82
ammo o„zi ilmga chanqoq, dunyo bilan muloqotga kirishishga ishtiyoqmand
xalqimiz, tabiiy, bunday o„quv markazlariga murojaat qildi. Lekin o„qish
jarayonida, “o„qituvchi”lari asosan missionerlardan iborat ekani ma‟lum bo„ldi.
Iso alayhissalomning hurmat ila nomlanishi O„zbekiston hududida yashovchi
turli millat va din vakillarining totuvlik an‟analarida ham o„z aksini topgan. Ming
yillarni qamrab oluvchi tariximizda dinlararo birorta nizo yuzaga kelib
chiqmaganligining o„zi tinchlikparvar o„zbek xalqining diniy e‟tiqodi, urf-odatlari
va an‟analaridan dalolatdir.
Lekin ittifoqlik va o„zaro hurmat bilan yashash boshqa narsa, musulmonlarni,
ayniqsa yoshlarni o„z e‟tiqodidan boshqa tomonga burish butkul boshqa narsa,
g„arazli niyat bilan diyorimizga kirib keladigan va o„rtadagi ittifoqlikka rahna
soladigan
missionerlarga,
ekstremistlarga
qarshi
kurash
hammamizning
vazifamizdir. Maqsadimiz hamyurtlarimizni to„g„ri yo„lga da‟vat qilish,
diyorimizda mavjud bo„lgan nasroniy dini ahllariga samimiylik bilan munosabatda
bo„lish odobini o„rgatish, shu bilan birga nasroniy dinini ko„r-ko„ronalik bilan
qabul qilmaslik, aldov va pul tuzog„iga ilinmaslikni tushuntirishdir.
Ongli musulmon kishining subutsizlik qilishi qiyin. Chunki Kur‟oni karim
bilan Injilni o„qir ekan, har bir insonning Islomga ixlosi va e‟tiqodi yanada oshadi.
Bu qandaydir zo„ravonlikka emas, balki ilm, mantiq va adolatga asoslangan din
ekanligiga iymon keltiradi. Bu jihatdan biz musulmonlarning Injil, Tavrot va Zabur
bilan tanishuvimiz joizdir...
Ammo bu yerda alohida diqqat qilinishi lozim bo„lgan shunday muammo
borki, buni aslo unutib bo„lmaydi. Chunonchi, ba‟zi-bir savodsiz yoki chalasavod
kishilar da‟vo qilayotgani singari Qur‟on, Tavrot, Injil va Zabur aynan bir kitob
emas. Garchi ular orasida mushtarak fikr, talqin, da‟vat, o„git va tarixiy rivoyatlar
bo„lsa ham. Bosh tafovut shundaki, Qur‟oni karim tavhidga, ya‟ni Xudoning biru
borligiga asoslanadi. Bas, Qur‟oni karimni dilga jo qilmay turib, bo„lak g„ayridiniy
ishlar bilan tanishish kishini chalg„itib qo„yishi mumkin. Bir talay odamlar orasida
milliy mansublikdan ko„ra nasroniy madaniyatiga moyillik hech kimga sir emas.
Ro„y-rost aytish kerak, Injilni zahmat chekib o„zbekchalashtirgan xorijiy
vatandoshlarimizning bosh maqsadi mana shu (moyillikdan unumli foydalanish) va
bundan ming marotaba xushyor bo„lishimiz darkor. Biri-biri bilan o„zaro murosa
qila olmaydigan, murosa qilishi mumkin bo„lmagan moddiyunchilik bilan
nasroniylikning maqsadi bir-biriga yaqin: turli yo„llar bilan mahalliy xalqlarning
nafsoniyatini yerga urib, ularni xristianlashtirishdan iborat. Ularda e‟tiqod birligi
emas, maqsad birligi bor. Shuning uchun biz har ikkalasining ham niyatidan hazar
qilmog„imiz va ehtiyot bo„lmog„imiz zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: