Farg’ona-2019 umumiy pedagogika o’quv-uslubiy majmua


Tarbiya, — deydi Platon, — davlat tomonidan tashkil etilmog‘i va hukmron guruhlarning — faylasuflar va jangchilarning manfaatini ko‘zlamog‘i lozim



Download 4,31 Mb.
bet73/168
Sana19.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#459798
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   168
Bog'liq
УМУМИЙ ПЕДАГОГИКА МАЖМУА 2019 У Максудов

Tarbiya, — deydi Platon, — davlat tomonidan tashkil etilmog‘i va hukmron guruhlarning — faylasuflar va jangchilarning manfaatini ko‘zlamog‘i lozim. Platon o‘zining pedagogika tizimida Sparta va Afina tizimining ba’zi bir belgilarini birlashtirishga intiladi.
Platonning fikricha, bolalar 3 yoshdan boshlab 6 yoshgacha davlat tomonidan tayinlab qo‘yilgan tarbiyachilar rahbarligida maydonchalarda turli o‘yinlar o‘ynash bilan Shug‘ullanishlari muhimdir. Platon o‘yinlarni maktabgacha tarbiya vositasi deb hisoblab, ularga katta ahamiyat beradi, Shuningdek, bolalarga hikoya qilib beriladigan materiallarni sinchiklab tanlash kerakligini ham uqtirib o‘tadi. U bolalarga eng yoshlik chog‘idanoq ijtimoiy tarbiya berish tarafdori edi.
Bolalar 7 yoshdan 12 yoshgacha davlat maktablariga qatnaydilar va bunday maktablarda o‘qish, yozish, hisob, musiqa va aShula o‘rgatiladi.
Bolalar 12 yoshdan 16 yoshgacha odatdagi badantarbiya mashqlari o‘rganiladigan palestrada, ya’ni jismoniy tarbiya maktabida o‘qiydilar. Palestrani tamomlagan o‘spirinlar 18 yoshgacha hisob, geometriya va astronomiYani o‘rganadilar, bunda ko‘proq amaliy maqsadlar (ularni jangchilar qilib tayyorlash) ko‘zda tutilgan. 18 yoshdan 20 yoshgacha yigitlar «Efebiya»da tarbiyalanadilar, ya’ni harbiy gimnastika tayyorgarligini o‘taydilar. Aqliy mashg‘ulotga mayli bo‘lmagan yigitlar 20 yoshdan boshlab, jangchilar qatoriga o‘tadilar. Abstrakt tafakkurga qobiliyati borligi ochiq ko‘ringan yoshlar, ya’ni yigitlarning ozroq qismi 30 yoshga qadar falsafa, Shuningdek, hisob, geometriya, astronomiya va musiqa nazariyasini o‘rganish bilan Shug‘ullanib, Shu tariqa ilm olishning uchinchi, oliy bosqichini o‘taydilar, ammo bunda amaliy maqsad ko‘zda tutilmasdan, balki falsafa—nazariYani mukammal o‘rganish ko‘zda tutiladi. Shu tariqa ular davlat mansablarida ishlashga tayyorlanadilar. Iste’dodi g‘oyat o‘tkir ekanligi ma’lum bo‘lgan va juda ozchilikni tashkil etgan yigitlar falsafa ilmini o‘rganishni Yana 5 yil (35 yoshga qadar) davom ettiradilar, Shundan so‘ng 35 dan 50 yoshgacha davlatni boshqaradilar.
Platon ham xotin-qizlar tarbiyasi xususida fikr yuritib, Spartadagi usulni ma’qullaydi.
Umuman Platon tarbiya tizimining butun mazmuni va mohiyati jismoniy mehnatdan g‘oyat nafratlanish ruhi bilan sug‘orilgan. Platon g‘oyasiga ko‘ra bo‘lajak faylasuflar va jangchilarning «jismoniy mehnat to‘g‘risida xato o‘ylashlari» ham taqiqlab qo‘yilgan, Shuningdek qullarning bolalarini o‘qitmagan ma’qul, degan g‘oya ilgari surilgan.
Biroq, Platon maktabgacha tarbiya to‘g‘risida, davlat tomonidan izchillik bilan olib borilishi lozim bo‘lgan tarbiya tizimi to‘g‘risida bir qancha muhim fikrlarni aytdi, ijobiy o‘rnak namunasida tarbiyalash kabilarni talab qildi.
Platon o‘zining axloqiy tizimini yaratar ekan, ustozi Suqrotga ergashib, ob’ektiv idealizm yo‘lini tutadi. Platon etikasining asosiy nazariy taYanch nuqtasi — inson ongi chegaralaridan tashqarida bo‘lgan va mangulik g‘oyalari olamida xudoning doimiy nazorati ostida bo‘ladigan yagona o‘zgarmas «yaxshilik» g‘oyasidir. Uning fikricha, erdagi yaxshiliklarning hamma turi o‘zida me’yor, go‘zallik va xaqiqatdan iborat uch tushunchani jamlagan oliy «yaxshilik g‘oyasi»ning in’ikosigina bo‘lishi mumkin.
Platon fikricha, odamning axloqiy hayoti Shu oliy «yaxshilik g‘oyasi»ga intilishga to‘la bo‘ysungan va xushbaxtlikni tashkil etadigan, faqat oliy «yaxshilik» g‘oyasiga intilishdagina xulqning namunasini ko‘rish mumkin. Shunday qilib, Platon insonning xulqini xudo xohishiga bo‘ysundirishga harakat qilgan.
XV--XVII asrlarda xalq ommasining feodal dvorYanlarga xamda feodalizmning idealogiya soxasidagi taYanchi bo‘lgan katolik cherkoviga qarshi kurashi keskinlashdi. Bu kurash diniy demokratik sektaktchilik harakati shaklida maydonga keldi.
Shexiyadagi taboritlar harakati mana Shunday demokratik sektaktlik harakatining maxsulotlaridan biri edi. Bu harakat Tabor shaxrida vujudga keldi va Taboritlar harakati deb ataldi. Ular shaxs mulkini inkor etib xar narsa umumiy bo‘lishi lozim degan g‘oYani ilgari surdilar.
XV asrning birinchi yarmida (1618-1648) ular chex krestontlari tomonidan qo‘shni mamlakatlarga xaydab yubordilar. Buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy 1592 yil ana Shunday ijtimoiy sharoitda dunyoga keldi. U jamoa chex qardoshlari xisobidan o‘rta va oliy ma’lumot oldi. 1611 yilda Yan Amos Komenskiy GermaniYaning Gebern universitetiga, keldi. Bu erda zamonaviy ilg‘or programmalarda taniqli professorlar dars berar edi. Dars jarayonida falsafa, tabiiy fanlar, anatomiya, astranomiya kabi fanlari o‘rganildi.
Universitetda yosh Yan Amos Komenskiyni yosh professor Iogann Gernix Alshed uz bilimi bilan maftun etgan edi. Yanning nazarida Alsheddan doimo bilim bo‘log‘i oqib turar edi. Bu erda turli tabiiy fanlar to‘g‘risidagi qashfiyotlar xaqida ma’lumot berar edi. Bu davrda ko‘plab kashfiyotchilar unga zamondosh edi.
Ular: Djordano Bruno: u diniy ta’limotga qarshi chiqdi, 1604 yilda G. Galiley erkin tushish qonuni, 1608 yilda Gollandiyada binokl ixtiro qilindi. So‘ngra Kepler teleskopni ixtiro qildi, 1928 yilda shotlandiyalik Uilyam Garviy kichik va katta qon aylanish sistemasini isbotladi. 1635 yilda esa kordinal Rishel Fransiya akademiyasiga asos soldi. Frensos birinchi bo‘lib Aristotelning sxolostik falsafasini inkor etdi. U diniy e’tiqod bilan fanning chegarasini ko‘rsatib berdi. Benon fanda aql idrok, kuzatish xis etish va amaliy tajribaga taYanadi. Bu davrda Tomaza Kompanella «quyosh shaxri» asari yozilgan edi. Ikki yildan keyin Yan Amos Komenskiy universitetni Evropa bo‘ylab sayoxat bilan tugatdi. O‘z davridagi ijtimoiy siyosiy hayot, undagi noxaqliklar, agressiv bosqinchiliklar, oddiy xalqning ezilishi Yan Amos Komenskiyning dunyoqarashini shakllanishida muxim rol uynaydi.
Uning dastlabki asari xisoblangan «Samoga xat»da dvorYanlar, aristokratlar tomonidan ezilgan oddiy xalqning arzini bayon etadi. Maxsus xat Iusus Xristosga yo‘llangan bo‘lib, insoniyatning feodal tuzumiga nisbatan arz dodi, bayon etiladi.
U o‘zining «Xat» nomli asarida ezilgan, xo‘rlangan, qadri qiymati poymol etilgan xalqqa Xristos nomidan javob maktubini yozadi.
Jamiyatdagi notekisliklarni, ijtimoiy noxaqliklarni yashash darajasini o‘zgartiruvchi kuchni Yan Amos Komenskiy bilim olishda deb biladi.
Ongli mavjudot bo‘lish demak tadqiqot etish, aniqlash, oldindan ko‘ra bilish, ya’ni olamda mavjud bo‘lgan narsalarni tuShunishdir, Yana u «Olloh insonni bu dunyoda yaratar ekan, uning sirlari bilan tanishtirib o‘tirmaydi. Chunki uning o‘zi tanishib olishi uchun unga aql idrok berdi-deydi. U insoniyatga murojat qiladi. O‘zlaringizni bilimli qilish uchun kurashingiz! Axir nodonlikdan Yana va Yana yomonlik kelib chiqadi».
Yan Amos Komenskiy inson eng mukammal, eng go‘zal mavjudod «Ajoyib mirokosmosdir» deb ta’lim berdi.
Yan Amos Komenskiy maktabni insonparvarlik ustaxonasi deb ataladi.
Yan Amos Komenskiy shaxs kamolatiningtabiatga uyg‘unligi haqida.
Yan Amos Komenskiy «Buyuk didaktika» asarida shaxs kamolati tabiatga uyg‘un bo‘lishi degan g‘oYani ilgari suradi. Ushbu g‘oya ilk bor ilgari surilgan edi.
Yan Amos Komenskiy inson tabiatning bir qismi sifatida uning eng asosiy umumiy qoidalariga bo‘ysunadi, deb xisoblanadi. Yan Amos Komenskiy «Maktabning aniq tartibini tabiatdan olmoq kerak» deydi.Inson tabiatga ergashib, hamma narsani bilib olishi mumkin, uning xotirasiz hamma narsani qamrab oladi, tiklaydi, lekin xech qochon to‘lib toshib ketmaydi.Komenskiy tarbiya jarayonidagi xar bir pedagogik muammoni dalillar keltirish yo‘li bilan isbotlash usulini kiritdi va tarbiYaning umumiy qonuniyatini ta’riflab berishga urindi.Komenskiyning asarlarida tarbiYaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi to‘g‘risida gapirar ekan, tabiat qonuniyatlari asosida bola yoshini davr larga bo‘lishini amaliy jaryonda isbotlab berdi.
Yan Amos Komenskiy sinf- dars sistemasi va uning ta’lim mazmuniga oid qarashlari.
Komenskiy inson tabiatiga asoslanib, yosh buguning umrini xar qaysisi 6 yoshdan bo‘lgan davrga ajratadi:

    1. Go‘daklik davri – 0 – 6 yosh ona maktabi «Onalar maktabi»

    2. Bolalik davri 6 – 12 – yosh ona tili maktabi «Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi»

    3. O‘smirlik davri – 12 – 18 yosh lotin maktabi. Gimnaziya «Hislar vositasi bilan anglanadigan narsalarning suratlari»

    4. Etuklik davri – 18 – 24 yosh Akademiya.

Komenskiy uzluksiz ta’lim tizimini ishlab chiqdi va sinf- dars sistemasiga asos soldi. Bir xil yoshda, bir vaqtda o‘qitish, o‘quv yilligini chorak va ta’tillarga bo‘lish tizimini ishlab chiqdi. SHaxsni jamoada tarbiyalash g‘oyasini ilgari surdi.
Lotin maktabi: 6 yil.
S i n f l a r.
1. Gramatika 4. Axlok
2. Fizika 5. Dialektika
3. Matematika 6. Ritorika
A k a d e m i ya
1. Geologiya 2. YUridik 3. Meditsina
Yan Amos Komenskiy mazkur ta’lim tizimiga mo‘ljallab bir qator zamonaviy ta’lim mazmuniga oid darsliklar yaratdi.
Bular «Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi» (1631), «Xislar vositasi bilan idrok qilinadigan narsalarning suratlari» (1658),
Komenskiy darslik qanday bo‘lishi lozimligi xaqida bir qancha qimmatli nazariy fikrlarni aytdi, va o‘z zamoni uchun namunali bo‘lgan bir necha darslik yozib, o‘zining Shu nazariy fikrlarini amalda ro‘yobga chiqardi.
Komenskiyning didaktika va axloqiy pedagogik g‘oyalari.
Komenskiy ta’lim jarayonida xislar vositasiga asoslanish lozim. Sensualistik falsafa degan g‘oYani ilgari surdi. Bunda xislar orqali bolada tafakkur shakllanishini nazariy jixatdan asoslab berdi.
Komenskiy ko‘rsatmalilikni didaktikaning eng muxim prinsiplardan biri sifatida ishlab chiqib, katta xizmat ko‘rsatdi. O‘z darsliklarini suratlar bilan ta’minladi.
U dogmatik(yodlash) ta’lim mazmuni va sxolostik (diniy)o‘qitish uslubiga qarama-qarshi bo‘lgan onglilik prinsipining ilgari surdi. Uning fikricha, xodisalarni o‘rganish chog‘ida Shu xodisalarning sababini o‘quvchilar to‘la suratda anglamoq kerak.
Komenskiy ta’limni sistemali bo‘lishni talab qiladi.
O‘qitishda fanlardan xulosalarga, misollardan qoidalarga o‘tish lozim.
Onglilik prinsipi ta’lim mazmuni o‘quvchilar yoshiga mos xolda belgilash va boqiylikni bayon etish.
O‘qitishning puxtaligi prinsipiga asoslangan xolda o‘quvchilarning bilish bosqichlari, orqali tushunchasini shakllantirish.
Insonning o‘zini-o‘zi boshqarishi, Komenskiyning fikricha tarbiYaning uch maqsadidan biridir. Bunga axloqiy tarbiya vositasi bilan erishiladi deb, hisoblaydi. Komenskiy Aristotel va Platon yo‘lida borib, donishmandlik mo‘‘tadillik, mardlik va odillikni eng yaxshi fazilatlar deb hisoblaydi.
Komenskiy axloqiy tarbiyaga doir g‘oyalarga o‘zining «Buyuk didkatika», «YAxshi yo‘lga qo‘yilgan maktab qonunlari» asarlarida asoslab berdi. Uning fikriga, maktabda axloqiy tarbiya yuqori doirasida borishi lozimki, toki maktablar «Insonlar tarbiyalanadigan ustaxona» degan nomga munosib bo‘lsin. Maktabda axloqiy tarbiya berish uchun qo‘yidagi qoidalarga amal qilishni taklif etadi.
Tarbiya jarayonida yaxshi fazilatlarni barchasini e’tibordan chetga qoldirmaslik;
Axloqiy tarbiYaning yoshlikdan boshlash lozim;
xar qanday sharoitda mo‘‘tadil bo‘lishga o‘rgatish;
Bunda qo‘yidagi metodlarni tavsiya etadi.

  1. Ota- onaning shaxsiy namunasi

  2. Qat’iy intizomga rioya kilish.

  3. Pand- nasixat

  4. Nopedagogik muxitdan saqlash

Komenskiy «Intizomsiz maktab suvsiz tegirmon» degan edi.
Yan Amos Komenskiy intizom tarbiyasini maqsadini qo‘yidagicha ko‘rsatgan edi:

  1. Intizom o‘rnatish uchun uni qonun qoidalarini o‘rganib, amal qilish kerak;

  2. Intizom o‘rnatishdan maqsad nima ekanligini anglay olish zarur.

Komenskiy bolalarga tan jazosi berishni qattiq qoralaydi: «Qullik quroli bo‘lgan, odamlarga to‘g‘ri kelmaydigan darra va tayoq maktablarda aslo ishlatmasligi kerak, bu qurollar maktablardan butunlay chiqarib tashlanishi lozim, mening qat’iy fikrim mana Shu» - deydi.
Komenskiy o‘qituvchining kasbiy sifatlari xaqida.
Yan Amos Komenskiy o‘qituvchini er yuzidagi xar qanday kasbdan ko‘ra yuqorirok turadigan juda faxrli kasb deb hisoblab, o‘qituvchiga nixoyatda katta ahamiyat berdi. Shu bilan birga uning fikricha har bir o‘qituvchi o‘z kasbining burchi, vazifasi, ma’lumotini to‘g‘ri anglash lozim deb hisobladi.U o‘z ishini behad sevishi o‘quvchilarda bamisoli otalaridek muomala qilishi, ularda bilimga xavas tug‘dirishi zarur. «O‘zi namuna ko‘rsatib, o‘quvchilarni o‘ziga ergashtirish o‘qituvchining eng birinchi vazifasidir».Komenskiy o‘zining dunyoqarashiga muvofiq dindorlik o‘qituvchining eng muhim xislatlaridan biridir deb hisobladi.
Uning qarashlarida diniy axloqiy shakllantirish, ma’rifat orqali xudoni anglashasosiy axloqiy tarbiya vazifalari edi.Umuman olganda, Yan Amos Komenskiy ilmiy pedagogika fanini shakllanishida muhim hissa qo‘shdi. U pedagogika fanining asosi sifatida va barchani o‘qitish lozim degan progressiv g‘oya muallifi bo‘lib tanildi. Komenskiy o‘z pedagogik g‘oyalari bilan sxolostik ta’limotiga qattiq zarba berdi.U maktab bolani ma’rifat olamiga boshlaganida, uni xissiy bilishga, so‘ngra esa, aqliy bilishga o‘rgatishi lozimligini ilgari surdi. Yan Amos Komenskiy butun dunyoda pedagogika ilmining va maktabning taraqqiyotiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. U maktab ma’rifiy ishlari orqali jamiyat xayotini o‘zgartirish mumkin degan progressiv g‘oyalarini, ta’lim prinsiplari, uslublarini kiritdi. Yan Amos Komenskiy progressiv g‘oyalarini bugungi kunda mustaqil O‘zbekiston Respublikasining ta’lim soxasida islohatlari, uning maqsad vazifalari bilan o‘ziga xos uyg‘unlikni ko‘rsatdi.
Iogan Genrix Pestalotssi Sheysariyaning Syurix shahrida shifokor oilasida dunyoga kelgan. U onasi hamda dehqon ayol tarbiyasida o‘sdi. Pestalotssi avval boshlang‘ich va lotin (o‘rta) maktabni tamomlaydi, keyin yuqori maktab «Kollegium korolinum»da filologiya va falsafa bo‘limida o‘qigan. Ushbu maktabda asosan ijtimoiy fanlar o‘qitilgan bo‘lib, XVII asrda Fransiya ma’rifatchilarining ta’siri ostida rivojlangan, Sheysariya burjuk dimokratik fikrlar markazi bo‘lgan. Pestalotssi Sheysariyada burjua-demokratik islohotlar o‘tkazishni talab etgan ilg‘or talabalar safiga qo‘shilgan edi. U ushbu sohada targ‘ibot olib borgani uchun bir necha talabalar qatori qamoqqa olingan. U «Vatanparvar» to‘garagini tashkil etadi, Pestalotssi yashagan davrda Sheysariya aholisi qashshoq yashaydigan qoloq mamlakat edi. Ayniqsa, dehqonlarning ahvoli og‘ir, eri yo‘q kambag‘allar ko‘p edi. Ushbu davrda xalq maktablari, maorif achinarli holda edi. XVIII asrning ikkinchi yarmida dehqonlar ommasi va shahar mehnatkashlari orasida norozilik kuchayib, feodal aslzodalar hokimiyatiga qarshi kurashlar keng tus oldi.
Pestolotssining dunyoqarashi xalq ommasining mashaqqatli hayotini yaxshi bilish va kuzatishga qaratilgan bo‘lib, fransuz ma’rifatparvarlaridan biri Jan Jak Russoning g‘oyalari bilan tanishadi va uning g‘oyalariga asoslanadi. Pestalotssi 1769 yilda kichikroq qo‘rg‘on va er sotib oldi, tevarak-atrofdagi dehqonlarga o‘z xo‘jaliklarini unumdor xo‘jalikka aylantirishni o‘rgatish maqsadida qarz olib ferma tashkil qilmoqchi bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay u bu ishdan ayrildi. 1774 yilda o‘zining «Yangi qo‘rg‘onida» «Kambag‘allar muassasasi» ochib, etim va boquvchisiz bolalardan 50 yaqinini ushbu muassasaga to‘pladi. Pestalotssi bolalarni ishlatib, o‘z tirikchiligini o‘tkazishga yordam bermoqchi bo‘ldi. Bolalarning bir qismi dachada ishlar, to‘quv va yigiruv qasqonlarida ip yigirar, mato to‘qir edilar. Shu bilan birga Pestalotssi bolalarga o‘qish yozish va xisobni o‘rgatar, ularni tarbiyalar edi. Ammo bu ish ham tezda barbod bo‘ldi, ya’ni siyosiy hokimiyatni, to‘plamagani, mablag‘ etishmasligi sababli bu ish ham barbod bo‘ldi.
Pestalotssi 1798 yilda Sheysariya inqilobi natijasida etim qolgan 5 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan 80 ta bolaga mo‘ljallangan Yangi etimxona tashkil etdi. Etimxonadagi barcha bolalarni tarbiyalash, ovqatlantirish, ular bilan o‘ynash kabi faoliyatlarni bir o‘zi bajarar edi. Afsuski ushbu etimxona ham yopildi. Keyingi 18 yil mobaynida Pestalotssi o‘sha davrning eng muhim masalalari hisoblangan dehqon xo‘jaliklarini tiklash, ular turmushini yaxshilash mehnatkashlarning ahloqiy va aqliy xolatlarini o‘zgartirishga jamoatchilik diqqatini tortish intildi, adabiy faoliyat bilan Shug‘ullandi. U «Lingrad va Gertruda» (1781-1787) nomli ijtimoiy-pedagogik roman yozdi. Asarning boshida tarbiyaga ahamiyat berdi. XIX asr boshida Pestalotssi «Gertruda o‘z bolalarini qanday qilib o‘qitadi?», «Onalar kitobi yoki onalar uchun o‘z bolalariga kuzatish va gapirishni qanday o‘rgatish haqida qo‘llanma», «Kuzatish alifbesi yoki o‘lcham haqida ko‘rsatmali qo‘llanma», «Son to‘g‘risida ko‘rsatmali ta’lim» kabi kitoblari bosilib chiqdi, ulardagi ta’limning Yangi usullari bayon etildi. 1800 yilda Pestalotssi rahbarligida institut tashkil etildi, institut tarkibida internat shaklidagi o‘rta maktab, o‘qituvchilar tayorlash seminariyasi ham mavjud edi. Bu institut butun dunyoga mashhur bo‘ldi. 1895 yilda «Iverdal» instituti o‘qituvchilari orasida chiqqan nizolar natijasida o‘z qishlog‘i «Nefgov»ga qaytdi, u bu erda 80 yoshida o‘zini oxirgi «Oq qush qo‘shig‘iga» asarini yozdi.(1826)y, 1827 yilda vafot etdi.
Pestalotssi o‘zining ijtimoiy-pedagogik qarashida xalqini qiyinchiliklardan asrash, ularning hayot tarzini yaxshilash «mehnatkashlarni o‘qitish va tarbiyalashni, Shu asosda ular hayotini orzu qildi» Xalq boshiga tushgan kulfatlarning manbai iqtisodiy sharoit emas, ma’rifatning yo‘qligi deb bildi va u Sheysariyada etimxona ochadi. U etimxona odamlar tarbiya va ilm olish huquqiga ega bo‘lishi lozim, maktablar jamoatini, ijtimoiy hayotdan o‘zgartirish mumkin, deb bildi. Uning fikricha, har bir insonning haqiqiy insoniy kuchlarining mustahkam bo‘lishi masalani Pestalotssi fikricha, tarbiYaning maqsadi odamning barcha tabiiy kuchlarini va qobilyatlarini tarbiyalashdir. Pestalotssi tarbiYaning mohiyati to‘g‘risidagi tasavvuriga asoslanib insonning kuchini inson tabiati bilan muvofiqlashtirish o‘stirishga yordam beradigan metodlarni yaratishga harakat qildi. U «chinakam pedagogika onani to‘g‘ri tarbiyalash, metodlarini ishlab chiqishi va onalarni ular bilan qurollantirish lozim»-deydi, Chunki pedagogika san’ati esa Shu metodikani har bir ona jumladan, oddiy dehqon onaga ham egallab oladigan qilib, soddalashtirib berishi lozimligini ta’kidlaydi. U xalqni mehnatkashlarni o‘qitish va tarbiyalash yo‘li bilan ularni turmushini o‘zgartirish mumkin, deb biladi. U xalq boshiga tushgan kulfatlarning manbai iqtisodiy sharoit emas, ma’rifatning yo‘qligida deb tuShunadi. U «Hamma odamlar tarbiya, ilm olish huquqiga ega bo‘lishi lozim maktablar jamiyati ijtimoiy jixatdan o‘zgartirishning muhim vositalaridan biri bo‘lishi lozim»-deb ta’kidlaydi.
Uning fikricha, har bir kishining haqiqiy insoniy kuchlari harakatga kelib mustahkam bo‘lgandagina eng muhim ijtimoiy masalalar hal qilinadi. Mehnat odamni tarbiyalashning muhim vositasi, mehnat odamning jismoniy kuchlarigina emas, aqlini ham o‘stiradi. Shu bois bichish sezgi a’zolari orqali idrok qilishadi deb xisoblaydi. Ijtimoiy jixatdan xal etadi, deb tuShundi, Chunki mehnat odamni tarbiyalaydi, uning aqlini oshiradi, deb bildi. Pestalotssi xalq boshiga tushgan kulfatlarni manbai iqtisodiy sharoit emas, balki ma’rifatning yo‘qligi deb bildi. Uning fikricha, hamma odamlar tarbiya va ta’lim olish huquqiga ega bo‘lishi, maktablar jamiyatni ijtimoiy jixatdan o‘zgartirishi lozim, deb tuShundi. YA’ni uning fikricha, har bir kishining haqiqiy insoniy kuchlari harakatga kelib, mustahkamlangandagina ijtimoiy masalalar hal bo‘ladi. Mehnat odamni tarbiyalashning eng muhim vositasi bo‘lish bilan barcha uning aqlini rivojlantiradi. Ya’ni insonlar bilish sezish orqali idrok qiladi, o‘z ta’savvurlarini tiklaydi. Pestalotssining dunyoqarashi insonparvarlik, demokratika, intilishlar ruhi bilan sug‘orilgan, ayrim dialektik g‘oyalarni o‘z ichiga olgan. Uning fikricha har bir bolaga xos bo‘lgan tug‘ma kuch va qobiliyatlarni tabiiy tartibda o‘stirish lozim.
Ma’lumki tarbiya bolaga tug‘ilgandan boshlab beriladi. «Bola tug‘ilgan soat unga tarbiya berishning birinchi soatidir»-deb ta’kidlaydi. Pestalotssi pedagogika, avvalo onani tarbiyalash metodlarini ishlab chiqish lozim, ya’ni har bir bolaga xos bo‘lgan tug‘ma kuch va qobiliyatni tabiiy tartibda o‘stirish lozimligini ta’kidlaydi. Pestalotssi elementar ta’lim nazariyasi haqida fikr yuritib, unga jismoniy tarbiya mehnat tarbiyasi, ahloqiy va estetik tarbiya, aqliy tarbiya va o‘qitishni kiritadi, bunda inson hamma tomondan uyg‘un kamolot topgan shaxs sifatida shakllanadi deb tuShunadi. U inson shaxsini kamolga etkazishni jismoniy tarbiYaning ahamiyatini ta’riflab, bolalarning o‘sishiga kattalarning oqilona ta’sir ko‘rsatishidir deb biladi. U yuqoridagi fikrlari bilan uning pedagogik tajriba va nazariYaning uyg‘unligidan iborat edi. Pestalotssi ahloqiy tarbiya haqida fikr yuritib tarbiYaning asosiy vazifasi kelgusi ijtimoiy hayotda qatnashish, foyda keltiradigan hamma tomonlama uyg‘un kamol topgan insonni etishtirishdir deb biladi. Bolaning axloqida oilada asos solinadi, ya’ni ota-onaning uyi axloq maktabidir deb, ta’kidlaydi.
Pestalotssi aqliy tarbiya to‘g‘risida ham o‘ziga xos boy mazmunli fikrlar bildiradi. Uning pedagogik qarashida insonning hamma jixatlari bir-biriga uyg‘unlashib rivojlanadi, degan g‘oyasiga taYangan holda aqliy tarbiYani axloqiy tarbiya bilan bog‘lab olib borishni talab etadi, o‘z kuzatishlari asosida bolalarda ko‘rish, eshitish sezgilari, fikrlash va so‘zlash extiyojini rivojlantirishni ta’kidlaydi. Inson o‘zining sezgi a’zolari yordamida tashqi dunyoni idrok etadi, ta’limning vazifasi ham ana Shunda deb biladi. Ta’limni soddalashtirish, uni psixalogiya negizida ko‘rish maktab ta’limini tubdan o‘zgartirish, darslar qatoriga o‘qish, yozish, arifmetika, geometriYaning boshlang‘ich qismlarini ya’ni o‘lcham, rasm, chizish aShula gimnastika, geografiya, tarix, tibbiyotga doir bilimlarni kiritishni tavsiya etadi, maktabda ta’lim metodini Yangilash, Yangi metodlarni ishlab chiqish o‘qitish metodikasini Yangilash kabi g‘oyalarni ilgari surdi. Pestalotssining elementlar ta’lim nazariyasi jismoniy tarbiya, mehnat tarbiyasi, ahloqiy va estetik tarbiYani va aqliy tarbiya berish va o‘qitishni o‘z ichiga oladi. Pestalotssi o‘zining umumiy didaktik qoidalariga taYanib, boshlang‘ich sinfning xususiy metodikasini yaratadi. U ona tili o‘qitishning vazifalari, bolalar nutqini o‘stirish, so‘z boyligini oshirishdan iboratdir dngan g‘oYani ilgari suradi. Savod o‘rgatishda tovush metodini birinchi o‘ringa o‘uyadi.
Shuningdek Pestalotssi zerikarli, bir xildagi mashqlar bilan bolani band etishdan bolalarni kuzatish narsa, xodisalar belgilarini aniqlash, narsani aniq va to‘liq tasvirlash malakasini xosil qilishni yoqlaydi. U bolalarda yozuv malakasini xosil qilish elementlarini chizdirish, mashq qildirishni tavsiya etadi, yozuvga o‘rgatishni narsalarni o‘lcham, suratini chizish, nutqini o‘stirish bilan bog‘lab olib borishni ta’kidlaydi. Pestalotssi bolalarga o‘lchamni o‘rgatish uchun to‘g‘ri chiziq chizish so‘ng burchak, kvadrat chizishni, bo‘laklarga bo‘lishni taklif etadi. Bolalarda yozuv malakasini o‘stirish ahamiyati beradi. Uning fikricha bolalarda yozuv malakasini oshirish dastlab to‘g‘ri va egri chiziqlar chizish mashq qildiradi. O‘lchashni o‘rgatish uchun esa dastlab to‘g‘ri chiziq so‘ng burchak, kvadrat chizish bilan turli geometrik shakllarni ko‘rsatish, ularning nomini aytib berishga o‘rgatadi. Bunday mashqlar bolalarni yozuvga o‘rgatishini asosi deb biladi. Pestalotssi pedagogik nazariyasi va yuqoridagi kabi tajribasi orqali elementlar ta’lim nazariyasini yaratdi. Xalq maktabini rivojlantirishda Pestalotssi nazariyasi muhim rol o‘ynadi. U bolani jismoniy tarbiyalashga doir qimmatli fikrlar bildirdi. U boshlang‘ich maktabda beriladigan bilimning mazmunini kengaytirishni talab etdi, boshlang‘ich maktabni xalqqa yaqinlashtirishiga, uni xalq turmushi va ehtiyotlari bilan bog‘lashga bolalarni mehnatga o‘rgatishga, ularni turmushga tayorlashga e’tibor berdi.

Nazorat uchun savollar



  1. Qadimgi SHarq, Qadimgi Yunoniston, Qadimgi Rim davlatlarida maktab va tarbiya qanday bo‘lgan?

  2. Iogann Genrix Pestalotssining didaktika va boshlang‘ich ta’lim metodikasiga qanday xissa qo‘shgan?

  3. Adolf Distervergning rivojlantiruvchi ta’lim nazariyasining hozirgi kundagi axamiyati?

  4. YA.A.Komenskiy o‘qituvchining kasbiy sifatlari to‘g‘risida nimalarni ta’kidlagan?




Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish