56.Ilmiy bilishda hissiylik.
Sezgilar va bilimning o‘zaro nisbati haqidagi masala xususida falsafa tarixida ikki nuqtai nazar – sensualizm va ratsionalizm mavjud bo‘lgan. Birinchi nuqtai nazarga ko‘ra, haqiqatning tagiga yetishning birdan-bir manbai va vositasi sezgilar hisoblanadi. J.Lokk sensualizm tarafdori bo‘lgan.
Jon Lokk (1632 – 1704) –bilishning empirik nazariyasi asoschisi, liberal ijtimoiy-siyosiy konsepsiya muallifi. Eng muhim asarlari: «Inson bilimi haqida tajriba», «Davlatni boshqarish haqida ikki risola», «Tarbiya haqida ayrim fikrlar» va h.k.
.
|
Ikkinchi nuqtai nazar tarafdorlari (Dekart, Leybnis, Gegel) fikriga ko‘ra, umumiy va zaruriy haqiqatlar faqat tafakkurning o‘zidan olinishi mumkin.
Ikkala nuqtai nazar ham tor, bir yoqlamadir. Bilish faoliyatining rivojlanish jarayoni hissiylik va ratsionallik bir-biri bilan bog‘langan va bir-birini taqozo etishini, o‘z faoliyat va rivojlanish jarayonida ular bir-biriga o‘tishini ko‘rsatdi.
Ammo hissiy va ratsional bilishning yagonaligi ularning har birini o‘zining alohida ichki xususiyatlaridan mahrum etmaydi. Inson o‘zini qurshagan dunyo bilan o‘zaro aloqaga kirishganida uning sezgi organlari faoliyati hissiy bilish deb ataladi. Hissiy bilishning o‘ziga xos xususiyati uning konkretligi va predmetli xususiyatida namoyon bo‘ladi. Hayot faoliyati jarayonida insonning sezgi organlari signal sistemasi sifatida amal qiladi. Uning yordamida inson mazkur mehnat jarayoni amalda mavjud bo‘lgan qaysi narsalar majmui bilan o‘zaro aloqada yuz berayotgan bo‘lsa, ayni shu narsalar majmuiga nisbatan konkret vaziyatga qarab mo‘ljal oladi. Bunda hissiy bilish biron-bir umumiy bilim bermaydi, lekin konkret amaliy vazifalarni yechishda kishilar maqsadga muvofiq ish ko‘rishlari uchun imkoniyat yaratadi. Hissiy bilishning asosiy shakllari – sezish, idrok etish va tasavvur qilish. Hissiy bilish bizni o‘zimizni qurshagan dunyo bilan bevosita bog‘laydi. U ko‘rgazmali xususiyat kasb etadi. Hissiy bilish hodisalar yuzasida nimalar yotishini, narsalarning, odatda, o‘zgaruvchan va tasodifiy bo‘lgan yuzaki tomonlarini aks ettiradi. Ammo inson samarali faoliyat ko‘rsatish uchun barqaror, zaruriy tomonlar va aloqalarni aks ettiruvchi bilimlarga muhtoj bo‘ladi. Hissiy bilish bunday bilimlarni bermaydi. Shunda inson tashqi dunyoni aks ettirishning oliy turi – nazariy yoki oqilona bilishga kirishadi.
Oqilona bilishda inson abstraksiya yordamida hodisalar va jarayonlarning ikkinchi darajali jihatlarini mavhumlashtiradi, ya’ni tashqi dunyoni va insonning o‘zini belgilovchi aloqalar, bog‘lanishlar va o‘zaro aloqani anglab yetadi. Hissiy bilishdan farqli o‘laroq, oqilona bilish bilvosita, umumiy xususiyat kasb etadi. Ratsional bilish shakllari tushuncha, muhokama va aqliy xulosalardir. Ratsional bilish dunyoni bilishning tomonlaridan biri sifatida aql va tafakkur ko‘rinishida mavjud bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |