Ijtimoiy ta’minot: tushunchasi va maqsadi1. Ijtimoiy ish - ijtimoiy ta’minotning, ijtimoiy ko`makka va madadga muhtojlarga ijtimoiy yordam berish bilan amaliyotidagi shakli hisoblanadi. U samarali bo`lishi uchun ijtimoiy ishchi odamarning muammolarini tushuna olishi va shu bilan birgalikda ularni texnogen qo`llay olishi kerak.
Bizning industrial, murakkab va tez o`zgruvchan jamiyatimizda sarflangan moddiy mablag`lar, kishilarning muxtojliklardan xolos bo`lishi, ijtimoiy yordam ko`rsatish tomonidan qaralganda ijtimoiy ta’minot sohasidagi faoliyati muhim funksiyaga aylanadi.2
Ijtimoiy ishning nisbatan umumiyroq ta’rifi – bu individ, guruh yoki jamoa hayotida pozitiv o`zgarishlarni amalga oshiruvchi, ijtimoiy ko`makni amalga oshirish faoliyati.
Ijtimoiy ko`mak nima? Keng ma’noda aytganda ijtimoiy ta’minot tushunchasi aholini xotirjamligini ta’minlashga yo`naltirilgan barcha tashkiliy muammolarni o`z ichiga oluvchi faoiyat. U o`z ichga ta’lim, sog`liqni saqlash, reablitatsiya, kattalar va bolalarga ijtimoiy himoya, ijtimoiy ko`mak, ijtimoiy sug`urta, kishilarga moddiy yoki ma’naviy xizmat ko`rsatish, psixoterapiya, konsultatsiya va aholini xotirjamligini ta’minlovchi boshqa barcha sohalarni oladi. Bu holatda ijtimoiy ish va ijtimoiy ta’minot tushunchalari turlicha ma’nolarni anglatadi3.
Ijtimoiy ish ensiklopediyasida P.Nelson Reyd (Reid 1995) ijtimoiy ta’minotni inson faoliyati va borlig`i, muxtojlik va tajovuzkorlikda aqliy xavfsizlikni ta’minlab berish uchun kerak bo`ladigan jamiyat deb ta’riflaydi. Individual xizmatlarni adolatlilik bilan baholaydigan jamiyat iqtisodiy samarador va stabil hisoblanadi. Ijtimoiy ta’imot g`oyasi kishilik jamiyati shakllanishi va boshqarilishi, ishlab chiqarishi va xizmat ko`rsatishi mumkinligiga asoslanadi, shuning uchun bu maqsadga yo`naltirilgan va ma’nan boyitilgan jamiyatni rivojlantirishni oxirigacha olib borish kerak.4
Avrora Universiteti Jorj Uilyams Kolledji (AQSH Viskonsin shtati) professori Charlz Zastrov yozishiga ko`ra: «Ijtimoiy ish odamlarning kishilar, ularning oilalari, guruhlari, tashkilotlari va birlashmalariga yordam berish jarayonida ularning shaxsiy, umuminsoniy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy potensialini ularning hayot faoliyatidagi sharoitlarini yaxshilash hisobiga huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.
Ijtimoiy ishchilar mijozlarni sharoitini tushunish, tanlov qilish, o`z tanloviga javobgarlikni zimmasiga olish va ularning hayotiga tashkilot va targ`ibot ko`rinishida ularga ta’sir qilish uchun potensialini kuchaytirishga intiladilar. Ijtimoiy ishchilar shuningdek, jamiyatdagi turli guruhlar orasida resurslar va kuchlarni adolatli taqsimlay olishga intiladilar. Bu kabi ijtimoiy odillikka berilgan urg`u ijtimoiy ish kasbining farqli jihatlaridan biri hisoblanadi. Ayni ushbu ishda asosiy e’tiborga olingan kishilar huquqi konsepsiyasiga qaratilgan katta e’tibor ijtimoiy ishning asosiy urg`usi bo`lib sahnaga chiqmoqda».5
Farqli tomoni shundaki, ijtimoiy ish – bu, kasb, fan va ta’lim beruvchi alohida fan sohasi, ijtimoiy ta’minot esa – keksalikda, kasal bo`lganda, mehnatga layoqadlilikni to`liq yoki qisman yo`qotganda, boquvchisini yo`qotganda, shuningdek “farzand”li oilali fuqarolarga moddiy ta’minot va xizmat ko`rsatish sistemasi sifatida qaraladi.
Ijtimoiy ta’minotning maqsadi shundan iboratki u jamiyatdagi barcha kishilarning ijtimoiy, iqtisodiy, sog`liqni saqlash va boshqa ta’minlanmagan ehtiyojlarini qondirishdan iborat. Ijtimoiy ta’minot barcha yoshdagi guruhlarni, boy va kambag`allarni ijtimoiy faoliyat yuritishini kengaytirishga yo`naladi. Bizning jamiyatimizda ijtimoiy ta’minotni amalga oshirish va ijtimoiy ta’minotni faoliyatini boshqarish zarur ijtimoiy institut sifatida qaraladi, bilamizki bozor iqtisodiyoti va oilani shakllantirish hozirgi kunda kishilar va kishilar guruhining aosiy ehtiyojlarini qondirishga yo`naltiradi.
Bizning jadal o`zgarib borayotgan jamiyatimiz – ijtimoiy nochorlikni va uysizlar soni, jinoyat darjasini ortishi, davriy energetik tanqislik, terrorizm, biz yashab turgan muhitni buzilishi kabi yangi muammolarni keltirib chiqarmaslik kerak.
Ijtimoiy ta’minot sohasidagi faoliyat bu:
Farzandli ota-onalarni uy joy bilan ta’minlash;
Alkogol yoki narkotik moddalarga ruju qo`ygan bemorlarni reablitatsiya qilish;
Emotsional qiyinchilikka ega bo`lgan odamlar bilan ishlash;
Ko`pgina keksa odamlar uchun yashash sifatini yaxshilash;
Jismoniy yoki aqliy layoqatsiz kishilarni reablitatsiya qilish maqsadida professional-texnik xizmat ko`rsatish;
Kambag`allarning moddiy ehtiyojini ta’minlash;
Jinoiy ish sodir qilgan o`smirlar va kattalarni reablitatsiya qilish;
Tahqirlash va zulm o`tkazishning barcha ko`rinishlarini yo`qotish.
Do'stlaringiz bilan baham: |