Jismoniy tarbiya o’quv predmeti – o’quvchi salomatligini mustahkamlash, jismoniy qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan o’quv predmeti.
Ta’lim tizimi – turli daraja va yo’nalishdagi o’zaro aloqador uzluksiz ta’lim dasturlari va davlat ta’lim standartlari, tashkiliy huquqiy turlaridan qat’iy nazar ta’lim muassasalarining barcha tarmoqlari, ta’limni boshqaruv organlari va ular qoshidagi muassasa hamda tashkilotlarni qamrab oluvchi tizim.
Ta’lim tizimidagi global aloqa – ta’lim tizimidagi har qanday ob’ekt o’rtasida o’rnatiladigan tez va ishonchli aloqa.
Ta’lim tili – muayYan xalq ta’limi tizimida o’quv tarbiya ishlari olib boriladigan asosiy til.
Ta’lim turlari – ta’lim turlari va bosqichlarini mujassamlashtirgan tushuncha.
Do'stlaringiz bilan baham: |