Farg’ona-2019 umumiy pedagogika o’quv-uslubiy majmua


Abduqodir SHakuriy va Mahmudxo‘ja Behbudiylarning pedagogik faoliyati



Download 4,31 Mb.
bet135/168
Sana19.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#459798
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   168
Bog'liq
УМУМИЙ ПЕДАГОГИКА МАЖМУА 2019 У Максудов

Abduqodir SHakuriy va Mahmudxo‘ja Behbudiylarning pedagogik faoliyati.

  • SHakuriy va Behbudiy tomonidan yaratilgan maktab darsliklari va ularning tavsifi.

    Abdulla Avloniyning hayoti va ijodiyoti: ijodkor, adib, o‘qituvchi, san’atshunos olim 1878 yilning 12 iyulida Toshkentdagi Mergancha maxalasida tug‘ildi. Otalari Miravlon aka hunarmandchilik bilan shug‘ullanar edilar.Abdulla Avloniy dastlabki boshlang‘ich ta’limni O‘qchidagi madrasada, so‘ng SHayxontoxurdagi Abdumalikboy madrasasida tahsil oldi. Avloniy tarjimai xolida shunday yozgan edi:
    "1891 yildan boshlab faqat qish kunlarida o‘qib boshqa fasllarda mardikor ishladim". U bo‘sh vaqtlarida Navoiy, Fuzuliy,Sa’diy SHeroziylarni asarlarini sevib o‘qib o‘zi xam she’r yozishga kirishgan edi. 1904 yildan boshlab uning ijodiy faoliyatida keskin o‘zgarishlar vujudga keldi:
    U Mirobod maxallasida, keyinchalik Degrez mahallasida yangi usuldagi maktablarni ochdi. Bu maktablarda sinf - dars tartibi o‘quvchilar jamoasi tovush usulidan foydalangan xolda bolalarni 6 oyda savodlari chiqar edi. Bolalarni bilimini aniqlash maqsadida imtixon joriy etilgan edi. Maktablardagi o‘quv asbob-jihozlarini o‘zgartirdi, o‘z qo‘li bilanparta va doskalar yasadi.Maktabga qabul qilingan bolalarning asosiy qismi kambag‘al kishilarning bolalari bo‘lganliga uchun ularni kiyim- kechak,oziq-ovqat, daftar-qalam bilan ta’minlash maqsadida, do‘stlarining ko‘magida “Jamiyati xayriya” tashkil etadi va bu jamiyatga o‘zi raislik qiladi. Avloniyning maktabi o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalariga ko‘ra mashg‘ulotlarni sinf-dars tizimi asosida o‘z ona tilida olib borilishi bilan eski usul maktablaridan farq qiladi.U o‘z maktabida bolalarga geografiya, tarix, adabiyot, til, hisob,handasa, xikmat kabi fanlardan muayyan ma’lumotlar beradi.1905 yildagi inqilobiy xarakatlar natijasida Turkistonda "Taraqqiy", "Xurshid", "Tujjor" kabi ro‘znomalar paydo bo‘ldi. Avloniy xam tashabbus ko‘rsatib, 1907 yil 4 dekabrda uning muharrirligida "SHuxrat" ro‘znomasining birinchi soni bosmadan chiqdi. Avloniyning ma’rifatchilik faoliyati jarayonida ijtimoiy hayot xodisalarni ta’sirida maqola va she’rlari ro‘znomalarda bosilib chiqdi. U she’rlarida "Xijron" taxallusi bilan maqolalarini esa "Mulla Abdulla", "Avloniy" yoki "Abdulla Avloniy" deb nashr etar edi. U 1913 yildan boshlab teatrchilik ishlari bilan shug‘ullanadi. U birinchi "Turkiston" nomli teatr truppasini tuzdi. 1914-1915 yillarda teatr truppasi Turkistonni bir qator o‘lkalarida o‘z faoliyatlarini namoyish qildilar.Abdulla Avloniy boshlang‘ich ta’limning mazmunini millat istiqboliga qarab belgilaydi. Unda insonni milliy zaruratga chorlaydigan xalq yaratgan so‘z san’atidagi durdonalar o‘z aksini topgan. Unda inson qalbiga ziyo nurlarini beradigan ajdodlarimiz meroslari asosiy o‘rinni egallaydi. SHuningdek, unda buyuk siymolarning asarlari xamda o‘z qalamiga mansub asarlaridan xam foydalaniladi. Abdulla Avloniyning “Birinchi muallim” 1917 to‘ntarishiga qadar4 marta nashr etilgan. Avloniy uni yozishda mavjud darsliklarga, birinchi navbatda Saidrasul Aziziyning “Ustozi avval”iga suyanadi.(dars berish jarayonida orttirgan tajribalaridan samarali foydalanadi).Turkiy guliston yoxud axloq - axloq-odob turbiyasiga oid darsliklarida xam ma’naviy tarbiyaning bosh mezoni inson "g‘urur", "mexr"ni tarbiyalash masalalari to‘g‘ri xal qilingan.Abu Nasr Forobiy ijodiyotining bosh masalasi nufuzli inson tarbiyasi ekan, bunda insondagi qanoat uni o‘z murodiga etishni ta’minlaydi.Bunda inson Olloh Taolodan uni yaratganligi, ota-onasi uni dunyoga keltirganiga faxrlanishi kerak. Bunday qilganda inson-ko‘tarinki ruh bilan yashashga, qanoatga o‘rganadi.Avloniy esa bu g‘oyani rivojlantirib, hayotidan noliydigan noshud mehnatni o‘z e’tiqodiga aylantirolmagan inson - tirik bo‘lsa ham, o‘likdir - deydi. Xarakatchan, hayot oshig‘ining fe’li keng, ezgulikni o‘zida kasb qilgan insongina hayot mazmunli yashaydi, deydi u.
    Abdulla Avloniy bola tarbiyasiga alohida e’tibor bergan edi. Bolaning fikrlashga o‘rgatish aqliy tarbiyaning vazifasiga kiradi. "Aql insonlarning piri omili, murshidi yagonasidir. Ruh ishlovchi aql boshlovchidir" - degan edi Avloniy.Abdulla Avloniyning bolalarni aqlini peshlovchi ularda ham fikrlash, ham insoniy gurux fazilatlarni tarbiyalovchi g‘oyasini ochib beruvchi fikrlaridan ayrim namunalar keltiramiz. Bu mavzular Avloniy o‘zining "Birinchi muallim" darsligida "Taqsim", "Ikki devona", "Ochko‘zlik", "Aqli bog‘bon" xikoyalari kiritilgan bo‘lib, ular zamona ruhiga moslashtirilgan.U sharq falkloridagi mavjud bo‘lgan bunday xikoyalarni millat maktab bolalariga moslashtiradi.
    Axloq - "insonni yaxshilikka chiqaruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir ilmdir. YAxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollar bilan bayon qiladurgan kitobni axloq deydilar. Axloq ilmini o‘qur, er yuzida nima ish qilmoq uchun yurganini bilur. Kishi o‘zidan xabardor bo‘lmay, ilmni, yaxshi kishilarni, yaxshi narsalarni, yaxshi ishlarning qadru qimmatini bilmas." (23-bet).
    Xulq - inson ikki narsadan murakkabdir. Biri jasad, ikkinchisi nafasdir, jasad ko‘zi ila bor narsalarni ko‘rur, ammo nafas ila yaxshini yomondan, oqni qoradan ayirur ... ammo nafasning surati ko‘zga ko‘rinmaydugan, aql bilan o‘rganadurgan bir narsadurki, xulq deb atalur. (24 bet). YAxshi xulq, yomon xulq. Axloq ulamosi insonlarning xuquqlarini ikkiga bo‘lishdi: agar nafas tarbiyat topib, yaxshi ishlarni qilurga odat qilsa, yaxshilikka tavsif bo‘lib, "yaxshi xulq", agar tarbiyasiz o‘sib, yomon ishlaydurgon bo‘lib ketsa, yomonlikka tavsif bo‘lub "yomon xulq" deb atalur...
    Xudoning raxmati, fayzi xam insonga yaksardir,
    Va lekin tarbiyat birla yotushmak sharti akbardir.
    Tug‘ib tashlov bila bo‘lmas bola, bulg‘ay balo sizga,
    Vujudi tarbiyat topsa, bo‘lur ul raxmona sizga ... (24 bet).
    Behbudiy Turkistonda ma’rifat maktabini tashkil etdi va shu maktablarni kitoblar bilan ta’minlashda jonbozlik ko‘rsatdi. U Samarqandning eski shaxarlarida qiroatxona, kutubxona, o‘z hovlisida maktab ochdi. M.Behbudiy ma’rifatparvar maktablari uchun darsliklar yozdi. Behbudiyning ochgan maktablarida o‘qitish quydagicha tartibda olib borilar edi: «Maktab 2 bosqichdan iborat bo‘lib 1-chi bosqich – ibtidoiy qismdeb nomlangan.Buning tahsil muddati to‘rt yil. Birinchi yilida : forscha va arabcha yozuv va o‘qishni o‘rganilgan.Suralar yod olingan.Hisob darsi o‘rgatilgan.Umuman bir yil davomida yozmoq va o‘qimoqni o‘rganganlar.Ikkinchi yilida : haftiyak, imon, e’tiqoddan dars, fors, turkiy va atab tilida she’rlar, qasidalar o‘qitilgan. Uchinchi yilida: Qur’oni Karim, islom ibodati,tajvid,Sa’diydan nasihatlar,forsiy va turkiy til puxta o‘rgatilib,undan insholar yozdirilardi.Hisobdan turli taqsimot va ish yuritish kabi zaruriy jihatlar o‘qitilgan. To‘rtinchi yilida: esa Kalomu sharif,mufassal tajvid, forsiy va turkiy nazm va nasr, axloq darsi,turkiy va forsiy til, hisob, tarix, jug‘rofiya o‘qitilgan. Bu to‘rt sinfni tamomlagan bolalarni muallimning o‘zi taqsimlagan.Hohlasa ikkinchi bosqichga qoldira evropa maktablariga yuborar yoki tirikchilik uchun ishlashga yo‘llanma berar edi.
    Maktabning ikkinchi bosqichda – rushadiya bulib, unga to‘rt sinf-ibtidoyi qismni tamomlaganlar o‘tkazilar edi.
    Maktabning ikkinchi bosqichida esa birinchi yili arab tili, jo‘g‘rofiya, fors yozuvi va xokazolar. Uchinchi yili arab tili, xisob, xat yozuvi, tarix, turkiy til, rus tili o‘qitilgan, to‘rtinchi yil arab tili, turk tili va adabiyoti, salomatlik, maktab va hayot, ishq va muxabbatsiz axloq va boshqa ko‘pgina hayotiy darslar o‘qitilgan.
    Behbudiy maktabining imtihonlari xar yilning so‘ngida o‘tkazilar edi. Imtihonlarga ota-onalar va boshqa mehmonlar taklif etilar edi. Behbudiy butun vujudi bilan muallim edi. U ta’lim va tarbiya va uning muammolari to‘g‘risida asarlar yozdi.
    Masalan: «Iymon va islom», «Xurriyat-ozodlik-erkinlik», «Tahsil oyi», «Vatanparvarlik kerak», «Bizga isloh kerak» va boshqalar.
    Behbudiy Turkistonning kelajagini uning yangi kadrlarida, mutaxassislarida va o‘qimishli yoshlarda deb bilardi. SHuning uchun xar bir yozgan maqolasida yangi taraqqiyotga javob beradigan kadrlarni tarbiyalab etishtirish masalasini qo‘yardi. SHundagina o‘n yillar orasida bizda yaxshi-yaxshi o‘qimishli muxandis, shifokor, xuquqshunos, iqtisodchi kabi mutaxassislar etishib chiqadi, degan umid qiladi.
    Abduqodir SHakuriy 1875 yilda Samarqandning Rajabamin qishlog‘ida bog‘bon oilasida tug‘ildi. SHakuriy eski usuldagi maktabni tamomlaganidan keyin Samarqand shahridagi madrasaga o‘qishga kiradi. SHakuriy o‘zbek va tojik tillarida yozgan tarjimai hollarida rus gimnaziyasiga borib, uning ichki tartib qoidalari va o‘qitish usullari bilan tanishganligini qayd qiladi.SHundan keyin yosh muallimda o‘z xalqining bolalari uchun ham shu tartibdadagi yangi maktab tashkil qilish orzusi paydo bo‘ladi. Mana shu o‘rgangan yangi usullarni o‘zi ochgan maktabda qo‘llay boshlaydi.SHakuriy dastlab maktabda o‘quv jihozlarini o‘zgartiradi.U ustalarga parta va doskalar buyuradi. U davrlarda darslik va qo‘llanmalar bo‘lmaganligi sababli SHakuriy xarflarni doskaga yozib qo‘yar, o‘quvchilar esa shuni o‘z daftarlariga ko‘chirib yozar edilar. SHakuriy maktabida tojik va o‘zbek bolalari birga o‘qitilar edi. Bu erda tojik tili asosiy til hisoblanar, bolani savodi chiqqach, o‘zbek va tojik tillarida yozilgankitoblar o‘qitilar edi. SHakuriy o‘quvchilar uchun bir yilda bir marta imtihon uyushtirar edi. Imtihonda u ota-onalar oldida o‘quvchilar bilimining natijalarini namoyish qildirar edi. SHunday bir sharoitda SHakuriy bolalarning o‘z ona tilida o‘qish kitoblari,darsliklar yaratish zaruriyatini yaxshi tushunadi.U bolaning yosh xususiyatini e’tiborga olib darsliklar tuzishga kirishadi va “Rahnamoi savod” (Savod chiqarish rahbariyati) deb atalgan kitob chiqaradi.
    Abduqodir SHakuriy yangi usuldagi maktablarning targ‘ibotchisi va tashkilotchilaridan biri edi.
    Mavzu bo‘yicha nazorat savollari.
    Quyidagi testlarni ishlang.

    1. YAngi usul maktablari uchun yozilgan “Kitob ul-atfol” nomli qo‘llanma muallifi.

    A)SHakuriy
    B) Fitrat
    V)Behbudiy
    G) Siddiqiy.
    2. 20-yillar boshida Samarqandda ochilgan maktabga kim mudirlik qilgan.
    A) Abduqodir SHakuriy
    B) Qori Niyoziy
    V) Rafiq Mo‘min
    G)Maxmudxo‘ja Beg‘budiy
    3. “Taraddud birla maktabda o‘qing o‘g‘lonlar, o‘g‘lonlar.Bo‘lursiz bir kun olamda zo‘r insonlar, o‘g‘lonlar”. Bu to‘rtlikning muallifi...
    A) SHakuriy
    B) Behbudiy
    V) Avloniy
    G0 S.Ayniy
    4.”Pedagogiya, ya’ni bola tarbiyasining fani demakdir”. Pedagogikaga ta’rif kim tomonidan berilgan.
    A)SHakuriy
    B) Avloniy
    V) Fitrat
    G) Hamza
    5.”Raxnamoi savod” alifbosini va “Tovush harf” metodini ishlab chiqqan pedagog olimni ko‘rsating.
    A) Behbudiy
    B) Hamza
    V) Avloniy
    G) SHakuriy
    6. Behbudiy ochgan maktabda ta’lim jarayoni necha bosqichdan iborat bo‘lgan.
    A) 4 bosqichdan
    B) 3 bosqichdan
    V) 2 bosqichdan
    G) 5 bosqichdan
    2. Abduqodir SHakuriyning o‘qish, o‘qitish uslubidai yangilikning ahamiyatini ko‘rsating.
    3. Mahmudxo‘ja Behbudiyning usuli jadid maktablari uchun yozgan darsliklarini klaster usulida ko‘rsatib bering.
    30- mavzu: YAn.Amos Komenskiy pedagogik tizimi. K.D.Ushinskiyning pedagogik tizimi.
    Reja:
    1.Komenskiy ijodida tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lish tamoyili
    2. Komenskiyning bola yoshini davrlashtirish, maktab ta’lim tizimi, o‘qitish mazmuni.
    3. K.D.Ushinskiy pedagogika fani va tarbiya san’ati.
    XV asrning birinchi yarmida (1618-1648) ular chex krestontlari tomonidan qo‘shni mamlakatlarga xaydab yubordilar. Buyuk chex pedagogi YAn Amos Komenskiy 1592 yil ana shunday ijtimoiy sharoitda dunyoga keldi. U jamoa chex qardoshlari xisobidan o‘rta va oliy ma’lumot oldi. 1611 yilda YAn Amos Komenskiy Germaniyaning Gebern universitetiga, keldi. Bu erda zamonaviy ilg‘or programmalarda taniqli professorlar dars berar edi. Dars jarayonida falsafa, tabiiy fanlar, anatomiya, astranomiya kabi fanlari o‘rganildi.
    Universitetda yosh YAn Amos Komenskiyni yosh professor Iogann Gernix Alshed o‘z bilimi bilan maftun etgan edi. YAnning nazarida Alsheddan doimo bilim bulog‘i oqib turar edi. Bu erda turli tabiiy fanlar to‘g‘risidagi qashfiyotlar xaqida ma’lumot berar edi. Bu davrda ko‘plab kashfiyotchilar unga zamondosh edi.
    Ular: Djordano Bruno: u diniy ta’limotga qarshi chiqdi, 1604 yilda G. Galiley erkin tushish qonuni, 1608 yilda Gollandiyada binokl ixtiro qilindi. So‘ngra Kepler teleskopni ixtiro qildi, 1928 yilda shotlandiyalik Ulyam Garviy kichik va katta qon aylanish sistemasini isbotladi. 1635 yilda esa kordinal Rishel Fransiya akademiyasiga asos soldi. Frensos birinchi bo‘lib Aristotelning sxolostik falsafasini inkor etdi. U diniy e’tiqod bilan fanning chegarasini ko‘rsatib berdi. Benon fanda aql idrok, ko‘zatish xis etish va amaliy tajribaga tayanadi. Bu davrda Tomaza Kompanella «quyosh shaxri» asari yozilgan edi. Ikki yildan keyin YAn Amos Komenskiy universitetni Evropa bo‘ylab sayoxat bilan tugatdi. O‘z davridagi ijtimoiy siyosiy hayot, undagi noxaqliklar, agressiv bosqinchiliklar, oddiy xalqning ezilishi YAn Amos Komenskiyning dunyoqarashini shakllanishida muxim rol uynaydi.
    Uning dastlabki asari xisoblangan «Samoga xat»da dvoryanlar, aristokratlar tomonidan ezilgan oddiy xalqning arzini bayon etadi. Maxsus xat Iusus Xristosga yo‘llangan bo‘lib, insoniyatning feodal tuzumiga nisbatan arz dodi, bayon etiladi.
    U o‘zining «Xat» nomli asarida ezilgan, xo‘rlangan, qadri qiymati poymol etilgan xalqqa Xristos nomidan javob maktubini yozadi. Jamiyatdagi notekisliklarni, ijtimoiy noxaqliklarni yashash darajasini o‘zgartiruvchi kuchni YAn Amos Komenskiy bilim olishda deb biladi. Ongli mavjudot bo‘lish demak tadqiqot etish, aniqlash, oldindan ko‘ra bilish, ya’ni olamda mavjud bo‘lgan narsalarni tushunishdir, yana u «Olloh insonni bu dunyoda yaratar ekan, uning sirlari bilan tanishtirib o‘tirmaydi. CHunki uning o‘zi tanishib olishi uchun unga aql idrok berdi-deydi. U insoniyatga murojat qiladi. O‘zlaringizni bilimli qilish uchun kurashingiz! Axir nodonlikdan yana va yana yomonlik kelib chiqadi».YAn Amos Komenskiy inson tabiatning bir qismi sifatida uning eng asosiy umumiy qoidalariga bo‘ysunadi, deb xisoblanadi. YAn Amos Komenskiy «Maktabning aniq tartibini tabiatdan olmoq kerak» deydi. Inson tabiatga ergashib, hamma narsani bilib olishi mumkin, uning xotirasiz hamma narsani qamrab oladi, tiklaydi, lekin xech qochon to‘lib toshib ketmaydi.Komenskiy tarbiya jarayonidagi xar bir pedagogik muammoni dalillar keltirish yo‘li bilan isbotlash usulini kiritdi va tarbiyaning umumiy qonuniyatini ta’riflab berishga urindi. Komenskiyning asarlarida tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi to‘g‘risida gapirar ekan, tabiat qonuniyatlari asosida bola yoshini davrilarga bo‘lishini amaliy jaryonda isbotlab berdi.
    YAn Amos Komenskiy sinf- dars sistemasi va uning
    ta’lim mazmuniga oid qarashlari.
    Komenskiy uzluksiz ta’lim tizimini ishlab chiqdi va sinf- dars sistemasiga asos soldi. Bir xil yoshda, bir vaqtda o‘qitish, o‘quv yilligini chorak va ta’tillarga bo‘lish tizimini ishlab chiqdi. SHaxsni jamoada tarbiyalash g‘oyasini ilgari surdi.YAn Amos Komenskiy mazkur ta’lim tizimiga mo‘ljallab bir qator zamonaviy ta’lim mazmuniga oid darsliklar yaratdi.Bular «Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi» (1631), «Xislar vositasi bilan idrok qilinadigan narsalarning suratlari» (1658), Komenskiy darslik qanday bo‘lishi lozimligi xaqida bir qancha qimmatli nazariy fikrlarni aytdi, va o‘z zamoni uchun namunali bo‘lgan bir necha darslik yozib, o‘zining shu nazariy fikrlarini amalda ro‘yobga chiqardi.
    Komenskiyning didaktika va axloqiy pedagogik g‘oyalari.
    Komenskiy ta’lim jarayonida xislar vositasiga asoslanish lozim. Sensualistik falsafa degan g‘oyani ilgari surdi. Bunda xislar orqali bolada tafakkur shakillanishini nazariy jixatdan asoslab berdi. Komenskiy ko‘rsatmalilikni didaktikaning eng muxim prinsiplardan biri sifatida ishlab chiqib, katta xizmat ko‘rsatdi. O‘z darsliklarini suratlar bilan ta’minladi.
    U dogmatik ta’lim mazmuni va sxolostik o‘qitish uslubiga qarama-qarshi bo‘lgan onglilik prinsipining ilgari surdi. Uning fikricha, xodisalarni o‘rganish chog‘ida shu xodisalarning sababini o‘quvchilar to‘la suratda anglamoq kerak. Komenskiy ta’limni sistemali bo‘lishni talab qiladi. O‘qitishda fanlardan xulosalarga, misollardan qoidalarga o‘tish lozim. Onglilik prinsipi ta’lim mazmuni o‘quvchilar yoshiga mos xolda belgilash va boqiylikni bayon etish. O‘qitishning puxtaligi prinsipiga asoslangan xolda o‘quvchilarning bilish bosqichlari, orqali tushunchasini shakllantirish. Insonning o‘zini-o‘zi boshqarishi, Komenskiyning fikricha tarbiyaning uch maqsadidan biridir. Bunga axloqiy tarbiya vositasi bilan erishiladi deb, hisoblaydi. Komenskiy Aristotel va Platon yo‘lida borib, donishmandlik mo‘‘tadillik, mardlik va odillikni eng yaxshi fazilatlar deb hisoblaydi. Komenskiy axloqiy tarbiyaga doir g‘oyalarga o‘zining «Buyuk didkatika», «YAxshi yo‘lga qo‘yilgan maktab qonunlari» asarlarida asoslab berdi. Uning fikriga, maktabda axloqiy tarbiya yuqori doirasida borishi lozimki, toki maktablar «Insonlar tarbiyalanadigan ustaxona» degan nomga munosib bo‘lsin. Maktabda axloqiy tarbiya berish uchun qo‘yidagi qoidalarga amal qilishni taklif etadi.
    Komenskiy o‘qituvchining kasbiy sifatlari xaqida.
    YAn Amos Komenskiy o‘qituvchini er yuzidagi xar qanday kasbdan ko‘ra yuqorirok turadigan juda faxrli kasb deb hisoblab, o‘qituvchiga nixoyatda katta ahamiyat berdi. SHu bilan birga uning fikricha har bir o‘qituvchi o‘z kasbining burchi, vazifasi, ma’lumotini to‘g‘ri anglash lozim deb hisobladi. U o‘z ishini behad sevishi o‘quvchilarda bamisoli otalaridek muomala qilishi, ularda bilimga xavas tug‘dirishi zarur. «O‘zi namuna ko‘rsatib, o‘quvchilarni o‘ziga ergashtirish o‘qituvchining eng birinchi vazifasidir». Komenskiy o‘zining dunyoqarashiga muvofiq dindorlik o‘qituvchining eng muhim xislatlaridan biridir deb, hisobladi.Uning qarashlarida diniy axloqiy shakllantirish, ma’rifat orqali xudoni anglashasosiy axloqiy tarbiya vazifalari edi;Umuman olganda, YAn Amos Komenskiy ilmiy pedagogika fanini shakllanishida muhim hissa qushdi. U pedagogika fanining asosi sifatida va barchani o‘qitish lozim degan progressiv g‘oya muallifi bo‘lib tanildi.Komenskiy o‘z pedagogik g‘oyalari bilan sxolostik ta’limotiga qattiq zarba berdi.U maktab bolani ma’rifat olamiga boshlaganida, uni xissiy bilishga, so‘ngra esa, aqliy bilishga o‘rgatishi lozimligini ilgari surdi.YAn Amos Komenskiy butun dunyoda pedagogika ilmining va maktabning taraqqiyotiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. U maktab ma’rifiy ishlari orqali jamiyat xayotini o‘zgartirish mumkin degan progressiv g‘oyalarini, ta’lim prinsiplari, uslublarini kiritdi.

    K. D. Ushinskiyning ijtimoiy pedagogik faoliyati. K. D. Ushinskiy tarbiyaviy xalqchilik g‘oyasi haqida.


    Mashhur rus pedagogi, rus pedagogikasi va xalq maktablarining asoschisi, «rus o‘qituvchilarining o‘qituvchisi» Konstitantin Dmitrievich Ushinskiy 1824 yilning 19 fevralida Tula shahrida tug‘ildi.Ushinskiy 9 yoshga qadar oilada tarbiyalanib, savod chiqardi. So‘ngra Novgorod —Seversk gimnaziyasiga o‘qishga kirib, uni 1840 yilda muvaffaqiyatli tamomladi. O‘sha yili Moskva dorilfununining yuridik fakultetiga o‘qishga kirdi va o‘sha davrning mashhur professori Redkinning bevosita rahbarligi ostida ta’lim oldi.Ushinskiy 22 yoshida YAroslav litseyiga kameral (yuridik) fanlar professori vazifasini bajaruvchi sifatida xizmatiga kirdi va ish boshladi. U uch yillik dastlabki pedagoglik faoliyatida katta istehdod egasi ekanini namoyish eta oldi. SHuningdek, Ushinskiy zo‘r ishtiyoq bilan o‘qituvchilik ishini olib borib, talabalarga havas bilan bilim berishga harakat qildi, ularda ilm — fanga nisbatan qiziqish uyg‘otdi, eng muximi, o‘z halqi va ona yurtini jondan sevish, ardoqlash hamda vijdonan halol mehnat qilishga da’vat etdi, Bu yosh va istehdodli professorning mazmunli ma’ruzalarini litsey talabalari maroq bilan tinglab, chuqur va mustahkam saboq olar edilar.K.D.Ushinskiy pedagoglik faoliyatini ilmiy — ijodiy ish bilan birga qo‘shib olib bordi. 1848 yilda uning birinchi ilmiy ishi — «Kameral fanlarni o‘qitish haqida» degan asari nashr qilindi. Bu asarda Ushinskiy oliy o‘quv yurtlaridagi mavjud o‘qitish tizimiga nisbatan tanqidiy ko‘z bilan qaradi. Hukumat tomonidan erkinlik berilishini talab etdi. O‘qitish tizimini yaxshilashga oid yirik uslubiy muammolarni o‘rtaga qo‘yib, ularni qanday hal etish yo‘llarini ko‘rsatib berdi.Ushinskiyning ilm — fanni demokratik tarzda targ‘ib etishi reaksion doiralarga ma’qul tushmadi. 1849 yil sentyabrida Ushinskiy va uning do‘stlari, demokratik ruxdagi o‘qituvchilar, siyosatda shubhali, hukumatga ishonchsiz kishilar sifatida litseydan chetlatildi. K.D.Ushinskiy boshqa ish topish maqsadida 1949 yilda Peterburgga ko‘chib borib, juda katta qiyinchiliklardan so‘ng 1850 yilda ichki ishlar vazirligida kichik bir amaldor vazifasida ishlashga majbur bo‘ldi va u erda to‘rt yil ishladi.Ushinskiy faqat 1854 yildagina YAroslavl’ litseyi sobiq direktorining tavsiyasi bilan Gatchino institutida til —adabiyot va qonunshunoslik o‘qituvchisi bo‘lib ishga kiradi va u erda tez fursatda shu institutning sinflar inspektori vazifasiga ko‘tariladi. Ushinskiyning pedagogik faoliyati tom ma’nosi bilan ana shu vaqtdan boshlandi. U 1859 yilda Smolniy institutining sinflar inspektori vazifasiga tayinlanib, unga shu institutning juda achinarli holga tushib qolgan ilmiy bo‘lim ishlarini qaytadan tartibga solishday muhim topshiriq yuklandi. Ushinskiy bu ishni epchillik bilan puxta bajarib, pedagoglik jarayonni uyushtirish sohasida katta qobiliyat sohibi ekanini ko‘rsatdi. SHu bilan birga uning pedagogika masalalariga bag‘ishlangan va muntazam chop etilayotgan nazariy tadqiqotlari uning faqat amaliyotchi emas balki o‘z ixtisosi bo‘yicha kuchli nazariyotchi ekanligini ko‘rsatdi.
    Ushinskiy 1857 yildan boshlab «Tarbiya jurnali» («Jurnal dlya vospitaniya»)da, so‘ngra «Xalq maorifi jurnali»da juda ko‘p sermazmun maqolalar e’lon qildi. 1860 yilda u «Xalq maorifi jurnali»ning muxarriri qilib tayinlandi. Ushinskiy 1861 yilda o‘zining «Bolalar dunyosi» («Detskiy mir») nomli o‘qish kitobini nashr ettirdi. Bu kitob o‘sha yilning o‘zidayoq ikki marta chop etildi. U xorijiy mamlakatlarda yurgan davrida o‘zining butun kuch — g‘ayratini ta’lim — tarbiyaga doir asarlar yozish va ularni chop ettirishga yo‘naltirdi. Natijada, 1861 yilda uning I va II o‘quv yillari uchun «Ona tili» darsligi nashr etildi va unga «Muallimlar uchun qo‘llanma» degan metodik asari ilova qilindi. 1870 yilda esa IIIo‘quv yili uchun ham «Ona tili» darsligi bosilib chiqdi. Bundan tashkdri, Ushinskiyning pedagogika sohasidagi asosiy nazariy asari hisoblangan «Inson — tarbiya predmeti sifatida» («Pedagogik antropologiyadan tajriba») nomli asari ayrim jildlarga bo‘linib nashr qilina boshladi. K.D.Ushinskiyning pedagogika nazariyasi xalqchillik g‘oyasi asosida qurilgandir. «Har bir mamlakatda bolalarni tarbiyalash tizimi, — deb aytgan edi yr — xalqning rivojlanish sharoitlari, uning ehtiyoj va talablari bilan belgilangan». «Hamma uchun umumiy bo‘lgan birgina tutma moyillik borki, tarbiya hamisha shunga tayanishi mumkin; bu biz xalqchilik deb atagan narsadir. Xalqning o‘zi tomonidan yaratilgan va xalqchilik asosiga qurilgan tarbiya shunday tarbiyaviy kuchga egaki, bunday kuch abstrakt g‘oyalarga asoslangan yoki boshqa xalqlardan olingan eng yaxshi tizimlarda ham yo‘qdir...» Ushinskiy xalqchillik deb har bir xalqning o‘ziga xosligini tushunar ediki, bu o‘ziga xoslik o‘sha xalq yashashi va mexnat qilishi lozim bo‘lgan tarixiy taraqqiyot, geografik va tabiiy sharoitlar bilan ifodalanadi.U «Ijtimoiy tarbiyada xalk, ruxi» sarlavhali maqolasida tarbiyaning xalqchillik ruxida bo‘lishi kerakligini aytib, boshqa xalh pedagogikasini mexanik suratda rus tuprog‘iga ko‘chirishni aqlga mutlaqo muvofiq emasligini ta’kidlaydi.Ushinskiy tarbiyada xalq ruhining eng yaxshi ifodasi ona tili ekanligiga, rus bolalarini o‘qitishda rus tili asos bo‘lishligini; boshlang‘ich maktablardagi ta’lim ham bolalarni rus tarixi, Rossiya geografiyasi va uning tabiati bilan tanishtirmog‘i lozim deydi.Ushinskiyning pedagogika tizimida ona tilining tarbiyaviy va ta’limiy ahamiyati tarbiyaning asosi bo‘lgan xalqchillik bilan chambarchas bog‘liqdir.Ushinskiy o‘zining «Ona tili» sarlavhali maqolasida «Xalq tili — uning qadim zamonlardan boshlanuvchi bugungi ma’naviy hayotining eng yaxshi, hech qachon so‘lmaydigan, doimo yangidan ochilib yashnab turadigan gulidir. Butun xalq va uning vatani til bilan tirikdir... bularning hammasi xalq ijod etgan til orqali ifodalanadi... Xalq avlodlari birin —ketin yashab o‘taveradi, ammo har bir avlod hayotining natijalari keyingi avloddarga til orqali meros bo‘lib o‘tadi. Har bir avlod o‘z his —tuyg‘ularini, tarixiy voqealar, diniy e’tiqod, maslak natijalarini, boshidan kechirgan qayg‘u va xursandchiliklarini ona tili xazinasiga qo‘shadi... Til eng jonli, eng boy va mustahkam aloqa vositasi bo‘lib, xalqning yashab o‘tgan, yashayotgan va kelajakda yashaydigan avlodlarini bir —birlari bilan chambarchas bog‘laydi, ularning ulug‘g tarixiy, jonli bir butunga aylantiradi. Til bor ekan, xalq ham bor, xalqning hayot ekanligini til orqali bilish mumkin. Til xalqning hayotidir. Xalq tili yo‘qolganida xalqning o‘zi ham yo‘q bo‘ladi», — deb uqtiradi. Ona tili — Ushinskiyning fikricha — na kitob, na maktab bo‘lmagan vaqtda ham xalqni o‘qitgan eng yaxshi xalq ustozidir.
    Mavzu bo‘yicha nazorat savollari.
    Quyidagi testlarni ishlang.
    1.Pedagogikaga o‘quv yili,o‘quv kuni, tanaffus, o‘quv ta’tili kabi tushunchalarni kiritgan olimni aniqlang.
    A) K.D.Ushinskiy
    B) A.Avloniy
    V) YA.A.Komenskiy
    G) A. Disterverg
    2. Qaysi olim tabiatda hayot bahordan boshlangani kabi ta’lim olish jarayoni uchun eng qulay davr bolalik ekanligini ta’kidlagan?
    A)A.Avloniy.
    B) YA.A.Komenskiy
    V) Disterverg
    G) Gerbart
    3. Qaysi ta’lim tamoyilini YA.A.Komenskiy didaktikaning oltin qoidasi deb atagan?
    A) Tabiat bilan uyg‘unligi
    B) Ilmiylik
    V) Ko‘rsatmalilik
    G) Tushunarlilik
    4. «Eski maktabda intizom nihoyatda g‘ayritabiiy asosga yoki mukofotlar va yoki jazolar ulashib beruvchi o‘qituvchidan qo‘rqish asosiga qurilgan edi. Bu qo‘rquv bolalarni zararli holatlarga: sustkashlikka, sinf doirasidagi zerikishga va ikkiyuzlamachilikka olib keladi” degan fikr qaysi ma’rifatparvarga tegishli?
    A) Komenskiyga
    B) Ushinskiyga
    V) Avloniyga
    G) Behbudiyga
    31- mavzu: XX asr jaxon ta’lim tizimidagi global tendensiyalari.
    Reja:

    1. XX asr jahon ta’lim tizimidagi global tendensiyalar.

    2. Iqtisodiy rivojlangan davlatlar ta’lim tizimi.

    AQSH da ta’lim tizimi: Amerikada 3 yoshgacha bolalar tarbiyasi bilan onalar shug‘ullanadilar, lekin ularga xech qanday imtiyozlar berilmagan. Uch yoshdan 5 yoshgacha xususiy yoki davlat bog‘chalaridan foydalanish mumkin, lekin bolalar bog‘chalari kichik va bu tizim kam rivojlangan. Enaga yollash bir xaftada 200 dollarga tushadi. Bog‘chalarda yogona bir programma mavjud emas. Kerak buluvchi xamma jixozlar va kuchlik ovqatni ota-onalarning o‘zi olib keladi. 5 yoshdan esa "Kinder garde" deb ataluvchi tayyorlov muassasalarida ta’lim boshlanadi. Boshlang‘ich maktab 6 yoshdan to 13-15 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qamrab oladi. Bu boshlang‘ich maktablarda umumiy savodxonlik va kasbga yo‘naltirish vazifalari xal etiladi. Sinfdan-sinfga ko‘chish o‘quvchining o‘zlashtirganlik darajasiga bog‘liq. Boshlang‘ich ta’lim turli shtatlarda turlicha belgilangan (4, 5, 6, 8 yil). Maktablarda turli xil tugaraklar, uchrashuvlar, shovlar va sayoxatlar uyushtiriladi, ammo ularning xammasiga xaq to‘lash lozim. O‘rta maktablar quyi va yuqori bosqichlardan iborat. 9-sinfni bitirgan talabalar tanlov asosida o‘rta maktabga qabul qilinadi. O‘rta maktablarda to‘rt yo‘nalishda kasb-kor asoslari berib boriladi.
    1-kasb-xunar, 2-biznes ta’limi, 3-savdo va sanoat ta’limi, 4-qurilish ta’limi. Oliy ta’lim 4 asosiy bosqichda amalga oshiriladi.
    1-kichik mutaxassis - 2 yillik kollejlarda amalga oshiriladi. 2-bakalavr 4 yillik kollejlarda, 4 yillik kollej yoki dorifununni tugatgan 3-bosqichni davom ettirish mumkin bu 1-2 magistr maktabi. 4-bosqich asperantura, doktarantura. Maktablarda, ta’lim televidiniyasi, elektron til laboratoriyasi, vidioapparatura, kompyuter va xakozolarni qo‘llash yo‘lga qo‘yilgan. Maktablar kanikul vaqtida xam ishlab turadi. To‘garaklar, qayta tayyorlash ishlari olib boriladi. Oliy ta’limda ikki yo‘nalish mavjud: 1-ta’limni individuallashtirish, 2-talabaning mustaqil ishlashni amalga oshirish. O‘qituvchi yo‘naltiruvchi rol o‘ynaydi. Asosiy maqsad talaba intellektini mashq qildirish, mantiqiy fikrlashga o‘rgatishdir. YAqinda Klinton ma’muriyati tomonidan qabul qilingan "2000-yilda Amerika ta’limi strategiyasi" dasturi e’lon qilindi. Unda axolining 90 foizini oliy ma’lumoti bo‘lishi, asosiy fanlar bo‘yicha bilimlarning chuqur bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
    Oliy o‘quv yurtlarida ilmiy izlanishlar olib borish bo‘yicha AQSH jaxon mamlakatlari orasida etakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Bu mamlakatda ilmiy izlanishlar uchun ajratilgan mablag‘ning 48 foizini davlat tomonidan, 50 foizini firma, konsernlardan undiriladi. 2%ni foizini oliy o‘quv yurtlarining mablag‘lari tashkil qiladi. Ishlab chiqarish korxonalari dorilfununlari bilan shartnoma asosida xamkorlik qiladi. 70% foizi dorilfunun o‘qituuchilari turli firmalarda maslaxatchi, tadqiqotchi bo‘lib ishlaydi (ishlab chiqarish korxonalarning ilmiy laboratoriyalari bilan birgalikda).
    O‘qituvchi kadrlarni tayyorlash 4-5 yilga mo‘ljallangan programma asosida amalga oshiriladi, so‘ngra 4-6 oy praktika o‘tiladi.
    Ta’limni xaddan ziyod demokratlashtirilishi talabalarning bilimini puxtaligini tekshirish va nazorat qilishda qiyinchiliklar tug‘dirdi. SHu sababli shunday boy moddiy bazaga va tajribaga ega bo‘lgan davlatda butunlay savodsiz bo‘lgan talaygina bolalar topiladi.

    Download 4,31 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   168




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish