Ijtimoiy faoliyat belgilari: onglilik, samaralilik, ijtimoiylik
Ijtimoiy ish faoliyati quyidagi uch shaklda namoyon bo‘ladi:
ilmiy
ta’limiy
amaliy
IJTIMOIY ISH MAZMUNI IKKI HOLATDA IZOHLANADI
Tor ma’noda ijtimoiy ish – insonlar, tashkilotlarga muammo, qiyinchiliklarni (shaxsiy, ijtimoiy va holatiy) anglashga, ularni himoyalash, qo‘llab- quvvatlash, to‘g‘ri yo‘naltirish va qayta tiklash orqali yengib o‘tishga yordam beruvchi faoliyat hisoblanadi.
Keng ma’noda ijtimoiy ish - alohida shaxslar, aholi ijtimoiy qatlam va guruhlarning ijtimoiy muammolarini yechishga, insonlarni ijtimoiy vazifalarini bajarishiga bo‘lgan qobiliyatlarini qayta tiklash va yaxshilashga samarali ta’sir etuvchi shart-sharoitlarni yaratishga yo‘naltirilgan faoliyatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |