19-modda. Litsenziya shartnomasi
Litsenziya shartnomasi litsenziyalovchi organ va litsenziatning o‘zaro huquqlari va majburiyatlarini belgilovchi hujjatdir.
Litsenziya shartnomasi quyidagilarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim:
shartnomani imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi, lavozimi;
taraflarning rekvizitlari;
amalga oshirilishi uchun litsenziya berilayotgan faoliyat turining nomi;
litsenziatga qo‘yiladigan litsenziya talablari va shartlari;
Oldingi tahrirga qarang.
cheklangan amal qilish muddatiga beriladigan litsenziyalar uchun — litsenziyaning amal qilish muddati;
(19-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 4-apreldagi O‘RQ–28-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 14-son, 110-modda)
litsenziya shartnomasining talablari va shartlarini buzganlik uchun taraflarning javobgarligi;
litsenziya shartnomasining talablari va shartlarini litsenziat qanday bajarayotganligining litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilinishi tartibi;
faoliyatning ayrim turini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga muvofiq boshqa ma’lumot.
Litsenziya shartnomasi ikki nusxada — litsenziat hamda litsenziyalovchi organ uchun bittadan nusxada tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |