Farg’ona-2019 umumiy pedagogika o’quv-uslubiy majmua



Download 4,31 Mb.
bet85/168
Sana19.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#459798
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   168
Bog'liq
УМУМИЙ ПЕДАГОГИКА МАЖМУА 2019 У Максудов

4-seminar mashg‘uloti
Mavzu: O‘quvchi shaxsi tarbiYaning ob’ekti va sub’ekti sifatida.
Reja:
1. SHaxsning yosh,psixologik va shaxsiy xususiyatlari.
2. Yosh davrlari.YOsh davrlariga xos fiziologik va ijtimoiy xususiyatlar.
3. SHaxsning ijtimoiylaShuvi. SHaxsning ijtimoiylaShuvida jamoa, muhit va ijtimoiy munosabatlarning o‘rni.

Maqsad: Shaxsning yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlarini rivojlanishida faoliyatning o‘rni haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish.


Mavzu bo‘yicha nazariy ma’lumotlar.
SHaxs deb- aqliy, jismoniy, ma’naviy jihatdan o‘sib taraqqiy etadigan, voyaga etib kamol topadigan sotsial bir borliq tuShuniladi. Kishining kamolga etishi –bu jismoniy o‘zgarish, - og‘irligi va hajmining ortishi, suyak va muskul sistemasining, ichki a’zolarinin, nerv sistemasining hamda ular funksional faoliyatining o‘sishidir. Kishining kamolga etishi-bu reflektor faoliyatining o‘sishi, organizmda Yangi xususiyatlarning paydo bo‘lishi, uning nerv faoliyati , shartli reflekslarning o‘sishidir.
Bola bir qancha shartsiz reflekslar bilan , avloddan-avlodga nasl yo‘li bilan o‘tadigan reflekslar bilan tug‘iladi. Lekin,- deb yozadi I.P.Pavlov, shartsiz reflekslar “organizmning uzoq mustahkam va etuk hayoti uchun kifoya qilmaydi”, faoliyat jarayonida erishiladigan shartli reflekslar shartsiz reflekslarga yordamga keladi. I.P.Pavlov shartli va shartsiz reflekslarni birinchi signal sistemasi deb atadi. Bolaning bundan keyingi har tomonlama o‘sishi uchun ikkinchi signal sistemasi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bola ikki, uch yoshga etganda birinchi signal sistemasining kompleks faoliyati juda kuchayadi, ko‘pincha shartli tormozlanish paydo bo‘ladi.Bolaning o‘sish holati o‘quvchining ma’lum bilimlarni qabul qilish qobiliyatiga ta’sir etadi. Shu bilan birga ma’lumot va tarbiya bolaning o‘sishiga bevosita va bilvosita ta’sir qiladi. Bilimlar sistemasini egallash diqqat, idrok qilib kuzata bilish, qiziqish, xotira va Shu kabilarning taraqqiy etishiga yordam beradi. To‘g‘ri tarbiya bolani to‘g‘ri o‘stirishga yordam beradi, aksincha, aniq misollar Shuni ko‘rsatadiki, noto‘g‘ri tarbiya bolaning noto‘g‘ri o‘sishiga, aqlining o‘smay qolishiga, jismoniy jihatdan zaif bo‘lib qolishiga sababchi bo‘ladi.
