Nazariy tadqiqot metodlaridir:
Aksiomatik metod—ilmiy nazariya tuzish usuli. Bunda uning asosiga
ayrim dastlabki qoidalar-aksiomalar qo ‘yiladi va nazariyaning qolgan
barcha g'oyalari mana shu aksiomalardan sof mantiqiy y o ‘1 bilan
isbotlash orqali keltirib chiqariladi. Aksiomalardan teoremalami
(umuman, bir formuladan boshqa formulalami) keltirib chiqarish uchun
maxsus qoidalar ta’riflanadi. Binobarin, aksiomatik metodda isbotlashhar
biri yo aksioma boigan, yo oldingi formulalardan maium qoidaga
binoan keltirib chiqariladigan formulalaming ma’lum ketma-ketligi.
Aksiomatik metod-olingan ilmiy bilimni tizimga solish usullaridan biri.
Uning amalda qoilanishi cheklangan, chunki uni faqat aksiomalashtirilgan
mazmun nazariyasining rivojlanish darajasi juda katta boigan
holdagina qoilash mumkin. Mashhur fransuz fizigi Lui de Broylning
ta’biri bilan aytganda, ≪aksiomatik metod tasniflash yoki taiim
berishning yaxshi metodi bo’lishi mumkin, ammo u kashf etish metodi
bo’la olmaydi≫.
Gipotetik-deduktiv metod - bir-biri bilan deduktiv bog‘liq b o ‘lgan
gipotezalar tizimini yaratishni nazarda tutadi. Mazkur gipotezalardan
pirovard natijada empirik dalillar to‘g‘risida xulosalar chiqariladi. Ushbu
metod gipotezalardan va haqiqiy ma’nosi ma’lum boimagan boshqa
farazlardan xulosalar chiqarishga (deduksiyaga) asoslanadi. Binobarin,
mazkur metod yordamida chiqarilgan xulosa muqarrar tarzda ehtimoliy
xususiyatga ega boiadi.
Gipotetik-deduktiv metodning umumiy tuzilishi:
- nazariy tushuntirishni taqozo etuvchi material bilan tanishish va
mavjud nazariyalar, qonunlar yordamida nazariy tushuntirishga harakat
qilish. Agar buning iloji boimasa:
- turli-tuman mantiqiy usullar yordamida mazkur hodisalaming
sabab va qonuniyatlari to‘g‘risida faraz (gipoteza, taxmin)lar qilish;
- farazlarning asosliligi va jiddiyligiga baho berish va ulaming
orasidan haqiqatga eng yaqinini tanlab olish;
- gipotezadan oqibatlami (odatda, deduksiya yoii bilan) keltirib
chiqarish va uning mazmuniga aniqlik kiritish;
- gipotezadan keltirib chiqarilgan oqibatlami tajribada tekshirish. Bu
yerda gipoteza yo tajribada isbotlanadi, yo inkor etiladi. Ammo ayrim
oqibatlaming isbotlanganligi gipotezaning haqiqiyligini (yoki
soxtaligini) kafolatlamaydi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, eng yaxshi
gipoteza nazariyaga aylanadi.
Matematik gipotezani gipotetik-deduktiv metodning turi deb
hisoblash mumkin. Bu yerda ilgari maium boigan va tekshirilgan
holatlaming takomillashtirilgan ko‘rinishlarini ifoda etuvchi ma’lum
tenglamalar gipoteza vazifasini bajaradi. Ilgari ma’lum bo‘lgan va
tekshirilgan holatlar o‘zgartirilib, yangi hodisalarga taalluqli bo‘lgan
gipotezani ifodalovchi yangi tenglama tuziladi. Gipotetik-deduktiv
metod (aksiomatik metod singari) kashf etish metodidan ham ko‘ra
ko‘proq ilmiy bilimni tuzish va asoslash metodi hisoblanadi, chunki u
yangi gipotezaga qanday yo‘l bilan kelish mumkinligini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |