Ma’naviyat xonasi – ma’naviyat fanini o’qitishda dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarni samarali tashkil etishga qaratib maxsus jihozlangan o’quv xonasi.
Axloq – 1) shaxsning o’zaro bir-biri, jamiyat a’zolariga nisbatan qabul qilingan me’yorlar asosidagi munosabatlari, hatti-harakatlari majmui, jamiyat tomonidan qabul qilingan xulq me’yorlari; 2) xulq-atvor, yurish-turish, tarbiya, adab.
Axloqli – yaxshi tarbiya ko’rgan; odobli, xushahloq. Axloqli bola.
AxloqShunoslik – axloqni jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun namuna bo’la oladigan ijobiy xatti-harakatlar yig’indisi sifatida baholovchi ijtimoiy fan tarmog’i.
Do'stlaringiz bilan baham: |