalarni dizaynda shaklning tarkibiy tuzilmasini tashkil etishning asosiy qonunlari bilan tanishtirish, tekislik va hajmiy-fazoviy shakllar bilan ishlash bo‘yicha kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, ularda loyihalanayotgan mahsulot badiiy ifodasini yaratishda me’yor hissini paydo etish va individual ijodiy imkoniyatlarni rivojlantirishdan iborat. Kursning asosiy vazifasi – talabalarda dizaynerlik obyektlarini loyihalashda kompozitsiya qonuniyatlaridan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanishni, bundan tashqari kostyumni loyihalashda o‘zlaridagi nazariy bilimlarni professional ijodkorlik yo‘nalishiga aylantirish iqtidorini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat. Fanni o‘qitish tajribasi shuni ko‘rsatdiki, o‘quv jarayoning boshida talabalar tomonidan o‘zlashtiriladigan mashg‘ulotlar qatorida ("Qalamtasvir", "Rangtasvir", "Loyihalash" kabi) ushbu kurs fundamental hisoblanadi. Darslik bilan tanishish nafaqat kompozitsion mahoratning asosiy tamoyillari va qonunlari haqidagi tasavvurni kengaytirishga, balki, avvalo, talabani muvaffaqiyatli ta’lim va keyingi ijodiy faoliyat uchun yo‘llanma sifatida mustaqil va doimiy bilimga ega bo‘lishga undashi kerak. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tikuv sanoati mahsulotlarining raqobatbardoshligi masalasi tobora keskinlashib bormoqda, buni esa yuqori sifat 5 hamda xaridorga o‘z vaqtida taklif etish bilangina hal qilsa bo‘ladi. Kiyimning tashqi ko‘rinishi va estetik xususiyatlari ushbu tushunchaning eng muhim tarkibiy qismlaridan bo‘lib, u nafaqat dizaynerning model ustida ishlash jarayonida, balki konstruktor va texnologning ishi davomida ham shakllanadi. Ular ham o‘z navbatida yuqori did, me’yor va mutanosiblilikni his etish qobiliyatiga, shuningdek, kompozitsiya sohasida chuqur professional bilimga ega bo‘lishlari zarur. Kiyim-kechak dizayni sohasi mutaxassislari oldida nafaqat kostyumni foydalilik va qulaylilik nuqtai nazaridan yaratish, balki kostyumni ijodkor tasavvuri, g‘oyasi va muallifning o‘ziga xosligini mujassamlashtirgan, badiiy ifodalagan shakl sifatida tushunish kabi mashaqqatli vazifalar turibdi. Ushbu darslik doirasida taqdim etilayotgan nazariy materiallar va amaliy mashqlar ushbu vazifani hayotga tatbiq etishga yordam beradi. O‘zaro uyg‘un asarlarni yaratish uchun ijodiy faoliyat, birinchi navbatda, uyg‘unlik qonuniyatlari va vositalarini bilishni talab qiladi. Ushbu darslik sizni shunga doir qonuniyatlar va kompozitsiyani uyg‘unlashtirish vositalari, ularning turlari va har bir turning xossalari bilan tanishtiradi. Barcha yangi tushunchalar, qonuniyatlar, kompozitsion usullar kompozitsiya asoslari nazariyasining ma’qullangan ta’lim uslubiyatidan kelib chiqib tayyorlangan mashqlar tizimi orqali o‘rgatiladi. Mashqlarning ko‘pchiligida misol sifatida talabalar ishlaridan foydalanilgan bo‘lib, ulardan taqlid ma’nosida emas, balki ijodiy izlanishlarda ilhom va rag‘bat omili sifatida foydalanasiz, deb o‘ylaymiz. Tavsiya etilgan mashqlarni bajarib, bilimingizni chuqurlashtirasiz va mustaqil ijod uchun zarur ko‘nikmalarni shakllantirib borasiz.

Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish