Farg’ona davlat universiteti fizika-matematika fakulteti


III-BOB. LOYIHALASH QISMI



Download 0,65 Mb.
bet8/10
Sana26.02.2022
Hajmi0,65 Mb.
#466934
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Umum o’rta maktablarda informatikadan to’garaklar tashkil etish metodikasi

III-BOB. LOYIHALASH QISMI.
3.1-§.Html dasturlash tilida shrift o‘lchami, rangi va web-sahifa foni.
Darsdan maqsad:
1) ta’limiy: Web-sahifada srift o`lchami, rangi va web-sahifa foniga ta’sir etuvchi teglar haqida tushuncha berish;
2) tarbiyaviy: o`quvchilarga estetik tarbiya berish;
3) rivojlantiruvchi: O`quvchilarda srift o`lchami, rangi va web-sahifa foni bilan ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.
DTS: shrift o`lchami, rangi va web-sahifa foniga ta’sir etuvchi teglarni bilish va amalda qo`llay olish.
Darsni borishi:
I. Tashkiliy qism
1) salomlashish;
2) davomatni aniqlash.
II. Takrorlash

  1. HTML-4 da nechta pog’ona sarlavhalarini ishlatish mumkin?

  2. Sarlavha pog’onalari bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?

  3. HTMLda abzas qaysi teg yordamida belgilanadi?

  4. HTMLda qaysi teg matnni yangi satrga o’tkazadi?

  5. Matn qalin, og’ma, tagchiziqli shriftda yozilishiga misollar yozing.

  6. Web-sahifada matnni tekishlash usullariga misollar yozing.

  7. Web-brauzer matnni formatlamasligi uchun qanday teg ishlatiladi?

III. Yangi mavzuni o`rganish
Avvalgi mavzularda hosil qilgan web-sahifalarimizda bir xil shriftdan foydalandik. Shrift o‘lchami ham faqat sarlavha teglari yordamida o‘zgartirildi. Internetdagi web-sahifalarda turli shrift va o‘lchamda, har xil ranglar bilan yozilgan matnlarni uchratish mumkin.
Shrift o‘lchamini belgilash uchun HTML tilida juft tegi SIZE (o’lcham) parametri bilan birga ishlatiladi. Bu teg ishlatilganda kiritilayotgan matnning shrift o’lchami o‘zgarmaydi. Shrift o‘lchami o‘zgarganini faqat web-br7auzerda ko‘rish mumkin.
Web-sahifada 7 xil o‘lchamdagi shriftlarni ishlatish mumkin. Ular 1 gan 7 gacha parametr qiymati bilan belgilanib, 1 eng kichik, 7 esa eng katta shrift o‘lchamini bildiradi. Masalan, shrift o‘chamini 5 ga teng qilib olish uchun ko‘rinishdagi juft teg yoziladi. Asosiy shrift o‘lchamiga qaytish uchun tegi qo‘llaniladi.

HTML-kod va web-sahifaga e’tibor qilgan bo’lsangiz, shrift o’lchami necha marta tanlangan bo’lsa, shuncha marta yakunlangan.


Web-sahifada turli ranglarni ishlatish uni yanada go’zal va jozibali ko’rsatadi. Web-sahifada shrift va matn rangi bilan birga fon rangini ham o’zgartirish mumkin. Shrift rangini tanlash uchun juft tegi COLOR parametri bilan birga qo’llanadi. Bu ko’rsatmadan keyin “=” belgisi va qo’shtirnoq ichida rang kodi yoziladi. Rang kodi “#” belgisi bilan boshlanadi. Matnda uning umumiy ko’rinishi kabidir.
Rang kodi RGB (Red-qizil, Green-yashil, Blue-ko’k) ranglar tizimiga asoslangan. Bu tizimda kerakli rang uchta asosiy ranglarning turli miqdordagi aralashmasidan hosil qilinadi. Uchta asosiy rangning har biri 16 asosli sanoq sistemasidagi 00 dan FF gacha (256 ta) sonlar bilan belgilanadi. Asosiy ranglarni qo‘llashda ularning ingliz tilidagi ifodasidan ham foydalanish mumkin. Ba’zi ranglarning kodlari va ingliz tilidagi ifodasi jadvalda keltirilgan.

Oq

#FFFFFF

White

Ko‘k

#0000FF

Blue

Qora

#000000

Black

Sariq

#FFFF00

Yellow

Qizil

#FF0000

Red

Qirmizi

#FF00FF

Magenta

Yashil

#00FF00

Green



Shrift rangini tanlashni quyidagi misolda ko’rish mumkin:



Web-sahifadagi matn yoki fon rangini o’zgartirish uchun <BODY> juft tegi mos ravishda Text (matn) yoki Bgcolor (background color, ya’ni fon rangi) parametrlari bilan birga qo’llaniladi. Bu parametrlardan keyin “=” belgisi va qo’shtirnoq ichida rang kodi yoki rangning ingliz tilidagi nomi yoziladi. Rang kodi “#” belgisi bilan boshlanadi. Shuni ta’kidlash joizki, matn rangini o’zgartirish tegi shrift rangi boshqacha tanlangan qismga ta’sir etmaydi. Quyidagi misolda web-sahifada matnga va fonga rang berish ko’rsatilgan:



MS Word dasturida fonga rang berish yoki fonga rasm joylashtirish mumkin edi. HTML tilida fonga rasm joylashtirish uchun juft tegi Background parametri bilan qo’llanadi. Bu holda tenglik belgisidan keyin rasmning to’liq manzili qo’shtirnoqsiz yoziladi. Agar rasm web-hujjat joylashgan katalogda bo’lsa, shu rasmning nomi (masalan, Gul.jpg) yoziladi.



Rasmning kengaytmasi, odatda, web-sahifaga yuklanishi tez bo’lishi uchun JPEG yoki GIF formatiga mos bo’lishi kerak, ammo BMP formatli rasm ham ishlatilishi mumkin. Bu haqida keyingi darslarda ma’lumot beriladi.


KLASTERNI TO’LDIRING


Klasterni tuzish qoidalari:
Topshiriqni diqqat bilan o’qib chiqing.
Fikrlarni tarmoqlantirish jarayonida paydo bo’lgan har bir fikrni yozing.
Imlo xatolar va boshqa jihatlarga e’tibor bermang.
Belgilangan vaqt tugamaguncha yozishni to’xtatmang, fikringizni jamlashga harakat qiling.
Fikrlarni chegaralamang, ular o’rtasida o’zaro aloqadorlikka e’tibor qarating.
FSMU texnologiyasi



Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish