Fanning ma‟ruza matni



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/57
Sana30.05.2022
Hajmi0,87 Mb.
#620568
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   57
Bog'liq
Диншунслик маърузалар матни

Dafn etish jarayoni
. Ibtidoiy odam o„z qarindoshlarini ko„mishda maxsus 
marosimlar, ma‟lum tayyorgarlik udumlariga amal qilar edi: jasadni qizil mineral 
bo„yoq bilan qoplanar, uning yoniga kundalik ehtiyoj buyumlari, zeb-ziynatlar, 
asbob-anjomlar va h.k. qo„yilar edi. Bularning bari o„z jamoa a‟zolarini dafn 
etayotgan jamoa oxirat mavjud ekanligi haqida ibtidoiy tasavvurlarga ega 
bo„lganligidan dalolat beradi. 
Ov qilish. 
Bizga ma‟lumki, arxeologik izlanishlar jarayonida yer yuzining 
turli joylaridagi g„orlarda ibtidoiy odam tomonidan chizilgan rasmlar topilgan. 
Fanga ma‟lum bo„lgan bu g„orlardagi suratlarning ko„pchiligi ov sahnasi, odam va 
hayvonlarning tasvirlari, hayvon terisini kiygan odamlar, yarim odam va yarim 
hayvon qiyofasidagi mavjudot suratlaridan iborat. Bu suratlar dalolat qiladiki, 
ibtidoiy odamlar o„zlari va hayvonlar o„rtasidagi tabiiy va g„ayritabiiy aloqalar 
mavjudligi haqidagi tasavvurlarga ega edilar. Bu bilan birga marhum ajdodlarining 
ruhlari sehrli usullar bilan hayvonlar hulqiga ta‟sir etish imkoniyatiga ega deb bilar 
edilar. Bu tasavvurlar tiriklar bilan marhumlar o„rtasidagi vositachilar, ya‟ni har xil 
turdagi sehrgarlar va shamanlar faoliyatining kelib chiqishiga sabab bo„ldi. 
Ibtidoiy odam hayoti haqidagi tasavvurlarimizga ko„ra, uning hayotida kelib 
chiqqan diniy tasavvurlar quyidagi ibtidoiy din shakllarida namoyon bo„lgan. 


11 
1. Totemizm
. Totem so„zi - Shimoliy Amerikada yashaydigan 
Ojibva
qabilasi tilida “uning urug„i” ma‟nosini anglatadi. Uning mohiyati “odamlarning 
hayvonot yoki o„simlikning muayyan turlariga qarindoshlik aloqalari bor”, deb 
e‟tiqod qilishdir. Ehtimol, ma‟lum bir jamoaning avvalda asosiy ozuqa manbaini 
tashkil qilgan hayvon yoki o„simlikka nisbatan e‟tibor keyinchalik vujudga kelgan 
qabilaning diniy tasavvurlarining asosiy shakllaridan biriga aylangan bo„lishi 
mumkin. Urug„dosh guruhlar o„zlarini umumiy belgilari va totemlari bo„lgan 
hayvon yoki o„simlikdan kelib chiqqan deb bilar edilar. Ammo bunday totemlar va 
odamlar orasidagi aloqalar uzoq o„tmishga tegishlidir va bilvosita ularning mavjud 
bo„lganligini faqatgina qadimgi rivoyatlar tasdiqlaydi. Masalan, hozirgi davrgacha 
Avstraliya Aborigenlari orasida saqlanib qolgan afsonalardan ularning 
tasavvurlarini bilib olish mumkin. 
Urug„dosh jamiyatning shakllanishi jarayonida totemizm muhim rol o„ynadi. 
Ayniqsa, ular qarindosh guruhlarning boshqalardan ajralishiga sabab bo„ldi. 
“O„zimizniki”, ya‟ni bir totemga tegishli degan aniq taassurot paydo bo„ldi. 
Totemizm ta‟sirida paydo bo„lgan urf-odatlar va normalar asrlar davomida qat‟iy 
ravishda qo„llanildi. Bu totemga xos bo„lmagan begonalar bu jamoa urf-odati va 
normalaridan chetda hisoblangan. Totemizmning bunday ijtimoiy roli totemistik 
ko„rinishlarni evolyusion xarakteriga ham ta‟sir ko„rsatdi. Vaqt o„tishi bilan 
qarindoshlik tizimining mustahkamlanib borishi jarayonida birinchi darajali totem 
tartibi haqida tasavvur ilgari surildi. 
Zooantropofomorf
ko„rinishi bilan aralashgan 
holda odam bilan uning totemi qarindoshligi orasida oilaviy munosabatlar haqida, 
ya‟ni odam vafot etgach uning o„z totemiga aylanishi yoki aksincha - totemdan 
qayta inson shakliga kelishi haqidagi tasavvurlar paydo bo„ldi. Birinchi tomondan 
buning hammasi o„tgan ota-bobolar ruhlarining kuchayishiga va ilohiy kuchlarga 
ishonchni oshishiga olib kelgan bo„lsa, ikkinchi tomondan totemga bo„lgan 
munosabatlarni o„zgarishiga, totemni ozuqa sifatida iste‟mol qilishni taqiqlanishiga 
olib keldi. 
Tabu
- ta‟qiqlash tizimi paydo bo„ldi. Ulardan eng muhimi totemni 
ovqat sifatida is‟temol qilishni taqiqlash edi. Faqatgina ba‟zi diniy marosimlarda 
ruhoniylar yoki qabila boshliqlariga totemni yeyish ruxsat etilardi. Shunday qilib, 
totemizm urug„chilik jamoasi - ijtimoiy jamoalarning eng birinchisida diniy 
ko„rinishlarning tarixiy asosi bo„lib qoldi. 
Insoniyat rivojlanishining dastlabki bosqichlarida totemizmning asosiy 
vazifalari - birinchi ma‟ruzada aytib o„tilganidek 

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish