O’z-o’zini anglash– insonning o’z-o’zi, o’z shaxsiy sifatlarini anglashi
O’z-o’zini baholash – (o’z faoliyatini baholash) o’qituvchiga o’z faoliyati to’g’risidagi axborot (tajriba)ni jamlashga yordam beruvchi jarayon.
O’z-o’zini boshqarish — jamoaning ijtimoiy ahamiyatli maqsadga erishish uchun echimlarni tanlash va qabul qilishda jamoa a’zolari mustaqilligining takomillaShuvini nazarda tutuvchi hayotiy faoliyatining tashkiliy demokratik shakli.
O’z-o’zini idora qilish – insonning o’z psixologik va fiziologik holati, hatti-harakatini boshqarish jarayoni.
O’z-o’zini kuzatish metodi – shaxsning aqliy faoliyati bo’lib, o’zining intellektual salohiyati va kasbi bilan bog’liq bo’lgan sermahsul ishlarni amalga oshirish metodi.
O’z-o’zini rivojlantirish texnologiyasi – shaxsda o’z-o’zini boshqarish mexanizmi, evristik – ijodiy sifatlar, amaliy – amaliy-faoliyatli (AFS) va psixofiziologik (JRS), Shuningdek, shaxs komponentlarini rivojlantirish sohasi.
O’z-o’zini tarbiyalash – ichki tuyg’ular yordamida milliy qadriyatlarni, inson hayotidagi yutuq va muammolarni, tajribalarni o’rganish, ko’nikma va malakalar hosil qilish hamda mustaqil rivojlanish jarayoni
Dunyoqarash – ta’lim oluvchilarning dunyoga va insonning undagi o’rniga, o’z atrofidagi voqelikka va o’z-o’ziga munosabatiga bo’lgan umumiy qarashlar tizimi Shuningdek, bu qarashlarga asoslangan e’tiqodlari, ideallari, bilish va faoliyat tamoyillari.
Intellekt – 1) insonning aqliy qobiliyati; hayotni atrof-muhitni ongda aynan aks ettirish va o’zgartirish, fikrlash, o’qish-o’rganish, dunyoni bilish va ijtimoiy tajribani qabul qilish qobiliyati; 2) turli masalalarni hal qilish, bir qarorga kelish, oqilona ish tutish, voqea - hodisalarni oldindan ko’ra bilish layoqati; 3) shaxsning aql-idroki, zakovati, tashqi dunyoni idrok etish va ijtimoiy tajribani o’zlashtirish darajasi.
Intellektual – aql-zakovot egasiga xos bo’lgan aqliy, ma’naviy, qobiliyat, salohiyat.
Aql – inson miyasining dunyoni aks ettirish va shaxsning voqelikka bo’lgan munosabatlarini boshqarib turadigan faoliyati.
Aqli zaif bolalar maktabi – aqli zaif bolalarni maxsus metodika asosida o’qitadigan umumiy o’rta ta’lim maktabi.
Aqliy– aql idrok faoliyatiga, fikr yuritishga oid; intellektual. Aqliy qobiliyat.
Aqliy tarbiya–barkamol shaxsni hayotga tayyorlash uchun zarur bo’lgan barcha aqliy jarayonlar, bilish qobiliyatlarini maqsadga muvofiq shakllantirish va rivojlantirishdan iborat jarayon.
Aqliy tarbiyalanganlik – aqliy sifatlarning rivojlanganlik darajasi.
Aqliy testlar – shaxs aqliy zahirasini namoyon qilishga qaratilgan psixologik diagnostika metodikasi.
Aqliy hujum – muammoni hal etishga nisbatan intelluktual yondaShuv. Bunda muammoni hal etishga oid shaxsiy farazlar ilgari suriladi.
«Aqliy hujum» metodi – muayYan mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda keng qo’llaniladigan metod.
Do'stlaringiz bilan baham: |