Faoliyat psixologiyasi



Download 136 Kb.
bet4/5
Sana28.02.2021
Hajmi136 Kb.
#60750
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavlyankulova M. Pedagogika va Psixologiya MT 2.

f yatyaratadi. .,., • : ; :`;`..

Ta`lim insonning hayot mobaynidagi eng murakkab faoliyatlari-dan biridir. Faoliyatning alohida turi bola hayotida sodir bo`ladigan vaqt ham yetib keladi. Bu maqsadi bevosita muayyan axborotlarni, harakatlarni, xulq-atvor shakllarini o`zlashtirishga qaratilgan faoliyat-dir. Subyektning o`rganishni o`ziga maqsad qilib olgan bunday o`ziga xos faoliyati ta`lim deb ataladi. U quyidagilardan tarkib topadi:

-ideal va amaliy faoliyatning^uyoki bu turini muvaffaqiyatli tashkil etish uchun zarur bo,`Igan tasbqi damning ahamiyatli xossalari xususidagi axborotlarning o`zlashtirilishi (bu jarayonning mahsuli bilimlardir);

-faoliyatning ana shu barcha turlari tarkib topadigan usullar va jarayonlarning o`zlashtirilishi (bu jarayon mahsuli malakadir);

- qo`yilgan vazifa va ilgari surilgan maqsadga muvofiq keladigan usullar va jarayonlarni to`g`ri tanlash hamda nazorat qilish uchun ko`rsatilgan axborotdan foydalanish yoilarining egallanishi (bu jara­yon mahsuli ko`niktnalar hosil qilinishidir).

Shunday qilib, ta`lirn kishining harakatlari muayyan bilimlar. ma-lakalar, ko`nikmalarni o`zlashtirib olishga qaratilgan ongli maqsad bi­lan idora qilingan joydagina yuz beradi. Bundan ko`rinib turibdiki, ta`lim o`ziga xos insoniy faoliyatdir.

Hayvonlarda faqatgina o`rganish bo`lishi mumkin. Lekin odamda u faqait o`z xatti-harakatlarini anglab yetilgan yuksak xayoliy maqsad­ga (idealga) ko`ra yo`naltirish layoqatiga ega bo`lgandagina ta`lim faoliyati yuz berishi mumkin. Bunday layoqatning yetarli darajada rivojlanishiga faqat olti-yetti yoshga chiqqan paytga kelib, faoliyat­ning oldingi turlari - o`yin, nutq, amaliy xulq-atvor va shu kabilar ne-gizida shakllana borgan holda erishiladi.

O`quv faoliyatini shakllantirishning eng birinchi sharti bolada muayyan bilimlami, ko`nikma va malakalami o`zlashtirish uchun angldnilmagan motivlar tug`ilishi hisoblanadi.

Bularning hammasi qay tarzda, qanday vositalar bilan qanday ma-terialda va qaysi maqsadda bajariladi, qanday axborot ma`lum qilinadi va qanday harakatlar o`zlashtiriladi kabi masalalarning hammasi bilan alohida fan - pedagogika fani shug`ullanadi. Biroq bunda psixologiya liinining ham o`rni salmoqlidir.

O`quv faoliyati kishini ijtimoiy foydali faollik ko`rsatishning har xil turlari uchun zarur bilimlar, malakalar va ko`nikmalar bilangina qurollantirib qolmaydi. U kishida shuningdek, o`zidagi psixik jarayon-larni idora qilish, o`z xatti-harakatlari va operatsiyalarni tanlay bilish, nyushtirish va yo`naltira bilish malakalarini, bajarilayotgan vazifaga Bios keladigan ko`nikmalar va tajribani ham shakllantiradi, o`quv laoliyati shu tariqa kishini mehnatga tayyorlaydi.

Mehnat muayyan ijtimoiy foydali yoki hech bo`lmaganda jamiyat istc`mol qiladigan moddiy yoki ma`naviy mahsulotni ishlab chiqarish-|8 yo`naltirilgan faoliyat demakdir. Mehnat kishining eng yetakchi va asosiy faoliyatidir. Insoniyat agar mehnat qilishni to`xtatsa, u (tur sifa­tida) o`z hayot-faoliyati tugatgan bo`lar edi.

Shuning uchun ham mehnat faoliyatini kishining hayot kechirishi-ni, boshqa turlar ustidan g`alaba qozonishini hamda tabiat kuchlari va moddalaridan foydalanishini ta`minlovchi o`ziga xos turga oid xulq-alvor deb hisoblash mumkin. Jamiyatda har qanday mahsulotning ish­lab chiqarilishi, ayni paytda, mehnat qilish, uning mahsulini taqsim-lash, ayriboshlash va iste`mol qilish jarayonida odamlaming muayyan munosabatlarini ro`yobga chiqarish boiib ham hisoblanadi.

Shu tariqa kishi mehnat jarayonida bajaradigan harakatlar biologik ehtiyoj bilan emas, balki ilgari surilgan ishlab chiqarish maqsadi va bu maqsadni ro`yobga chiqarish jarayonida uning boshqa odamlarga nisbatan munosabatlari bilan belgilanadi. Bunday harakatlarni bajarish va boshqarish uchun axborotni qayta ishlashning oliy jarayonlaridan loydalanish va, eng avvalo, tasavvur va tafakkurni ishga solish zarur.

Yuqorida biz tanishib chiqqan faoliyat turlari o`z-o`zidan ro`y hcrmaydi. Shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy xulqi va o`zini qanday tuti-shi, egallagan mavqei ham o`z-o`zidan ro`y bermaydi. Faoliyatning amalga oshishi va shaxs xulq-atvorini tushuntirish uchun psixologiya-da «motiv» va «motivatsiya» tushunchalari ishlatiladi. «Motivatsiya» lushunchasi «motiv» tushunchasidan kengroq ma`no va mazmunga

cga.


Download 136 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish