Farg’ona davlat universiteti filologiya fakulteti “O’zbek tili ” yo’nalishi “Adabiyotshunoslik nazariyasi”


I.BOB. SYUJETNING NAZARIY ASOSLARI



Download 193,4 Kb.
bet6/10
Sana15.01.2022
Hajmi193,4 Kb.
#370459
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Azimova Nozimaxon Adabiyotshunoslik kurs ishi.

I.BOB. SYUJETNING NAZARIY ASOSLARI

1.1 Syujet va uning turlari.

Syujet ( fr. Sujet – predmet, asosga qo`yilgan narsa) – badiiy shaklning eng muhim elementlaridan biri, asardagi bir-biriga uzviy bog`liq holda kechadigan, qahramonlarning hatti-harakatlaridan tarkib topuvchi voqealar tizimi.2

Syujet deganda, asar qahramonlari hayotidagi voqealar va ana

shu jarayondagi aloqalar, munosabatlar, to ‘qnashuvlar, o ‘sish-o‘zgarishlar...

tushuniladi, chunki «Adabiyotning uchinchi elementi syujetdir, ya’ni odam-

larning o`zaro aloqalari, ular o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar, simpatiya

(yoqtirish) va antisimpatiyalar (yoqtirmaslik), umuman kishilar o`rtasidagi

munosabatlar — u yoki bu xarakterning, tipning tarixiy rivojlanishi, tashkil

topib borishidir» ( M. Gorkiy).

Demak, syujet asardagi voqealar oqimidir. Ularning bir-biriga bog`lanishidir.

Syujet badiiy adabiyotning xos xususiyatlaridan biri bo`lib, barcha turdagi badiiy asarlarda syujet mavjuddir. Har bir turda, janrda syujet o`ziga xos tarzda namoyon bo`ladi. Aksariyat lirik she`rlarda voqealar tizimi mavjud emas, biroq ularda o`y-fikrlar, his- kechinmalar rivoji kuzatiladi, bu ularning syujetini tashkil qiladi. Shuningdek, ba`zan kichik hajmli hikoya va novellalardagi syujet ham "voqealar tizimi" degan ta`rifga muvofiq kelmaydi: bunda bir hayotiy holat ichidagi o`sish, rivojlanish kuzatiladi (Mas.: Cho`lponning "Taraqqiy", A.Qahhorning "Bemor" hikoyalari).

Yana shuni aytish kerakki, ayrim adabiyotshunoslar (mas.,G.Pospelov) fikricha, syujet epik hamda dramatik asarlarga xos bo`lib, lirik asarlar syujetga ega emas. Boshqalar syujet deb atagan lirik asardagi o`y-fikrlar, his-kechinmalar rivojini ular kompozitsiya bilan bog`lab tushuntiradilar. Ya`ni, bu o`rinda lirik asar kompozitsiyasi syujet (voqealar tizimi) o`rnini bosadi, o`y-kechinmalarni muayyan tartibda uyushtiradi. Bu xil qarashning qulayligi shundaki, u ishda terminologik chalkashliklardan qochishga, "syujet" deganda asarda tasvirlangan voqealar tizimini tushunishga imkon beradi. Biz ham shu xil qarashdan kelib chiqamiz va

"syujet" deganda epik va dramatik asarlarga xos bo`lgan syujetni, voqealar tizimini tushunamiz.3

Badiiy asarda syujetning yaratilishini g‘oyaviy mazmun boshqaradi,

g‘oyaviy mazmuning talabiga uyg‘un holda xarakterlar namoyon bo`ladigan va hayot ziddiyatlarini umumlashtiradigan voqealar silsilasi kashf etiladi. Voqealar silsilasi o‘z navbatida asar g‘oyasini badiiylashtiradi, uni tiriltiradi.4

Syujet personajlarning harakatlaridan tarkib topadi. Personajlarning zamon va makonda kechuvchi hatti-harakatlari ham, ruhiyatidagi o`y-fikrlar, his-tuyg`ular ham harakat hisoblanadi. Shu harakat tiplarining qaysi biri yetakchilik qilishiga ko`ra syujetning ikki tipga bo`lish mumkin: a)”tashqi harakat” dinamikasiga asoslangan syujet; b)”ichki harakat” dinamikasiga asoslangan syujet.5 Tashqi harakat dinamikasiga asoslangan syujetda qahramonlarning biror maqsad yo`lidagi hatti-harakatlari, kurashi, to`qnashuvlari aks etadi va shu asosda ularning taqdiri, ijtimoiy mavqeida o`zgarishlar yuzaga keladi. Syujetning bu turi nisbatan qadimiyroq (folklordagi ertaklar, rivoyat va dostonlar).Yangi o`zbek adabiyotida ham syujetning bu tipi kengroq tarqalgan: “O`tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon”, “Kecha va kunduz”, “ Qutlug` qon”, “Sarob” – bularning barida tashqi harakat dinamikasi yetakchilik qiladi. Syujetning ikkinchi tipida voqealar o`z holicha emas, personaj ruhiyatidagi bog`liq, asar davomida personajlar hayotida, taqdirida yoki ijtimoiy holatida emas, uning ruhiyatida burilishlar, o`zgarishlar sodir bo`ladi. Bu tip syujetlar adabiyotimizda ancha keyin, XX asrning 80-yillaridan paydo bo`lib, hozircha nasrning kichik va o`rta (A.A’zam “Bu kunning davomi”, “Asqartog` tomonlarda”) shakllarida, shuningdek, bir qator dramatik (SH.Boshbekov “Taqdir eshigi”, “Eshik qoqqan kim bo`ldi”) asarlarda sinab ko`rildi.

Voqealarning o`zaro munosabatiga ko`ra syujetning xronikali va konsentrik turlari ajratiladi. Xronikali sujetda voqealar orasida vaqt munosabati(A voqea yuz berganidan so`ng B voqea yuz berdi) yetakchilik qilsa, konsentrik sujet voqealari orasida sabab -natija munosabati (A voqea yuz bergani uchun B voqea yuz berdi) yetakchilik qiladi. “Shoh o’ldi, bu qayg’udan malika ham o’ldi” gapida – ikkinchi tip sabab-oqibat bilan bog’langan syujet – konsentrik (bitta umumiy markazga yig’ilmoq) syujet yaratilsa, “Shoh o’ldi, bu o’lim qayg’usiga chiday olmay malika ham o’ldi” gapida – uchinchi tip – ikki xil syujet birlashadi: xronikal – konsentrik syujetni voqe qiladi.2

Kelib chiqishiga ko`ra xronikali sujetlar qadimiyroq sanaladi. Xronikali sujet qahramon taqdirini davriy izchillikda, uning xarakterini rivojlanishda ko`rsata olishi jihatidan ustunlik qiladi. Shu bois ham katta epik asarlarda ko`proq xronikali sujet qo`llaniladi. Sujetning mazkur turi epik ko`lamdorlikni ta`minlashga ham katta imkon yaratadi. Zero, bunda asosiy sujet bilan yondosh holda yordamchi sujet chiziqlarini ham yurgizish, juda katta hayot materialini qamrab olish imkoniyatlari mavjud. Xronikali sujetda asarning "badiiy vaqt"i istalgancha kengaytirilishi mumkin: unda "parallel vaqt"da kechayotgan voqealarni tasvirlash, retrospeksiya usulidan — zamonda ortga qaytish usulidan foydalanish imkoniyatlari ancha keng. Shunindek, xronikali sujetga qurilgan asarga sujetdan tashqari unsurlar, muallif mushohadalari, tafsilotlarni tabiiy ravishd a kiritish, badiiy matnga singdirib yuborish mumkin. Sanalgan xususiyatlarni, masalan, S.Ayniyning "Qullar", P.Qodirovning "Yulduzli tunlar" asarlarida kuzatish mumkin bo`ladi.

Konsentrik sujet voqealari bitta asosiy voqea tegrasida aylanishi bilan xarakterlanadi.Xronikali sujetdan farq qilaroq, bunda voqealar yetakchiligi kuzatiladi. Sababi, konsentriksujet konflikt asosida sujetning shiddat bilan rivojlanishini, uning yechimga tomon intilishini taqozo qiladi. Sujetning bu turi badiiy asar qurilishining mukammal, asarning o`qishli va qiziqarli bo`lishiga imkon beradi. Ya`ni, bu xil sujet o`quvchi diqqatini bitta nuqtada tutib turadi, o`qish jarayonidagi faolligini oshiradi. Buning yorqin misoli sifatida detektiv asarlarni ko`rsatish mumkin. Detektiv asarlarning aksariyatida sujet voqealari konkret hodisa atrofida aylanadi, o`quvchi xayolini shu hodisaning sabablarini, qay tarzda yuz bergani bilish istagi egallaydi, bu savollarga o`zicha javob izlaydi, o`zi topgan javobning qay darajada to`g`riligini bilmoqchi bo`ladi — bularning bari o`quvchini asarga bog`laydi qo`yadi. Konsentrik sujet nisbatan qisqa vaqt ichida kechgan voqealarni qamrashi, yondosh sujet chiziqlarini kiritish imkoniyatlarining kamligi bilan ham harakterlanadi. Sanalgan xususiyatlarni O.Yoqubovning "Muqaddas", "Billur qandillar", "Ulug`bek hazinasi" kabi asarlari misolida kuzatish mumkin.

Darslik va qo`llanmalarda sujetga M.Gorkiy tomonidan berilgan ta`rif keltiriladiki, unga ko`ra sujet "u yoki bu xarakterning, tipning tarixiy rivojlanishi, tashkil topib borishidir". Biroq, ma`lumki, barcha badiiy asarlarda ham xarakter rivojlanishda, o`sish va shakllanishda ko`rsatilmaydi. Misol uchun, A.Qahhorning mashhur "O`g`ri" hikoyasini olib ko`raylik. Ma`lumki, bu hikoyada xarakterlar tayyor holda beriladi, voqea davomida rivojlanmaydi, — sujet bu o`rinda voqeaning ichki rivojini namoyon etadi, xolos. Demak, M.Gorkiyning sujetga bergan ta`rifi universal bo`lolmaydi, u ayrim tipdagi asarlarga (mas.,"Qutlug` qon","Kecha va kunduz") nisbatangina to`g`ri keladi. Modomiki biz "sujet" deganda epik va dramatik asarlarga xos sujetni nazarda tutarkanmiz, unda sujet asardagi "bir-biriga bog`liq voqealar tizimi" yoki "konkret holat, bitta voqeaning ichki rivoji sifatida tushunilgani to`g`riroq bo`ladi. Shu bilan birga, sujet voqealari davomida personajlar xarakterining ochilishi, shakllanishi ham bor narsa. Faqat bunga sujetning badiiy asardagi funksiyalaridan biri sifatida qarash haqiqatga yaqinroq, uni sujetning mohiyati sifatida tushunish xatodir.Sujetning badiiy asardagi funksiyalari haqida so`z ketganda, avvalo, uning asar problemasini badiiy tadqiq etishga imkon beradigan hayot materialini uyushtirib berishini aytish kerak. Demak, sujet asarda mavzuni shakllantirgani holda, uning qanday bo`lishi mazmunga, muallifning ijodiy niyatiga bog`liq bo`lib qoladi. Masalan, A.Qodiriy "O`tgan kunlar" uchun tanlagan sujetda Otabekning Toshkentdan, Kumushning Marg`ilondan bo`lishi — ijodiy niyat ijrosi uchun eng maqbul (optimal) variant. Negaki, romanning o`zagi bo`lmish "ishqiy-maishiy" sujet chizig`ining Toshkent - Marg`ilon orasida kechishi yozuvchiga o`zini o`ylatgan problemalar tadqiqi uchun zarur voqealarni asarga olib kirish imkonini yaratadi. Jumladan, Otabekning dor ostiga borishi, Toshkent isyoni, qipchoq qirg`ini kabi voqealar asarga hech bir zo`rakiliksiz, o`quvchi xayolini band etgan Otabek-Kumush liniyasiga uzviy bog`langan holda olib kiriladi va, muhimi, ular adibga shaxs erki, millat erki, millat taqdiri muammolarini atroflicha badiiy tadqiq qilish, fikrlarini ifodalash imkonini yaratadi. Ko`rinadiki, sujetning badiiy asardagi eng muhim funksiyasi — badiiy konsepsiyani shakllantirish va ifodalashga xizmat qilishida namoyon bo`lar ekan.






    1. Download 193,4 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish