Axloqiy madaniyat – 1) borliqni axloqiy jihatdan anglash, baholash va o’zgartirish uchun insonga imkoniyat yaratuvchi madaniyat turi; 2) insoniyatning axloqqa oid madaniy tajribasini ifodalab, kishilar o’rtasidagi munosabatlarda qadriyatlarga, axloqiy me’yor va tamoyillarga amal qilishi hamda shaxsni o’z-o’zini muntazam takomillashtirib borishidan iborat ko’nikmalarni yig’indisi.
Axloqiy tarbiya – o’quvchi yoki talabada o’zaro bir-biriga jamiyat a’zolariga nisbatan qabul qilingan me’yorlar asosida munosabatlarni shakllantirish jarayoni.
Axloqiy trening – turli vaziyatlarda, masalan, muomala madaniyatini egallashga oid xulq-atvor, ko’nikma va malakalarini o’zlashtirishga yo’naltirilgan trening.
Do'stlaringiz bilan baham: |