Refraktometriya usuli Refraktometriya usuli bilan oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida yogning, suvning, spirtning, qandning va boshqa quruq moddalarning foiz miqdorini aniqlash mumkin. Refraktometriya usuli nurning bir muhitdan ikkinchi bir muhitga otish paytida uning yonalishining ozgarishiga yoki nurning sindirish korsatkichi koeffitsientlarini aniqlashga asoslangandir. Masalan, refraktometr yordamida asalning tarkibida qancha suv borligini, sharbatlar tarkibida qancha quruq modda borligini yoki bolmasa moy va yoglarning sindirish korsatkichlari orqali ularning tozaligini va buzilgan-buzilmaganligini aniqlash mumkin.
Go’sht xom ashyolari va ularning turlari. Go’shtning kategoriya va navlarga bo’linishini aniqlash uslublari. Semizlik kategoriyalari. Mol go’shti va qo’y go’shtlari mushak to’qimalarining va yog’ qatlamlarining tuzilishiga qarab quyidagi semizlik kategoriyalariga klassifikatsiyalanadi. Bu kategoriyalar ko’rsatkichi quyidagilardan iborat:
Semiz mol go’shti kategoriyasi. Mushaklar a’lo darajada rivojlangan, suyaklar umuman ko’rinmaydi. YOg’lar butun tana qismini qoplab olgan bo’ladi.
Yuqori semiz go’sht kategoriyasi. Mushaklar yaxshi rivojlangan, suyaklar bo’rtib chiqmagan. Yog’lar tananing qo’l qismidan orqa son qismigacha qoplab turadi.
O’rtacha semizlik kategoriyasi. Mushaklar qoniqarli rivojlangan. Orqa tomon suyaklar ozgina bo’rtib chiqqan. Yog’lar tananing sakkizinchi qovurg’asidan pastga qarab qoplab turadi.
O’rtadan past semizlik kategoriyasi. Mushaklar qoniqarsiz rivojlangan. Orqa tomondagi suyaklar bo’rtib chiqqani yaqqol ko’rinib turadi. Yog’lar juda kam, onda – sonda uchraydi. Bu kategoriyaga mansub mol go’shti ozg’in mol go’shti hisoblanadi.
Cho’chqa go’shti semizligi 4 ta kategoriyaga bo’lingan bo’ladi.
Yog’li kategoriya - yog’ qalinligi 7 sm dan ortiq.
Yarim yog’li kategoriya - yog’ qalinligi 5-7 sm gacha
Vetchinali - yog’ qalinligi 3 - 5 sm gacha;
Go’shtli - yog’ qalinligi 1,5- 3 sm gacha
Oxirgi kategoriyaga baholanmagan cho’chqa go’shti og’riq cho’chqa go’shti hisoblanadi.
Go’shtning navlarga bo’linishi
Go’shtning tana qismidan olingan joyiga qarab o’zining ozuqaviy qimmatiga ega. U o’zining to’qimasi va kimyoviy tarkibi bo’yicha turli ko’rinishga ega bo’lishi mumkin.
O’zida yog’i, suyaklari va ko’rinarli bog’lovchi to’qimalar bo’lmagan go’sht oliy navli go’sht deb yuritiladi. O’zida 6% gacha yog’ va bog’lovchi to’qimalariga ega bo’lgan go’sht 1 navli go’sht deyiladi. Go’shtdagi mushak va bog’lovchi to’qimalarining miqdori, uning tez yoki aksincha hazm bo’lishiga ta’sir utkazadi.
Yuqori navli go’sht past navli go’shtga qaraganda o’zida mushak to’qimalari oqsillarining ko’pligi va bog’lovchi to’qimalar oqsillarining kamligi bilan tez hazm bo’ladi. Ular pepsin va pankreatin bilan 20-30% yaxshiroq hazm qilinadi.