Fanning ma‟ruza matni



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/57
Sana30.05.2022
Hajmi0,87 Mb.
#620568
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Bog'liq
Диншунслик маърузалар матни

tartibga solib, nazorat 
qiluvchilik - regulyatorlik
vazifasini bajaradi. Dinlar o„z urf-odatlarining, 
marosim va bayramlarining qavmlari tomonidan o„z vaqtida, qat‟iy tartibga amal 
qilgan holda bajarilishini shart qilib qo„yadi. 
Masalan, islomda kuniga 5 mahal namoz o„qilishi, har hafta juma namozini 
jome masjidlarida ado etilishi, Ramazon oyida bir oy ro„za tutilishi, ro„za iyd al-
fitr) va qurbon iyd al-adho) hayitlarining nishonlanishi musulmonlarning hayot 
tarzini tartibga solib turadi. 
To„rtinchidan, din 
aloqa bog„lashlik, birlashtiruvchilik - integratorlik
vazifasini ham bajaradi, ya‟ni har bir din o„z qavmlarining birligini, jamiyat bilan 
shaxsning o„zaro aloqadorlikda bo„lishini ta‟minlashga intiladi. Bunda u yoki bu 
dinga e‟tiqod qiluvchi kishilarning o„z dinidagi boshqa kishilar bilan aloqador 
ekanligi, o„zaro huquq va burchlarining borligi, urf-odat va ibodatlarni jamoa 
bo„lib bajarilishi lozimligi nazarda tutiladi. 
Beshinchidan, dinning 
integratorlik
vazifasi bilan 
legitimlovchilik - 
qonunlashtiruvchilik
vazifasi chambarchas bog„liq. Dinning bu funksiyasining 
nazariy asosini yirik amerikalik sotsiolog T. Parsons ishlab chiqdi. Uning fikricha, 
“har qanday ijtimoiiy sistema muayyan cheklovlarsiz mavjud bo„la olmaydi. 
Buning uchun u qonun darajasiga ko„tarilgan axloq normalarini ishlab chiqishi 
kerak. Din bunday normalarni qonunlashtiribgina qolmay, ularga bo„lgan 
munosabatni ham belgilaydi”. 
Oltinchidan, din vazifalarining 
falsafiy, nazariy
jihatlari ham mavjud. Bu 
vazifa insonga yashashdan maqsad, hayot mazmunini
dorulfano
va 
dorulbaqo
dunyo masalalariga o„z munosabatini bildirib turishidan iboratdir. 



Kishilik jamiyatida din doimo u bilan birga bo„lganmi yoki qandaydir davrda 
jamiyat dinsiz yashaganmi, degan savolga turli fikrlar bildirilgan. Bu - dinning 
tarixiyligi masalasi bo„lib, unga ikki xil javob berganlar. Birinchisi, marksistik 
ta‟limotning sobiq tarafdorlari fikricha, “qandaydir muddat insoniyat dinsiz 
yashagan va jamiyatning muayyan bosqichida - yuqori paleolit davrida, bundan 
20-40 ming yil avval din paydo bo„lgan”, deyilgan. Ikkinchisi, “dinning kelib 
chiqishi insoniyatning paydo bo„lishi bilan bevosita bog„liq”, degan fikrdir. 
Diniy tafakkurning shaxsiy yoki ijtimoiy ildizlari muammosini hal qilish bilan 
dinning kelib chiqishi muammosini hal qilish mumkin bo„ladi. E.Taylor kabi 
evolyusion yo„nalishdagi pozitivistlarning chiqargan xulosasiga ko„ra, dinning 
ildizini “faylasuflik qilgan yovvoyi odam”ga taqaydilar. Ya‟ni, “u o„z-o„ziga 
borliq, o„zini o„rab turgan olamning paydo bo„lishi va o„zi kuzatgan hodisalarning 
haqiqati haqida savol bergan. Unda fikrlash yuqori darajada bo„lmagan. Shundan 
so„ng unda ruhlar, xudolar, farishtalar haqida tasavvurlar paydo bo„lgan”. 
Dinning kelib chiqishi haqida yana bir nazariya mavjud: “
Birinchi yolg„onchi 
birinchi nodonni uchratganda
din paydo bo„ldi”. Bunda din yomon niyatli 
kishilarning o„ylab topgan narsasi bo„lib chiqadi. Bu ikkala nazariya ham hech 
qanday ilmiy asosga ega emas. 
Faylasuflik qilgan yovvoyi odam konsepsiyasi bo„yicha “ibtidoiy odam 
yolg„iz holdagi chuqur fikr yurituvchi bo„lgan. U o„z oldiga ulkan savollarni 
qo„ygan. Bu savollar uning kundalik hayotida kerak emas edi. Shuni ham 
unutmaslik kerakki, ibtidoiy odamning fikr yuritishi uning kundalik ishlab 
chiqarish faoliyati bilan bog„liq bo„lgan. Bu faoliyatning tabiati, shart-sharoitlari 
birgina odamga tegishli bo„lib qolmay, barchaga barobar, ijtimoiy gruppa, qabila, 
urug„, xalqqa tegishli edi”. 
Dinning kelib chiqishi “bir odam boshqalarni aldashi natijasida kelib 
chiqqan”, degan fikr ham tanqidga uchragan. Boshqa fikrga ko„ra, “din - bu 
jamiyatdagi kishilarning baravariga o„z-o„zini aldashi natijasida kelib chiqqan. 
Shuning uchun ham bu fikr egalari 
din ijtimoiy hodisadir
degan xulosaga kelish 
mumkin”, deydilar. 
Din insonning ruhiy dunyosi bilan chambarchas bog„liq bo„lib, uning ijtimoiy 
hayotida doimo u bilan birga bo„ldi. Shuning uchun ham dinni o„rganish - bu 
insoniyatni o„rganish demakdir. Dinni insoniyatdan, insoniyatni dindan ajratib 
bo„lmasligini tarixning o„zi isbotladi. “Kommunistik jamiyatda din yo„q bo„lib 
ketadi” deyilgan gapning aksicha kommunizm xayoliy narsa­yu, din doimiy 
ekanligi amalda isbotlandi. Demak, din insoniyat bilan birga dunyoga kelgan. 
Dinlar unga e‟tiqod qiluvchilarning soni, miqyosi, o„zining ma‟lum millat 
yoki xalqqa xosligi yoxud millat tanlamasligiga ko„ra turli guruhlarga bo„linadi: 
1.

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish