Fanning ma’ruza mashgulotlari mazmuni
O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng kolamli islohotlarning bosh maqsadi - kuchli, raqobatbardosh milliy iqtisodiyotni yaratish va shuning hisobidan aholi farovonligini muntazam oshirib borishdir. Shu sababli davlatimiz rahbari zamonaviy bozor mexanizmlari, ulaming samaradorligini ta’minlash va shu asosda mamlakatimizda barqaror bozor iqtisodiyotini shakllantinshning muhim shartiga aylangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Respublika Prezidenti I.A.Karimov tomonidan 2012-yil 14-sentabr kuni “O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va ahamiyati” mavzuida Xalqaro konferensiyada 0 ‘zbekistonda barqaror iqtisodiyotni shakllantirish va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishning muhim bo‘g‘ini sifatida kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlikni yuksaltirish borasidagi ilg‘or tajribani o'rganish, xalqaro hamjamiyatni mamlakatimizda ushbu sohada erishilayotgan yutuqlar bilan, ko‘plab nufuzli xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, jumladan, BMT, Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki vakillari, dunyoning qirq beshdan ortiq mamlakatidan kelgan yetakchi ekspertlar, biznesmenlar, mamlakatimizda faoliyat ko'rsatayotgan xorijlik diplomatlar hamda keng jamoatchilikni tanishtirdi. Erishilgan yutuqlarga hukumatimiz tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quwatlash, ularga har tomonlama madad berish, samarali ishlashi va rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ular yordamida mamlakat iste’mol bozorini yuqori sifatli tovarlar bilan to'ldirish masalalariga alohida e’tibor berilganligidir. Bundan tashqari kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati bilar bog'liq qonun va boshqa me’yoriy hujjatlarga asosan biznes tadbirkorlikning faoliyat sohalarini rivojlantirishni rag'batlantirish, ulaming huquqlari, majburiyatlari, mas’uliyatlari va manfaatlarini himoya qilish davlat tomonidan kafolatlangangligi bo'ldi. Bu o'z navbatida, kichik biznes bilan shug'ullanuvchi ishbilarmonlaming ishchanligini yanada faollashtirishga keng imkoniyat yaratdi. Milliy iqtisodiyotimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushining ortib borayotgani ichki bozomi raqobatbardosh va sifatli tovarlar bilan to'ldirish, zamon talablarini inobatga olgan holda xizmatlar ko'rsatish sohasini kengaytirish, eksport tovarlari tarkibida jahon bozorlarida xaridorgir, sifatli mahsulotlami ko'paytirish, avvalo yoshlar uchun yangi ish o'rinlarim yaratish va shu asosda aholi daromadi hamda farovonligini oshirishning muhim omillaridan biri bo'ldi. Respublikamizda qaror topgan qulay ishbilarmonlik muhitining huquqiy asoslarini muntazam takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada hayotga tatbiq etilayotgan iqtisodiy islohotlaming mantiqi va izchilligi, barcha soha va tarmoqlami jadal rivojlantirish, jahon bozorlarida tez o'zgarib turgan sharoit iqtisodiyotni boshqarish tizimini yanada erkinlashtirishni taqozo etmoqda. Shu imtiyozlardan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektiari samarali foydalanishi natijasida tadbirkoriar soni va mahsulot yetishtirish hajmi ortib bormoqda. O'zbekistonda tadbirkorlik faoliyati rivojlanishiga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi, ulaming huquqiy va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishning samarali tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari yaratilgan. Bu esa 2017-2021-yillar davomida mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektiari soni sal kam 2 barobardan ortiq ko'payishiga, 2021-yilga kelib 411,2 mingdan ortishiga shart-sharoit yaratdi. Ayni paytda tadbirkorlikda ish bilan band bo'lganlaming 75 foizi mehnat qilmoqda. Buning natijasida 2009-yilda respublikamiz yalpi ichki mahsulotining 50.1 foizi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarining ulushiga to'g'ri kelgan bo'lsa, 2021-yilda esa 54.9 foizni tashkil etdi. O'zbekiston iqtisodiyotining barqaror va mutanosib rivojlanishini ta ’minlash, xalqimizning hayot darajasi va farovonligini yanada oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik imkoniyatlaridan keng foydalanilayotganligi, eng muhimi, mazkur soha bundan keyin ham diqqat-e’tiborimiz markazida bo'lishi borasidagi fikrlar va qarashlarining mazmun-mohiyatini jamiyatimizning barcha a’zolariga, eng avvalo, talaba-yoshlaming ongiga chuqur singdirish muhim ahamiyatga egadir. Mamlakatimizda mulkchilikka asoslangan bozor iqtisodiyotni shaldlantirishda va samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarining faoliyat ko'rsatishi va rivojlanish qonuniyatlarini tahlil qilishda hamda ulaming istiqboldagi o'zgarishi haqida ilmiy asoslangan natijalarni o'rganishada “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik” fanini kiritish orqali maqsadga erishish ko'zda tutildi.
Iqtisodiyotni rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik salohiyatidan samarali foydalanish borasida zarur bo‘lad igan tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy munosabatlami erkinlashtirish sharoitida tadbirkorlik yo‘nalishi bo‘yicha kadrlami tayyorlashda “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik” fanining ahamiyati nihoyatda dolzarb ekanligini ko‘rsatadi.
Fanning maqsadi talabalarda mamlakatimiz iqtisodiyotini erkinlashtirish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, iqtisodiyotni modernizatsiyalash hamda diversifikatsiya qilish sharoitlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik xo‘jalik yurituvchi subyektlarda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, boshqarish va uni rejalashtirish haqida tushuncha berishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |