Moddiy qadriyatlar –
|
Insoniyatning yashashi, mehnat qilishi uchun zarur bo’lgan, ijtimoiy, iqtisodiy talabini qondiradigan barcha turdagi narsalar va ashyolar yig’indisi.
|
Muallim –
|
Muayyan fan yuzasidan ta’lim berishga vakolatli, ta’lim – tarbiya bo’yicha oliy, maxsus tayyorgarlikdan o’tgan, pedagogik va psixologik bilim, ko’nikma, malakalarni va talab darajasidagi mahoratni egallagan, ta’lim-tarbiya, usul, vosita uslubi asosida o’z metodikasi, ishlash qobiliyatiga ega ma’naviy etuk shaxs.
|
Muammo –
|
Ilmiy bilishni rivojlantirish zarurligini ifodalashning sub’ektiv shaklidir. U muammoli vaziyatning, ya’ni jamiyat rivojlanishi jarayonida bilish va bilmaslik o’rtasida ob’ektiv ravishda vujudga keladigan ziddiyat.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |