Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish



Download 28,85 Kb.
bet20/27
Sana11.01.2022
Hajmi28,85 Kb.
#345608
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27
Bog'liq
MIFT закон

20-modda. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish

Yuridik shaxs bo‘lmish litsenziat o‘zgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tganidan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga, ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.



(20-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)

Jismoniy shaxs bo‘lmish litsenziat familiyasi, ismi va otasining ismi yoki turar joyi o‘zgargan taqdirda, litsenziat qayta ro‘yxatdan o‘tganidan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga, ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.



(20-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 7-sentabrdagi O‘RQ-292-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 36-son, 363-modda)

Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida faoliyatning ayni bir litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega yuridik shaxslar bo‘lmish litsenziatlar qo‘shib yuborilgan taqdirda, litsenziyani ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.

Litsenziyaning amal qilishi litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun tugatilgan taqdirda, litsenziya qayta rasmiylashtiriladi.

(20-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-sonli Qonuniga asosan uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)

Hujjatlar litsenziat tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziatning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.



(20-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar litsenziat unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.



(20-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)

Litsenziya qayta rasmiylashtirilganda litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi, tegishli hujjatlar ilova qilingan holdagi arizani olgan kundan yoki litsenziyaning amal qilishini litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida amalga oshiriladi.



(20-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)

Litsenziya qayta rasmiylashtirilganda litsenziya da’vogarining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi litsenziyalovchi organ hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.

Litsenziyalanadigan faoliyatni ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlaridagi talablarni buzgan holda amalga oshirish faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanganlik uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.

(20-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Litsenziyani qayta rasmiylashtirish tartibi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlar bilan belgilanadi.



(20-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-sonli Qonuniga asosan o‘ninchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)


Download 28,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish