Ta’limning kompleks tizimi (lot. uyushmoq, aloqa, uyg’unlashish.) – 19 asr oxiri 20 asr boshlarida Germaniya, Avstraliya , Belgiya kabi davlatlarning boshlang’ich ta’limi tizimida amal qilgan o’qitish tamoyili; 2) ta’lim oluvchilarning mehnat faoliyatiga asoslangan g’oyaviy-pedagogik qarashlar tizimi.
Ta’limning maxsus strategiyasi – 1) o’qituvchi va o’quvchilarni ta’lim jarayoniga tayyorlash nazariyasi va amaliyoti; 2) ta’lim jarayonining loyihasi.
Metod (yunoncha metodos – bilish yoki tadqiqot yo’li, nazariya, ta’limot) – ta’lim jarayonida taqdim etilgan amaliy va nazariy bilimlarni egallash, o’zlashtirish, o’rgatish, o’rganish, bilish uchun xizmat qiladigan yo’l-yo’riqlar, usullar majmui.
Metodik ish – o’qituvchilarga metodik yordam ko’rsatish va ularning metodik malakalarini oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |