Farg’ona davlat universiteti filologiya fakulteti “O’zbek tili ” yo’nalishi “Adabiyotshunoslik nazariyasi”


“Shiroq” hikoyasidagi syujet komponentlari



Download 193,4 Kb.
bet9/10
Sana15.01.2022
Hajmi193,4 Kb.
#370459
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Azimova Nozimaxon Adabiyotshunoslik kurs ishi.

2.2. “Shiroq” hikoyasidagi syujet komponentlari.

Mirkarim Osim ijodida tarixiy-biografik mavzu katta oqimni tashkil etadi. Uning “Zulmat ichra nur”, “Jayhun ustida bulutlar”, “Ibn |Sino qissasi”, “Aljabrning tug’ilishi”, “Singan setor” qissalari shu oqimning sara asarlari toifasiga kiradi. 1973-yilda Abu Rayhon Beruniyning 1000 yillik yubileyiga bag’ishlab “Jayhun ustida bulutlar” qissasini yaratdi. So’ng 1980-yilda Abu Ali ibn Sinoning 1000 yillik yubileyiga 3-4 mustaqil biografik hikoyalardan tashkil topgan “Ibn Sino qissasi” asari paydo bo’ldi.

Mirkarim Osim xarakter dinamikasi tahlilidan ko’ra voqea va syujet dinamikasiga, tarixiy davr tasviri, mahalliy koloritni ifodalovchi manzaralar badiiy tahlilga ko’proq ahamiyat berish yo’li bilan qahramon ichki dunyosini ochib beruvchi adib. Uning asarlarida qahramonnning chuqur iztiroblarga berilishi, tavba-tazarru qilishi, fikr-hayolga g’arq bo’lishi kabi holatlarni ham uchratasiz. Biografiyasi qalamga olinayotgan tarixiy shaxs hayotidagi eng qiziqarli voqealar tizmasidan muddao avvalo mazkur zamon, qolaversa, ulug’ mutafakkirlar xarakterini ochib berish, ularning hayot va ijod yo’li haqida, prinsiplari, izlagan haqiqati haqida hozirgi zamon kitobxoniga to’g’’ri, ayni paytda qiziqarli tasavvur berish bosh vazifadir.

Yozuvchi tarixiy-biografik asarlarining bosh qahramonlari – jahon fan-madaniyati xazinasiga ulkan hissa qo’shgan mutafakkir, allomalar. Shu tufayli yozuvchidan, tabiiy ravsihda, o’z asarida muayyan olim yoki ijodkorni ilm ustida, ijod jarayonida ko’rsatish, uning kashfiyotlariga “badiiy baho berish” talab qilinadi. Shu jihatdan qaraganda, Mirkarim Osim mushkul ilmiy kashfiyotlarni sodda, oson tushuntirish, tasvirlash ustasi hamdir.

Adib asarlarida ramziy, majoziy ma’no muhim o’rin tutadi. Tilda o’tmish tariximizning xarakterli elementlarini hamisha “qistirib o’tish”ga usta bo’lgan san’atkorning jumlalari albatta muayyan bir ramziy ma’no tashiydi. Asarlarning nomlari, ichki sarlavhalari ham shunga bo’ysundiriladi.

O’zbek adabiyotida tarixiy-biografik mavzuning ajoyib namunalari bo’lmish bu qissalar xalqimizga, ayniqsa, yosh avlodga madaniyatimiz tarixini, ulug’ allomalarimiz hayot yo’lini ko’rsatib berishda beqiyos rol o’ynaydi.

Mirkarim Osim nihoyatda kamtar va kamsuqum inson edilar. Ayrim mualliflar singari o’z asrlarini darsliklarga kiritilishini da’vo qilib kelmasdilar. Yangi asar qo’lyozmasini iymanibgina tutqazib: “ O’qib, fikringizni aytarsiz, - derdilar istixola bilan boshqa tomonga qarab. ( Domla shunchalik odobli ediki, suhbatdoshlarining yuziga tik qarashga tortinar edilar.) Abdusodiq, faqat faktga yopishib olmay, badiiy to’qimani kuchaytiring, deyapti. Ancha ishladim. Tarixni bundan ortiq buzolmayman, keyin olib ketarman”, derdilar. Shu yo’sin Mirkarim Osimning “Ibn Sino qissasi”, “Aljabrning tug’ilishi”, “Mohlaroyim va Xolposhsha”, “Singan setor”, “Zulmat va muhabbat nuri” singari keying yillarda yaratilgan qissalarini qo’lyozma holida o’qish baxtiga muyassar bo’lgan edim.17

Adibning “Shiroq” hikoyasiga to’xtaladigan bo’lsak, bu asari ham tarixiy faktlarga asoslangan, sayyor syujet asosida yozilgan asardir. Asarning boshlanishi Yaksart bo’yidagi yoz tasviri boshlanadi. Bu tasvir esa syujet komponentlaridan biri bo’lgan prolog vazifasini o’taydi. Sak qabilasidagi yigit va qizlarning lapar aytib, vaqtichog’lik qilishlari ham endi ularning ko’ngillariga sig’masliklari esa ularning ustiga bostirib kelayotgan Eron qo’shinining hujumidan edi.

Saklarning oqsoqoli Rustak oqsoqollar kengashini o’tkazib, Ranosbat boshchiligida qo’shin ular tomonga bostirib kelayotganini aytishini o’zidanoq tugun boshlangan. Tugun boshlanishi bilan o’z-o’zidan voqealar rivoji ham boshlanib ketadi. Qabila oqsoqollaridan biri bo’lgan Saksafar qariyalar va bolalik xotinlarni qo’y va yilqilar bilan uzoq cho’llarga yuborib, qolgan er va ayollarni qurollantirish taklifini beradi. Lekin Darayavush qo’shini tish tirnog’iga qurollangan haqiqiy jangchilar edi. Shu mahalda Shiroq kengashga kirib keladi va u o’zining niyatini qabila oqsoqollar raisi Rustakka bildiradi.

Shiroqni og’riq sezmas deb bilgan xalq uning oqsoqol huzuridan quloq burni kesilgan holatda chiqqani ko’rib hayron qolishadi. Aslida buhiylaning boshlanishi edi.

Shiroq Eron shohi Doro huzuriga kelib, o’z qabiladoshlaridan jabr zulm ko’rganligini aytib, ularni eng yaqin orqa tomondan hujum qilishga ishontirishidan kuliminatsiya ko’tariladi. Shiroqning Eron qo’shinini chuv tushirib, suvsiz sahroda bir hafta boshlab yurishi va o’zining jasorat ko’rsatishi asarning avj nuqtasi hisoblanadi.

“U o’z murodiga yetgani uchun muqaddas otash va suv xudosiga shukr qilib, allaqanday duo o’qidi. Darhaqiqat, u o’z elini qullikdan qutqarib qolish uchun jonidan kechgan, yovuz dushmanni hiyla tuzog’iga ilintirish uchun ming turli azob-uqubatni bo’yniga olgan edi. Mana endi u niyatiga yetdi, dushman askarini halokat yoqasiga boshlab keldi. Endi dushman nima qilsa qilaversin!” – mana asardagi tugunning yechimi shu joyida ko’zga tashlanadi. Hikoyaning yakuni esa Shiroqning o’limi bilan yakunlanadi. Halokat yoqasida qolgan eroniylar achchiqlariga chiday olmay cho’ponni chopib, qiymalab tashlashadi.18

Mirkarim Osim hozirgi kunda tobora tanqislashib borayotgan adabiy asarni puxta va nozik taxrir qiluvchi, uni sayratib yuboruvchi muharrirlar toifasidan bo’lgan. Tom ma’nodagi mohir tarjimon, ya’ni asarni chuqur his qilib, qayta yozib tarjima qiladigan ijodkorlardan edi.19

Xulosa

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, badiiy asar syujeti tasvirlanayotgan voqelik va asarda ishtirok etadigan qahramonlar masalasiga bevosita bogiiq. Chunki syujet asosidagi voqelikda qahramonlar harakat qiladi va, eng muhimi, haqiqiy badiiy asarlarda avvalo qahramonlar o‘z dardi-dunyosi bilan namoyon

bo'ladi.

Mirkarim Osim o’zbek adabiyotida kutilmagan tarixiy syujetli asarlari bilan shuhrat qozongan iste’dodli adib. 1-prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, To’maris va Shiroq jasorati asrlik haqiqiy jasorat bo’lgan.20

“To’maris” asarida biz massagetlarning fazilatlarini ko’rishimiz mumkin:


  1. Birdamlik (To’maris xalqini o’z oilasidek ko’rishi);

  2. Mardlik (ayol va erkaklarda bir xil mardlik);

  3. Jasorat (ayol va erkaklarning qo’rqmay jangga otlanishi);

  4. G’amxo’rlik (har bir narsani xalq bilan bo’lishish);

  5. Kamtarinlik;

  6. Manmansiramaslik.

Asarda bunday jihatlar ko’p bo’lib, ular har bir inson, har bir xalq uchun o’rnak bo’la oladi.

Uning asarlaridan eng yaxshilari qariyb yarim asrdan buyon o’rta maktab darsliklaridan o’rin olib, yangi yangi avlodlar bilan ona tariximiz, boy o’tmishimiz, nurga, ziyoga intilgan vatanparvar ajdodlarimiz o’rtasida mustahkam ko’prik bo’lib, tarix bilan hozirgi kunlarimizni bog’lab turibdi. Bu asarlar xalqimizning ming ming yillar davomida shakllangan an’analari, urf-odatlari, ilg’or udumlarini ko’zga ko’rinmas nozik ip bilan bugungi sotsialistik voqeligimizga, kommunistik ideallarimizga tutashtirib kelmoqda. Yoshlarimizda vatanga muhabbat, ilm-fan, madaniyat tarixiga hurmat, adolatsizlik, bosqinchilik, shovinistik qarashlarga nafrat, dunyoda mustahkam tinchlik uchun kurash, gumanizm hissini tarbiyalab, kamol toptirishga xizmat qilmoqda.




Download 193,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish