Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilish



Download 28,85 Kb.
bet16/27
Sana11.01.2022
Hajmi28,85 Kb.
#345608
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
Bog'liq
MIFT закон

16-modda. Litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilish

Litsenziya da’vogarining arizasini barcha zarur hujjatlar bilan birga olgan kundan e’tiboran o‘ttiz kundan oshmagan muddat ichida litsenziyalovchi organ namunaviy (oddiy) litsenziya berish haqida yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Namunaviy (oddiy) litsenziya berish haqida yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilishning eng kam muddatlari faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarda belgilab qo‘yilishi mumkin.

Litsenziyalovchi organ, zarur holda, o‘z mablag‘lari hisobidan tegishli xulosalarni tayyorlash uchun ekspertlarni shartnoma asosida jalb etishga haqli.

Litsenziyalovchi organ litsenziya da’vogarini qabul qilingan qaror to‘g‘risida mazkur organ tegishli qarorni qabul qilganidan keyin uch kun ichida xabardor qilishi shart.

Litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilingani haqidagi xabarnoma litsenziya da’vogariga yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda, bank hisobvarag‘i rekvizitlari va davlat bojini to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi).



(16-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)

Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnoma litsenziya da’vogariga yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda, rad etishning sabablari va litsenziya da’vogari ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf qilib, hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun takror taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak.



(16-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)

Agar litsenziyalovchi organ litsenziya berish yoxud litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish muddati davomida litsenziya berish haqida yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida yoxud litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish haqida yoki uning amal qilish muddatini uzaytirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilmasa, ko‘rsatilgan muddat o‘tganidan so‘ng litsenziya da’vogari arizada ko‘rsatilgan faoliyat turini amalga oshirish huquqiga bu haqda litsenziyalovchi organni yozma ravishda xabardor qilgan holda ega bo‘ladi.

Ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilgan holda litsenziyalovchi organ litsenziya da’vogarining yozma xabari olinganidan keyin besh ish kuni ichida unga litsenziya berishi yoki litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirishi shart. Taqdim etilgan hujjatlarning ular qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan ro‘yxati hamda litsenziya da’vogari tomonidan litsenziyalovchi organga yuborilgan yozma xabar litsenziya olinguniga qadar litsenziyaga tenglashtiriladi va shunday faoliyatni amalga oshirish uchun asos bo‘ladi. Bunda litsenziya da’vogari litsenziyasiz faoliyat bilan shug‘ullanganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas.

(16-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-oktabrdagi O‘RQ-494-sonli Qonuniga asosan yettinchi va sakkizinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son)

Litsenziya da’vogari litsenziya berish rad etilishi uchun asos bo‘lgan sabablarni bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish litsenziya da’vogarining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan e’tiboran o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi. Litsenziya da’vogarlarining arizalarini takroran ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im undirilmaydi.

Litsenziya da’vogarining arizasini takroran ko‘rib chiqishda litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ilgari ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Litsenziya da’vogarining litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tganidan keyin berilgan arizasi yangidan berilgan deb hisoblanadi.



(16-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuniga asosan yettinchi, sakkizinchi va to‘qqizinchi qismlarga almashtirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)

Litsenziya da’vogari davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etgan taqdirda hamda u litsenziya shartnomasini imzolaganidan keyin litsenziya beriladi.

Agar litsenziat unga litsenziya berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingani haqidagi xabarnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan e’tiboran uch oy ichida litsenziyalovchi organga litsenziya berganlik uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan yoki litsenziya shartnomasini imzolamagan bo‘lsa, litsenziyalovchi organ mazkur litsenziyani bekor qilishga haqli.


Download 28,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish