FarDu Iqtisodiyot yo`nalishi 20. 144-guruh Talabasi Tadjiboev Metinbekning


Iqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o`sishga ta’sir etuvchi omillar



Download 147,65 Kb.
bet3/9
Sana26.05.2023
Hajmi147,65 Kb.
#944228
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish muammolari

2.Iqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o`sishga ta’sir etuvchi omillar.
Har qanday mamlakat iqtisodiy o‘sishga, iqtisodiy resurslaming to‘la bandligi va narxlarning barqaror darajasiga erishishga harakat qiladi. Ammo uzoq muddatli iqtisodiy rivojlanish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik davrlari ta’sirida tebranib turadi. Vaqti-vaqti bilan ob’ektiv qonunlarning o‘zgartirib bo‘lmaydigan ta’siri ostida milliy ishlab chiqarish va uning ayrim bo‘g‘inlarda uzilishlar paydo bo‘ladi va bu uzilish iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo‘lishi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotida iqtisodiy o‘sish milliy xo‘jalikda hal qiluvchi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni tavsiflovchi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar - YAIM, milliy daromad, bandlik va narx darajasidagi iqtisodiy tebranishlar bilan birga ro‘y beradi.
Iqtisodiy tebranishlar - bu muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘zlarining barqaror holatidan farqlanishidir. Davriy o‘sish ishlab chiqarishdagi tanazzullik bilan almashinadi va iqtisodiy sikllar vujudga keladi.
Ko‘plab iqtisodchilar ortiqcha ishlab chiqarish sabablarini ochib berishga harakat qilib, talabning ko‘payishi va kamayishi, ishlab chiqarish hajmining o‘sishi yoki qisqarishi kabi hodisalarning davriy tavsifiga e’tibor qaratdilar. Bu hodisalarning ro‘y berish ketma-ketligidagi ma’lum izchillik ham aniqlandi. Siklli rivojlanishning ob’ektivligi va realligi, uning iqtisodiy jarayonlar tavsifiga ta’siri nuqtai nazaridan ahamiyatliligi to‘g‘risida bir qator taniqli iqtisodchilar, (A.Shpitgof, M.Tugan-Baranovskiy, T.Veblen, U.Mitchell, J.M.Klark, J.Xiks, J.M.Keyns, YSHumpeter va boshqalar)qaydqilibo‘tishgan.
Ko‘pchilik iqtisodchilar iqtisodiy sikllar nazariyasi iqtisodiy o‘sish nazariyasi bilan bir qatorda iqtisodiy dinamika nazariyalari tarkibiga kirishi, iqtisodiy sikl tabiatining o‘zi esa munozarali va kam o‘rganilgan muammolardan biri ekanligini ta’kidlaydi.1 Shuningdek, ijtimoiy hayotda siklli rivojlanishni tan oluvchi hamda inkor etuvchi ikki yo‘nalishdagi qarashlar mavjud. Ba’zan siklning mohiyatini ochib berishda dastlab unga jismlar o‘zaro ta’sir jarayonining natijasi sifatida qaralib, falsafiy qoidalar nuqtai nazaridan izohlashga harakat qilinadi. Ko‘pincha sikl fazalarini ajratib ko‘rsatishda klassiklarning sanoat sikli nazariyasiga keng o‘rin berilgan.
Iqtisodiy sikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan boshlanib, birin ketin bir necha fazalarni bosib o‘tib, o‘zining dastlabki holatiga qaytib kelgunga qadar o‘tgan davr tushuniladi. Iqtisodiy sikl milliy iqtisodiyotning bir inqiroz boshlangandan keyingi inqiroz boshlanguncha davrdagi harakat shaklidir. Iqtisodiyotning rivojlanishidagi harakati bir sikl bilan to‘xtab qolmaydi, balki u to‘xtovsiz to‘lqinsimon harakat sifatida davom etadi. Siklli harakat milliy xo‘jalik turli tarkibiy qismlarining amal qilishidagi notekislikni, uning rivojlanishidagi inqilobiy va tadrijiy bosqichlarni iqtisodiy taraqqiyot jarayonidagi chuquro‘zgarishlamiaksettiradi.
Iqtisodiy sikl maxsus fazalar orqali amalga oshadi. Har bir faza iqtisodiy rivojlanishdagi muayyan davrni ifodalab, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Odatda iqtisodiy siklning inqiroz, turg‘unlik, jonlanish, yuksalish fazalari ajratib ko‘rsatiladi (30-rasm). Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi
Iqtisodiy siklning bir qator fazasi inqirozdan boshlanib, u ishlab chiqarishning pasayishida ifodalanadi. Inqirozdan keyin turg‘unlik fazasi boshlanib, u nisbatan uzoqroq davom etadi. Bu fazada ishlab chiqarish darajasining barqarorligi ta’minlansada, u inqiroz boshlanishidan oldingi darajaga nisbatan ancha past bo‘ladi. Narxlarning o‘sishi to‘xtab, ssuda foiz normalari pasayadi, tovar zaxiralari barqarorlashadi. Biroq ishsizlikning yuqori darajasi saqlanib qoladi. Turg‘unlik fazasi davomida iqtisodiy faollik jonlanishi uchun sharoitlar vujudga kelishi nihoyasiga etadi.
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik hamda texnologik jihatdan yangilash, yuqori texnologiyali qayta ishlash yoʻnalishlarini qoʻllab-quvvatlash, iqtisodiyot tarmoqlari uchun raqobatbardosh muhitni shakllantirish, ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatdoshligiga erishish, eksport tarkibi hamda geografiyasini diversifikatsiya qilish, shuningdek, hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish orqali milliy iqtisodiyot barqarorligini taʼminlashga qaratilgan islohotlar ancha faollashdi.
Buni quyidagi dolzarb masalalar bilan izohlash mumkin: birinchidan, milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, uning tarmoqlarida ishlab chiqarish surʼatlari oʻsishiga erishish mamlakatning xalqaro raqobatbardoshligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Ikkinchidan, jahon bozoridagi keskin raqobat sharoitida milliy ishlab chiqaruvchilarning yuqori sifatli mahsulotlar bilan jahon bozorlariga chiqishini faollashtirish zaruriyati mavjud. Uchinchidan, ilmiy sigʻimi yuqori boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan tendensiyalarning rivojlanishi hamda shunga muvofiq tarzda sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilashda milliy iqtisodiyot doirasida doimiy ravishda zamonaviy texnologiyalar hamda innovatsiyalarni joriy etish talab qilinadi. Milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish koʻp jihatdan iqtisodiyot yoʻnalishlari hamda sohalarini texnik va texnologik jihatdan yangilash, yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini barpo etish boʻyicha qulay shart-sharoitlarni yaratish bilan bevosita bogʻliq. Shu bois mamlakatimizda iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi uchun uning tarmoqlari rolini, ayniqsa, yuqori qoʻshimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish salohiyatini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Iqtisodiy o’sish — bu, ob’ektiv qonuniyat bo’lib, aholining o’sishi, FTT, ishlab chiqarish hajmining ma’lum bir vaqt davomida o’sishi kabi jarayonlar bilan bog’langan. Iqtisodiy o’sish jami taklifning o’sishini yoki boshqacha aytganimizda, potentsial YaMM hajmining oshishini bildiradi. Shunday qilib, iqtisodiy o’sish nafaqat ishlab chiqarishning o’sishini, balki iqtisodiyot potentsialining o’sishini ham bildiradi. Iqtisodiy o’sishda nafaqat mamlakat real daromadlarining o’sishi, shuningdek, jon boshiga to’g’ri keladigan real daromadlarning o’sishi ham tushuniladi.

Iqtisodiy o’sish va unga ta`sir ko`rsatuvchi va uni hal etuvchi omillar
Makroiqtisodiy beqarorlik va unga teskari barqarorlikning asosiy belgilari
Iqtisodiy o’sish ikki xil usul bilan aniqlanadi va o’lchanadi.
Birinchi usul, YaIM (SIM)ni o’tgan davrga nisbatan o’zgarishi sifatida aniqlanadi va mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari harakatini aniqlash uchun ishlatiladi va bundan tashqari umumiqtisodiy harakatlar .
Ikkinchi usul, real YaIM (SIM)ning o’tgan davrga nisbatan aholi jon boshiga o’zgarishi aholining turmush darajasi sifatida aniqlanadi.
Iqtisodiy o’sishni aniqlash va asoslab berish jarayonlarida quyidagilarga e’tibor beribgina qolmay boshqa omillarga ham e’tibor berish kerak:



  1. Iqtisodiy o’sishni o’lchash;

  2. O’sish omillari;

  3. Iqtisodiy o’sish modellari.

Milliy iqtisodiyot o’sishini o’lchashda jami daromadlarning (mahsulotlarning) har xil indikatorlaridan foydalanish mumkin. Umumiy o’sish darajasi aslida YaIM miqdori bilan belgilanadi. Shuningdek, bu ko’rsatkichlar miqdori va bajarayotgan vazifasiga qarab YaIM yoki MD ham bo’lishi mumkin. Bu ko’rsatkichlarning barchasi bir-biriga juda ham yaqin. YaMD YaIM kabi ushbu mamlakat aholisi olayotgan daromadlar miqdorini ko’rsatadi. Shuning uchun ham undan aholi jon boshiga to’g’ri keladigan daromadlar dinamikasi va darajasini aniqlayotganda foydalanish mumkin. Iqtisodiy o’sish nazariyasi va modellarida umumiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning farqi unchalik katta ahamiyatga ega emas. Chunki, ularning farqi iqtisodiy o’sish chegarasi va omillari o’sish darajasini tahlil qilishda hal qiluvchi jarayon hisoblanmaydi.
Iqtisodiy o’sish nazariyasida daromadlar iste’mol va investitsiyalarga bo’linadi.
Y = S + I
Davlat xarajatlari va sof eksport ko’rsatkichlari ham iste’mol va investitsiyalar tarkibiga yetarlicha statitik ma’lumot sifatida kiritib yuboriladi.
Mutlaq miqdordagi ko’rsatkichlar dinamikasi Y ( t -vaqt indeksi) va jon boshiga to’g’ri keladigan ko’rsatkichlar birgalikda o’sish jarayonini bildiradi.
Iste’mol hajmi (S) iqtisodiyotning provard maqsadini va yashash darajasi oshishini bildirsa, investitsiyalar esa resurs imkoniyatlarining o’sishi va texnik yangiliklarning moddiylashishini rivojlantirish va barqarorlashtirishni anglatadi.
Iste’mol va investitsiya o’rtasida etarlicha muqobillik mavjud, chunki, joriy iste’mol miqdorining oshishi investitsiyalarning daromaddagi ulushini pasaytirish iqtisodiy o’sish chegarasidagi hususuy va davlat imkoniyatlarini qisqartiradi.
O’sishning barcha imkoniyatlariga real miqdorlarga tayanilib, ya’ni, doimiy narxlarda qaraladi. Aksincha, nominal ko’rsatkichda ularning dinamikasi nafaqat real o’sish darajasini, balki inflyatsiyani ham o’z ichiga olgan bo’lar edi.
Har bir ko’rsatkich bo’yicha uch xil miqdordagi dinamikani tahlil qilish mumkin:



  1. Absolyut ko’rsatkich: masalan, real ishlab chiqarish Yt;

  2. Absolyut qo’shimcha o’sish: masalan, ishlab chiqarishning oshishi.

3.Qo’shimcha o’sish sur’ati =Yt-Yt-1/ Yt-1
Iqtisodiy o’sish sur’atlari quyidagi formulalar yordamida aniqlanadi:



  1. bazis o’sish sur’ati =(Yt-Y0/ Y0) x 100

  2. zanjirli o’sish sur’ati = (Yt-Yt-1/ Yt-1) x 100 Qo’shimcha o’sish sur’atlari esa:

  1. bazisli qo’shimcha o’sish sur’ati==(Yt-Y0/ Y0) x 100- 100

  2. zanjirli qo’shimcha o’sish sur’ati=(Yt-Yt-1/ Yt-1) x 100- 100


Har bir mamlakat iqtisodiy o’sishga intiladi, chunki iqtisodiy o’sish, birinchidan, milliy mahsulot hajmi va daromadning ko’payishiga, ikkinchidan, rssurslardan samarali foydalanishga, uchinchidan, yangi-yangi ehtiyojlar va imkoniyatlarning paydo bo’lishiga, to’rtinchidan, xalqaro bozorlarda mamlakat obro’sining keskin ko`tarilishi hamda buni oshishiga olib keladi.
Iqtisodiy o’sish usullaridan to’g’ri va o’z o’rnida foydalanish katta ahamiyatga ega. Masalan, mamlakat harbiy salohiyatini aniqlash va rivojlantirish muammosi qaralayotganda YaIM hajmining o’sishi, mamlakat aholisining turmush faoliyati taqqoslanayotganda aholi jon boshiga to’g’ri keladigan ko’rsatkichlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Amaliyotda iqtisodiy o’sishning ikki xil ko’rinishi farqlanadi:masalan ijobiy va salbiy, haqiqiy va potentsial.
Haqiqiy iqtisodiy o’sish - bu statistika organlari tomonidan muntazam nashr etiladigan YaIM yoki boshqa makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning haqiqiy yillik ko’payishidir.
Potentsial iqtisodiy o’sish – bu iqtisodiyot o’sishi mumkin bo’lgan tezlikdir.Potentsial iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi omillarbo’lib quyidagilar hisoblanadi:
- resurslarning ko’payishi; - samaradorlikni oshishi.
Iqtisodiy o’sish, avvalo, foydalanilayotgan resurslarning soni va sifatiga, shuningdek, foydalanilayotgan texnologiyalarga bog’liq. Agarda, qaralayotgan omillar va iqtisodiy o’sish tarkibiy qismlari yaxlitlashtirilgan bo’lsa, iqtisodiy o’sishni ekstensiv va intensiv o’sishga bo’lish mumkin. Ya’ni, foydalanayotgan resurslar miqdori o’zgarmay qolgan holda ishlab chiqarish o’ssa, to’liq intensiv omillar hisobiga amalga oshgan hisoblanadi.
Umuman olganimizda iqtisodiy o’sish bir nechta omillarga bog’liq. Bular:



  • tabiiy resurslar soni va sifati;

  • mehnat resurslari soni va sifati;

  • asosiy kapital hajmi;

  • texnologiyalar.


Ushbu omillarning barchasi ishlab chiqarishga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Bu esa iqtisodiy o’sish istiqbollarini belgilashda ishlab chiqarish funktsiyalaridan keng foydalanish imkonini beradi. Ya’ni, iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish omillari miqdorining qo’shimcha o’sish sur’atlari (ΔK/K va ΔL/L) va texnika taraqqiyoti natijasida ularning umumiy unumdorligini qo’shimcha o’sish sur’atlariga (ΔA/A) bog’liq holda mahsulot ishlab chiqarishning qo’shimcha o’sish sur’atini (ΔY/ Y) hisoblash imkonini beradi: ΔY/Y= ΔA/A+ α x ΔK/K+ (1- α) x ΔL/L
Bunda α koeffitsienti ishlab chiqarilgan mahsulotda kapital hissasini, (1- α) - mehnat hissasini ko’rsatadi. Faraz qilaylik, milliy mahsulotda kapital hissasi 0,3 ni, mehnat hissasi esa 10,3 = 0,7 ni tashkil etsa, unda kapital (ΔK/K) va mehnatning (ΔL/L) 10% ga qo’shimcha o’sishi ishlab chiqarish hajmining ham 10 % ga qo’shimcha o’sishiga olib keladi. (0 ,3 x 10 % + 0,7 x 1 0% = 3% + 7% = 10%). Ya’ni, iqtisodiy o’sish ekstensiv omillar hisobiga ro’y bergan. Ammo, iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi intensiv omillar hamma vaqt ham qadrlangan va iloji boricha ulardan foydalanishga harakat qilinadi. Shuning uchun ham davlat iqtisodiy o’sishni qo’llab-quvvatlash maqsadida, fan-texnikaning istiqbolli yo’nalishlarini belgilash, xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, soliq mexanizmi va tizimini iloji boricha ixchamlashtirish hamda yuqoridagi aniq hisob kitob ishlarni olib boradi.



Download 147,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish