Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish



Download 28,85 Kb.
bet22/27
Sana11.01.2022
Hajmi28,85 Kb.
#345608
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
MIFT закон

22-modda. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish

Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda to‘xtatib turilishi mumkin:

litsenziat litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlarini buzganligi aniqlanganda;

litsenziyalovchi organning aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini litsenziat zimmasiga yuklovchi qarori litsenziat tomonidan bajarilmaganda.

Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish litsenziyalovchi organ yoki sud tomonidan amalga oshiriladi. Litsenziyaning amal qilishi litsenziyalovchi organ tomonidan o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga, sud tomonidan esa o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga to‘xtatib turilishi mumkin.

Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori litsenziatga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay yetkaziladi. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi sud qarori litsenziatga va litsenziyalovchi organga qonunchilikda belgilangan muddatlarda yetkaziladi.



(22-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Litsenziyalovchi organ yoki sud litsenziat litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun muddat belgilashi shart. Bunda litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun sud qarorida belgilangan muddat olti oydan ko‘p bo‘lishi mumkin emas.

Litsenziat litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etgan taqdirda, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qilgan litsenziyalovchi organ yoki sud ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi tasdiqnomani olgan kundan e’tiboran litsenziyaning amal qilishini tiklash to‘g‘risida uch kun muddat ichida qaror qabul qilishi shart.

(22-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)

Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Sud litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishni asossiz deb topgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javobgar bo‘ladi.

Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va tiklash to‘g‘risidagi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida, shuningdek litsenziyalovchi organning rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi kerak.

(22-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)

(22-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 405-modda)


Download 28,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish