Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar:
Badiiy asarni eng dastlabki baholash. Buning ijobiy va salbiy tomonlari. - Kitobdagi quvonchva iztiroblarni oquvchi oziniki
deb qabul qilsa, osha haqiqiy asardir [ O.Hoshimov]
Haqiqatdan ham,har qanday chinakam badiiy asar bilan tanishish oquvchida badiiy asarga nisbatan muayyan munosabat uygotadi, osha asar qahramonlari bilan birgalikda yashaydi. Ular yiglasa yiglaydi. Badiiy tasvirni oqir ekan , undagi qahramon va vaziyat larga ozining dastlabki bahosini beradi .Demak, badiiy asarni baholash tushunchasiga shunday ta/rif bersak boladi- asarnihg qiymati ,kamchilik –nuqsoni /yutuqlari,qahramonlari ,qahramonlarning hatti-harakatlariga qarab salbiy va ijobiyga ajratib hukm chiqara olish qobiliyatidir
Badiiy asarni dastlabki baholashning salbiy va ijobiy tomnlari mavjud. Ayrim badiiy asarlarda muallifning fikri sirtida turmaydi ,balki ichida yashirin boladi . shunday asarlarda dastlabki baho xato bolishi mumkin. YOdda tutish kerakki, badiiy asardagi baholash-aksiologik yondashuvi ko‘pchilik hollarda ochiq hukm yo‘sinida bo‘lmaydi. YUksak san’at namunasi bo‘lmish ko‘pchilik adabiy bitiklarda baholash munosabati shu qadar sezilmas qilib yashirib qo‘yiladiki, timsollarning o‘ylari va xattiharakatlari tizimidagi yaxshi-yomonni payqash uchun o‘qirmandan fikran qattiq zo‘riqish, astoydil izlanish talab etiladi. Muallif badiiy asarida o‘zini panaga olgan, pozitsiyasini ochiq aytishdan tiyilgan, o‘qirmanga iste’molchi emas, balki interfaol ijodkor tarzida yondashilgan holatlarda aksiologik baho zimdan beriladi. Muallifning nuqtai nazari badiiy yaratiqning sirtida turmaydi, balki asarning ichki to‘qimasiga singdirib yuborilgan bo‘ladi.
2. Badiiy asarni jamoaviy baholash. – haqiqiy chinakam badiiy asar xalq qalbiga chuqur singib ketadi. SHuni ham unutmaslik lozimki, har qanday badiiy asarning o‘zi avval boshdanoq baholash munosabati natijasi o‘laroq dunyoga keladi. Zero, adabiy yaratiq munosabatning farzandidir. Har qanday badiiy asar ijodkorda borliq yoki inson ruhiyatining ko‘rinishiga doir muayyan munosabat paydo bo‘lishi natijasida tug‘iladi. SHuning uchun ham adabiyotni qadriyatlarni baholash kechimining estetik namoyon bo‘lish yo‘sini desa ham bo‘ladi. Ijodkorning tasvirga olingan voqelik, odamlar yoki ruhiy holatlarga bo‘lgan munosabati badiiy asarning butun to‘qimasi va tarkibiy tuzilmasiga singib ketadi. Har qanday chin badiiy yaratiq baholash va munosabat bildirishning murakkab va adoqsiz zanjiridan iboratdir.
3. Adabiy jarayon bahosi. – adabiy jarayon bahosini bilishdan oldin adabiy jarayon tushunchasiga tarif keltirib o’taylik. Adabiy jarayon tushunchasi –adabiyotning tarixan mavjudligini , uning ma’lum bir davrda ham , butun millat tarixida ham ishlashini ,evolutsiyasini bildiradi. Adabiyot insonga ma’lum bo’lgan vaqtini aniq lashtirishga yordam beradi.Demak adabiy jarayon bahosi deganda ma’lum bir davrdagi adabiyot bahosi tushuniladi.Masalan,hozirgi adabiy jarayon bahosi. Adabiyot ezgu insoniy tuyg‘ular to‘planadigan manzil sifatida odamning olamni va o‘zini anglashiga xizmat qilibgina qolmay, balki bir mamlakat odamlari yoxud turli mamlakatlarning xalqlari orasidagi muomala-muloqot, aloqaaralashuvning eng samarali vositasi, butun bashariyatning o‘ziga xos umumiy tili ham hisoblanadi. Adabiyotsiz odamlararo munosabatlarning to‘la bo‘lishi amalga oshmaydigan yumushdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |