Huquq - ushbu so’zning bir necha ma’nosi bo’lib, birinchidan, u davlat tomonidan bajarilishi majbur qilingan yurish-turish qoidala-ri, xatti-harakatlar yig’indisi. Ikkinchidan, huquq tushunchasi fuqa-rolarga berilgan imkoniyat. Huquq konstitutsiyaviy va oddiy huquq-larga boiinadi. Konstitutsiyaviy huquqlar konstitutsiyaviy normalar bilan, oddiy huquqlar oddiy qonunlar bilan belgilanadi. Uchinchidan, huquq o’z navbatida tarmoqlarga bo’linadi. Ular: konstitutsiyaviy huquq; ma’muriy huquq; fuqarolik huquqi; jinoyat huquqi va boshqa-lar. Ular alohida hujjatlar bilan mustahkamlanib qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |