14- seminar MAVZU: FUQAROLIK TARBIYASI Reja : 1. Fuqarolik tarbiyasining maqsad va vazifalarini aniqlashtirish.
2. Vatanparvarlik va baynalmilalik tarbiyasining ijtimoiy ahamiyatini asoslash.
3. Huquqiy tarbiyaning maqsad va vazifalarini aniqlashtirish.
4. Fuqarolik tarbiyasini tashkil etishga doir amaliy topshiriqlarni bajarish..
Mashg‘ulotining maqsadi: talabalarning fuqarolik tarbiyasiga doir nazariy bilimlarini mustahkamlash hamda ularda fuqarolik tarbiyasini tashkil etish ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish.
Mashg‘ulot topshiriqlari :Topshiriq
Fuqarolik tarbiyasiga doir tarbiyaviy tadbir ishlanmasini tayyorlash.
Tarbiyaviy tadbir ishlanmasini tayyorlashga doir ko‘rstmalar:
1) tarbiyaviy tadbir ishlanmasini tyyorlashda quyidagi mavzu-lardan birini tanlang: «Til - millat ko‘zgusi» (bayram tadbiri); «Konstitutsiya — baxtimiz qomusi» (anjuman); «Fuqarolik: jahon tajribasi g‘oyalri» (anjuman); «Vatan yagonadir - Vatan bittadir» (bayram tadbiri); «YOshlar va mamlakat taraqqiyoti» (davra suhbati); «Qalbimizda mangu yashaysiz» (ekskursiya); «Ajdodlrdan avlodlarga» (davra suhbati); «YUrt tinchligi - bebaho ne’mat» (bahs-munozara); «Mustaqillik va demokratiya: oliy qadriyat» (bahs-munozara); «Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni» (uchrashuv); «Sen qonunni bilasanmi?» (ko‘rik-tanlov); «Konstitutsiya bilimdoni» (ko‘rik-tanlov); «Huquqshunos bo‘lish oson emas» (uchrashuv);
2) tarbiyaviy tadbir ishlanmasini tuzilishi quyidagi qism-lardan iborat bo‘lishi lozim: 1) mavzuning nomi; 2) tadbirning maqsad va vazifalari; 3) tadbirni o‘tkazish joyi; 4) tadbir uchun kerakli jihozlar; 5) tadbir ishtirokchilari va ularga qo‘yiladigan talablar; 6) tadbirni o‘tkazish bosqichlari (kirish, asosiy va yakuniy qism);
3) tarbiyaviy tadbir ishlanmasi bosma holatda bo‘lishi va mazmuni tushunarli bo‘lishi lozim.
2- topshiriq. «Fuqarolik insonga nima uchun kerak?» mavzusidagi munozarani o‘tkazishga doir ko‘rsatmalar 1. O‘qituvchi savolni muhokama qilish uchun o‘rtaga tashlaydi va o‘ylash uchun bir daqiqa vaqt beradi.
2. Talabalarning javoblari tinglanadi va doskaga ketma-ketlikda yozib boriladi. Garchi takrorlanish holati mavjud bo‘lsa ham, mazkur holatda hamma javoblarning yozib borilishi talab etiladi.
3. Hamma o‘z fikrini bildirib bo‘lgach, o‘qituvchi doskaga yozilganlarini talabalar bilan birgalikda muhokama qiladi va to‘g‘ri javoblar ajratib olinadi.