Xo‘sh, bola shaxsining o‘sib taraqqiy etishi va unga ta’sir etuvchi asosiy omillar (faktorlar) nimalardan iborat? Nima uchun har bir odamning boshqalarnikiga o‘xshash ko‘pgina sharoitlari bo‘ladi, Shu bilan birga , o‘ziga xos shaxsiy xislatlari ham bo‘ladi? Nima uchun odamlarning biri novcha, ikkinchisi pakana , biri oq, boshqasi qora bo‘ladi? Biri matematikaga qiziqadi, boshqasi adabiyotga va hokazo. Falsafiy konsepsiyaga qarab, bu savollarga beriladigan javoblar ham turlicha bo‘ladi? Feodal jamiyatda bolani Olloh yaratadi deb, bolaning o‘sib taraqqiy etishi, ulg‘ayishi va uning kelajagi, uning taqdiri, ilohiy kuchlarga fatal sur’atda bog‘lab qo‘yilar edi. Bunday nazariyalar va qarashlar butunlay fanga xilof fikrlar bo‘lib, bola shaxsining o‘sib kamol topishida hech qanday g‘ayri- tabiiy, ilohiy kuchlar bo‘lmaydi, balki uning o‘sib taraqqiy etishiga, kamol topishiga ta’sir etuvchi ob’ektiv va sub’ektiv omillar mavjud. Bular quyidagilardan iboratdir:
1. Irsiyat (nasl). Irsiyat bolaga uning ota - onasidan, hamda oiladagi katta yoshdagi kishilardan o‘tadigan anatomik va fiziologik belgilardir. Zero, bola albatta, otasi yoki onasiga o‘xshashi yoki undagi tana tuzilishida albatta ota - ona belgilari bo‘lishi tabiiy holdir. Fors- tojik yozuvchisi Muhammad Benavo “Bolada bo‘lmasa, ota nishoni, muqarrar bil oni begona qoni, ”- deb bejiz aytmagan. Irsiyat bolaning o‘sib taraqqiy etishida hal qiluvchi rol o‘ynasada, ammo sog‘lom ota-onadan sog‘lom bola tug‘ilishini unutmasligimiz kerak. Zero, irsiy kasalliklar xislati avloddan-avlodga, nasldan-naslga o‘tishini genetika va meditsina fani isbotlagan. Bolaning o‘sib taraqqiy etishida, u yashab turgan tabiiy- geografik muhit ham katta rol o‘ynaydi, atrof - muhit toza bo‘lishi, toza ichimlik suvi va boshqa omillar, bolaning voyaga etishiga katta ta’sir etadi. “Mening yashash sharoitim, bu mening ongimdir,”- deydi buyuk olim al- Farg‘oniy. Binobarin, yashash muhiti, sharoiti uning ongi va irodasiga ta’sir etishi natijasida inson har qanday sharoitga, muhitga moslashib boradi. Shuni ham aytish kerakki, bolaning o‘sib kamol topishida oilaviy muhitning ham ta’siri kattadir. Oiladagi mavjud muhit bolaga ijobiy yoki salbiy ta’sir etishi mumkin. Oilaviy nasab muhitini olib qarasak, YUnus Rajabiylar oilasi, Botir Zokirovlar va boshqa Shu kabi oilalarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. 1920 yilda hind olimi professor Singx tomonidan Kalkutta shahri yaqinidagi o‘rmondan bo‘ri bolalari bilan o‘ynab yurgan inson bolasi (qizlar) haqidagi tajribani eslashning o‘zi kifoya. Professor Singx bu qizlarni o‘z laboratoriyasiga olib kelib, ularga Amola va Kamola degan ism qo‘yib, tajriba o‘tkazgan. Bu qizlar, garchi inson farzandi bo‘lsalarda, bo‘rini emib, hayvoniy muhitda yashaganliklari sababli, insoniy muhitga moslasha olmadilar va uzoq umr ko‘rmadilar. Amola 1921 yili, Kamola esa 1930 yilda vafot etdilar. Bola shaxsning kamol topishida ta’lim va tarbiYaning roli alohida ahamiyatga ega. Buyuk adib-pedagog A.Avloniy : “Tarbiya-bizlar uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir,”- degan edi. Ammo, sharq Aristoteli nomi bilan mashhur bo‘lgan Abu Nasr Forobiyning ta’kidlashicha, inson bolasi onasidan uch xil hissiyot bilan dunyoga keladi, bular: tabiiy, insoniy va hayvoniy hissiyotlardir. Olimning ta’kidlashicha, tabiiy hissiyotga ega bo‘lgan bolalar tarbiyaga unchalik muhtoj bo‘lmaydilar. Zero, ularga hissiyot tabiat- Olloh in’om etgan hissiyot - fazilatlar bor, ularga bir oz yo‘l berilsa bas, o‘zlari yashab turgan hayotga moslashib ketaveradilar. Ikkinchi insoniy hissiyotga ega bo‘lganlarga bir oz yo‘l - yo‘riqlar berilsa bas, o‘zlari yashab turgan hayotga moslashib ketaveradilar. Ikkinchi insoniy hissiyotga ega bo‘lgan shaxslar tarbiyaga muhtoj bo‘ladilar va ularga ta’lim - tarbiya to‘g‘ri berilsa, ular hush axloqli, ziyrak, qobiliyatli kishilar bo‘lib etishadilar. Uchinchi hayvoniy hissiyotga ega bo‘lgan kishilar, tarbiyaga muhtoj bo‘lsalarda, ammo berilgan tarbiya zoe ketadi, Chunki ularning hayoti, harakatida va qiliqlarida hayvonga xos bo‘lgan belgilar ustun bo‘ladi, deb ta’kidlaydi. So‘z mulkining sultoni hazrat Alisher Navoiy aynan Abu Nasr Forobiyning uchinchi hissiyotga ega bo‘lgan kishilar haqida Shunday degan edi:
Nokasu – nojins kishi avlodin debon,
Chekma zahmat , hech kasofat olami.
Ki xutuk birla – kuchukni qancha qilsang tarbiya,
It bo‘lur, eshak bo‘lur, bo‘lmaslar aslo odami...
Bolaning o‘sib ulg‘ayishida uning shaxsiy faoliyat ko‘rsatishi ham asosiy omillardan biridir. Agar bolaning nasli, yashash sharoitlari va muhiti hamda unga beriladigan ta’lim va tarbiya yaxshi bo‘lsa-yu, ammo uning o‘zida harakatchanlik, intilish, faollik, istak va xohish bo‘lmasa, hamma harakatlar zoe ketadi. Masalan: Ota-ona o‘z farzandini bir hunarga berdi, ammo bola Shu kasbni, Shu hunarni mutlaqo yoqtirmasa, tabiiyki unda hech qanday faollik, shaxsiy ibrat, intilish va o‘rnak ko‘rsatish bo‘lmaydi va hokazo.
Burjua biogenetik nazariyachilari bola shaxsininng o‘sib taraqqiy etishida asosan bitta omilga, u ham bo‘lsa irsiyatga yuqori baho beradilar va bola shaxsining faoliyatida irsiyat asosiy hal qiluvchi omil, - deb qaraydilar. Ular shaxs taraqqiyotini asosan ilohiy kuchlarga, taqdirga bog‘lab qo‘yadilar. XIX asrning 40-yillarida nemis filosofi SHopengauer : “TarbiYani ojiz, natijasiz bir zo‘r berishdir”, - deb aytgan edi. “Inson shaxsininng tarkib topishi uchun, -degan edi u,- irsiy sifatlar asosiy va hal qiluvchi omildir. Irsiyat, tole, taqdir asos tariqasida azaldan belgilangan bo‘ladi: kishi xarakteri, uning ma’naviy sifatlari, butun hayot yo‘li azaliydir... Tarbiya kishini bilim bilan boyitishi mumkin, lekin xarakterini peshonaga yozilganidan ortiq o‘zgartirib bo‘lmaydi.”
Italiya burjua kriminalisti Lombrozo (1836-1910) o‘z nazariyasida SHopengaur ta’limotini qo‘llab-quvvatlaydi. U, tug‘ma jinoyatchini to‘g‘ri odamdan anatomik - fiziologik va psixologik belgilari jihatdan ajratib turuvchi alohida farq bor, deb isbotlashga harakat qiladi. Ota-onalarning illati farzandlariga o‘tadi, irsiyat qudratlidir,- deydi Lombrozo.
Nemis allomalari Gekkel, Byuller va Avstriya olimi Myuller, yapon olimi Xotoyamo Zudzuku va boshqalar “Ontogenez filogenezni takrorlaydi, ya’ni har qanday embrional taraqqiyot o‘zidan oldingi stadiYani boshidan kechiradi”,- deydilar. Ularning fikricha, bolaning otasi kim va qanday mansabda ishlasa, u ham xuddi Shunday ota izidan borishi kerak.
AQSH progmatizm pedagogikasining asoschisi Djon Dyun (1859-1953) ham “Odam nima bilan tug‘ilgan bo‘lsa, tarbiya uni faqat o‘stiradi xolos”,- deb hisoblaydi. U tarbiya haqida Shunday deydi: “Haqiqiy tarbiya tashqaridan kiritiladigan narsa emas, u odam bilan birga dunyoga kelgan xususiyat bo‘lib, qobiliyatni o‘stiradi,”- deydi.
G‘arbiy Germaniya nazariyotchisi Gubert Valter “ Qobiliyatli bolalarning maktabda ilgarilab ketishida sotsial tafovutlar” (1956-1961) nomli kitobida: “Qobiliyat muhim narsa va u tarbiyaga bog‘liq emas, qobiliyat irsiyatga to‘la bog‘liqdir,” -deb yozadi. . Ingliz pedagogi Djon Lok ta’kidlaganidek : “Bolaning qalbi toza taxta emas, unga istagan narsani yozib bo‘lmaydi, lekin bola tayyor g‘oya, dunyoqarash bilan tug‘ilmay, fiziologik xususiyatlar unga nasldan o‘tadi, u turli tug‘ma layoqatning moddiy negizi bo‘ladi”.
Shaxsning kamol topishida tarbiYaning etakchi, hal qiluvchi omil deyish mumkin.
Birinchidan, tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan narsalar o‘rganiladi, ya’ni bilim, ma’lumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog‘liq ko‘nikma va malakalar ham maxsus uyushtirilgan tarbiya orqali hosil bo‘ladi.
Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug‘ma kamchiliklarni ham o‘zgartirib, shaxsni kamolga etkazish mumkin. Masalan : ko‘rlar, gunglar ham o‘qitilib, sog‘lom kishilar qatori hayotga tayyorlanadi.
Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini ham yo‘qotish yoki bartaraf qilish mumkin. Masalan : tarbiyasi izdan chiqqanlarni qayta tarbiyalash.
To‘rtinchidan, tarbiya doimo kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi. Shu tufayli u shaxsning kamolga etishini tezlashtiruvchi progressiv rol o‘ynaydi.
Bolalikning hamma davrlarida o‘sish va rivojlanishning bir xil bo‘lishi mumkin emas. Bolani to‘g‘ri tarbiyalash va muvaffaqiyatli o‘qitish uchun bolaning rivojlanishidagi turli yosh davrlariga xos xususiyatni bilish va hisobga olish kerak bo‘ladi. Xo‘sh, yosh xususiyatlarining o‘zi nima ? Yoshlik xususiyatlari, avvalo jismoniy kamolot qonuniyatlaridir. Meditsina va genetika fanlari bizga bolalarning quyidagicha jismoniy o‘sishi qonuniyatlarini aniqlab bergan : Bola qanchalik yosh bo‘lsa, u shunchalik tez o‘sadi, bola katta bo‘lgan sari o‘sish sur’ati kamayadi.
Normal bola 3 – 4 kg vaznda tug‘iladi. 6 oyligida uning vazni 6-7kg bo‘ladi. 1 yoshga kirganda, 10-11 kg vaznda bo‘ladi.,ya’ni uch baravar ortadi. 2-3-yoshga qadam qo‘yganda uning vazni 2,5 -3,5 kg ortadi. Bo‘yiga o‘sish ham Shunday davom etadi. Bola bir yoshga etguncha bo‘yi 25-30 sm.ga cho‘ziladi, ya’ni tug‘ilgan paytiga nisbatan bo‘yi 50 %ga cho‘ziladi. Keyinchalik bola vaznining o‘sishi sekinlik bilan davom etadi. Uning jismoniy o‘sishi bir xilda bo‘lmay, ma’lum davrda juda tez o‘sadi, boshqa paytda susayadi. Bola a’zosidagi ayrim organlar notekis va nomutanosib o‘sadi. Butun o‘sish davrida bolaning 18-20 yoshgacha boshi faqat ikki barobar, tanasi uch barobar, qo‘l esa, to‘rt barobar, oyog‘i besh barobar o‘sadi.
Bolalarning jismoniy va psixik o‘sishlariga qarab, pedagogika fanida bolalik davrlari quyidagicha belgilanadi :
1. Go‘daklik davri 0 yoshdan 1 yoshgacha
2. Maktabgacha ta’lim muassasasigacha bo‘lgan davr 1 yoshdan 3 yoshgacha
3. Maktabgacha ta’lim davri 3 yoshdan 7 yoshgacha.
4. Boshlang‘ich ta’lim davri 7 yoshdan 11-12 yoshgacha.
2. O‘smirlik davri 11 yoshdan 15 yoshgacha.
6. O‘spirinlik davri 15 yoshdan18 yoshgacha.



Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish