Farg’ona davlat universiteti fizika-matematika fakulteti


II-BOB.O’QUVCHILARNI TO’GARAK MASHG’ULOTLARIDA BILIM VA KO’NIKMALARINI MUSTAHKAMLASH



Download 0,65 Mb.
bet6/10
Sana26.02.2022
Hajmi0,65 Mb.
#466934
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Umum o’rta maktablarda informatikadan to’garaklar tashkil etish metodikasi

II-BOB.O’QUVCHILARNI TO’GARAK MASHG’ULOTLARIDA BILIM VA KO’NIKMALARINI MUSTAHKAMLASH.
2.1-§. To’garak mashg’ulotlarida fan asoslarini mustahkamlash.
Ta’limda fandan talabalarning fan asoslarini mustahkam va chuqur o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqishlari va ehtiyojlarini rivojlantirish, o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda qo‘llash, kasbga yo‘naltirishni amalga oshirish, qo‘shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko‘nikmalarni shakllantirish, internet tizimi yordamida axborot izlash, olish va qayta ishlashni o‘rgatish maqsadida o‘qitish jarayonining yangi shakli qo‘shimcha mashg‘ulotlarni tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Bugungi kunda kompyuter singari texnik vositalardan xususan, kompyuterlarning mantiqiy fikrlay olish qobiliyatiga ega bo’lgan avlodi ishlab chiqarishda tadbiq etilmoqda. Masalan: dastur bilan boshqariladigan dastgohlar, inson uchun havfli sohalarda kompyuterga asoslangan robotlar, atom elektrostansiyalari yoki kimyoviy korxonalardagi texnik ta’minot bunga misol bo’la oladi. Hatto kosmik kemalar ham kompyuter texnikasi va maxsus dasturlar bilan boshqariladi. Talaba-yoshlarimizda kompyuterda ishlash ko’nikmasi shakllanib bo’lgan. Kompter bilan haqiqiy “muloqotga” kirishish uchun uning —til”ini bilish kerak. Biror narsani kompyuterda hal qilish uchun, avvalo, uning algoritmini tuzib, so’ng bu algoritmni kompyuter tushunadigan qonun-qoidalar asosida yozish kerak. Bu yozuv dastur deb ataladi. Dastur tuzish jarayoni dasturlash asoslari, dasturlash tillari, amaliy dasturlash sirlari bilan tanishadilar.
Mashg‘ulotlar amaldagi o‘quv dasturining uzviy davomi sifatida informatika fani o‘qituvchisi tomonidan o‘tilib, jurnalda rasmiylashtiriladi. Qo‘shimcha mashg‘ulotning asosiy maqsadi talabalardagi fanga bo‘lgan qiziqishni rivojlantirish, ularning darsda olgan bilimlarini to‘ldiruvchi bilim, malaka va ko‘nikmalar bilan qurollantirishdan iborat. O‘tkaziladigan qo‘shimcha dars mashg‘ulotlari asosiy dars jarayonida egallangan bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Shundagina qo‘shimcha mashg‘ulotlar dars mashg‘ulotlarining mantiqiy davomi bo‘lib xizmat qila oladi.
Qo‘shimcha mashg‘ulotlarning samaradorligini oshirish uchun o‘qituvchi talabalarning bilish faoliyatini faollashtiradigan, mantiqiy, mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko‘nikmalarni rivojlantirishga imkon beradigan o‘qitish metodlari, axborot kommunikatsion texnologiya vositalari va axborot-ta’lim resurslaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bevosita informatika fanidan dasturlash tillarini o‘rganishga, veb- sahifalar tayyorlashga, taqdimot slaydlari yaratish sirlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan qo‘shimcha mashg‘ulotlar tashkil etish mumkin. Qo‘shimcha mashg‘ulotlarda talabalar tomonidan asosiy dars jarayonida egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini yanada kengroq egallashlari uchun imkoniyat yaratilgan.
Qo‘shimcha mashg‘ulotlarning maqsadi:
Informatika fanining turli sohalari bo‘yicha talabalarning bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirish, informatikani o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish, uzluksiz ta’lim tizimining keyingi turlarida o‘qishni davom ettirish yoki ongli ravishda kasb tanlashga yordam berish;
Axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanib talabalarning dunyoqarashini kengaytirish tabiatning moddiy birligini uning yaxlitligini ilmiy tasavvur qilish;
Axborot kommunikatsion texnologiyalarini rivojlanishining ilmiy asoslariga e’tiborni qaratish, talabalarni turli dasturlash tillari imkoniyati bilan tanishtirishga sharoit yaratish.
Qo‘shimcha mashg‘ulotlar uchun tavsiya etilayotgan yo‘nalishlarni belgilash jarayonida amaldagi dasturni to‘laqonli bajarish, ayrim qiyin o‘zlashtirilayotgan mavzularni kengaytirib o‘qitishga alohida e’tibor qaratiladi.



Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish