75
Vijdon erkinligi qandaydir bir mavhum tushuncha emas, u albatta ma‟lum
ijtimoiy vaziyatda namoyon bo„ladi. Shuning uchun uni konkret tarixiy, ijtimoiy
sharoitsiz, ob‟ektiv va sub‟ektiv omillarsiz tasavvur qilish qiyin. Bundan tashqari
“vijdon erkinligi” tushunchasini ilmiy talqin qilishda milliy, mafkuraviy va
madaniy omillarni ham albatta nazarda tutish kerak.
Mustaqillik, yangilanish jarayoni hamma sohalar kabi vijdon erkinligi, davlat
va din, dinga ishonuvchilar va ishonmaydiganlar o„rtasidagi munosabatlar sohasini
ham o„z ichiga oldi.
Binobarin, O„zbekiston Respublikasi qonunchiligida asrlar
osha qaror topgan vijdon erkinligiga yuksak va samimiy hurmat ifodalangan. 1992
yilda qabul qilingan O„zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 31-
moddasida har bir fuqaro uchun vijdon erkinligi huquqi kafolatlanadi.
Shuni mamnuniyat bilan qayd etish lozimki, keyingi yillarda davlat bilan
diniy tashkilotlar o„rtasidagi o„zaro munosabatlarda juda katta o„zgarishlar sodir
bo„lmoqda. Dinning jamiyatdagi o„rni tiklanmoqda. Diniy uyushma va
tashkilotlarning faoliyat ko„rsatishlariga imkoniyat yaratilmoqda.
Qator tarixiy
obidalar diniy tashkilotlar ixtiyoriga o„tkazildi, yangi masjidlar ochilmoqda. Diniy
tashkilotlarning xalqaro aloqalari kun sayin kengayib bormoqda.
Mustaqillik yillarida vijdon erkinligi prinsiplarini tiklash va unga og„ishmay
amal qilish davr, kundalik hayot talabi va zaruriyatiga aylanib qoldi. 1991 yilda
O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar
to„g„risida”gi qonunni qabul qildi. 1998 yilda bu qonunning yangi tahriri qabul
qilinib, 15 may kuni matbuotda e‟lon qilindi va shu kundan e‟tiboran u kuchga
kirdi.
Mazkur Qonun 23 moddadan iborat. Uning 1-moddasida
ushbu qonunning
maqsadi nimalardan iborat ekanligi ochiq va ravshan bayon etilgan: “Ushbu
Qonunning maqsadi har bir shaxsning vijdon erkinligi va diniy e‟tiqod huquqini,
dinga munosabatidan qat‟inazar, fuqarolarning tengligini ta‟minlash, shuningdek
diniy tashkilotlarning faoliyati bilan bog„liq munosabatlarni tartibga solib
turishdan iborat”.
Qonunning 3-moddasi vijdon erkinligi huquqi haqida bo„lib, unda har bir
fuqaro dinga munosabatini o„zi mustaqil aniqlashi, u har qanday dinga e‟tiqod
qilish yoki hech qanday dinga e‟tiqod qilmaslik huquqiga ega ekanligi va bu huquq
esa O„zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
tomonidan kafolatlanajagi
ta‟kidlandi.
4-moddada fuqarolarning dinga munosabatlaridan qat‟inazar, teng huquqliligi
haqida so„z boradi. Rasmiy hujjatlarda fuqaroning dinga munosabati ko„rsatilishiga
yo„l qo„yilmasligi ta‟kidlanadi.
Vijdon
erkinligi
haqidagi
qonunning
5-moddasida
O„zbekiston
Respublikasida din va diniy tashkilotlar davlatdan ajratilganligi ko„rsatilgan. Bu
degani davlat diniy masalalar bilan shug„ullanmaydi, diniy tashkilot va diniy
boshqarma ishlariga aralashmaydi. Din va diniy tashkilotlar ham davlat ishlariga
aralashmasligi lozim. Lekin diniy tashkilotlar jamoat ishlarida ishtirok etish
huquqiga egadirlar.
Shuningdek, mazkur moddada davlat turli diniy konfessiyalar o„rtasidagi
tinchlik va totuvlikni qo„llab-quvvatlashi, konfessiyalar o„rtasida adovatni avj
76
oldirishga, xususan, bir diniy konfessiyadagi dindorni boshqasiga kiritishga
qaratilgan xatti-harakatlarga, missionerlikka yo„l qo„ymasligi ta‟kidlangan.
Diniy tashkilotlarga O„zbekiston Respublikasida diniy xarakterga ega bo„lgan
Do'stlaringiz bilan baham: