Fanning maqsadi va vazifalari.
Tayyor mahsulot standarti talablariga rioya qilish, mahsulot unumini oshirish va texnologik jarayonning har bir bosqichida texnologik va fizik-kimyoviy nazoratni sistemali raviщda olib borish, shu bilan birga ayrim mashina va uskunalarni xolatini nazorat qilish bilan uzviy bog‘liqdir. Buni amalga oshirish uchun xom ashyo, yarim tayyor va tayyor mahsulotlardan namunalar olishni va taxlillarni to‘g‘ri olib borilishini hamda nazoratni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishini tashkil etish lozim.
Ushbu nazoratlarni oziq ovqat sanoati korxonalarida olib borilishi maxsus ishlab chiqilgan va rasmiy ravishda tasdiqlangan standartlar, uslubiy qo‘llanmalar, me’yoriy xujjatlar, yo‘riqnomalar hamda texnologik reglamentlar asosida olib boriladi.
Ushbu fanni o‘rganishdan maqsad oziq ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarida xom ashyoni qabul qilishdan tortib saqlash, ishlab chiqarishga berish, qayta ishlab tayyor mahsulot xoliga keltirib, iste’molchilarga jo‘natishgacha bo‘lgan barcha texnologik jarayonlarni to‘g‘ri nazorat qilish va xom ashyo, yarim tayyor,tayyor hamda chiqindilarni sifat ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri taxlil qilishni o‘rgatadi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirib, mahsulotlarni chiqish unumini oshiradi va ularni sifatini yaxshilaydi.
Fanning maqsadi: «Texno-kimyoviy nazorat» fanining maqsadi shuki, ishlab chiqarish korxonalarida xom ashyoni qabul qilishdan tortib, saqlash, ishlab chiqarishga berish, ishlab chiqarish va tayyor mahsulotlarni omborlarga joylash va ularni iste’molchilarga berishga qadar bo’lgan barcha texnologik jarayonlarni to’g’ri nazorat qilish, xom ashyo, yarim tayyor va tayyor mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini to’g’ri tahlil qilishni o’rgatadi.
Fanning vazifalari: uskunalarni to’g’ri ishlashini, paydo bo’lgan nosozliklarni o’z vaqtida aniqlab,bartaraf etishga yordam beradi. Fan vazifalari to’grisidagi ma’lumot sifatida mahsulot sifatini oshirish, mahsulotni analiz qilish uchun namunalar olish va ularni tahlil qilish usullari, oziq-ovqat mahsulotlarini sifatini nazorat qilish, sut mahsulotlari ishlab chiqarishdagi texnik-kimyoviy nazorat o’qitiladi.
Bu fanni o’rganish talabani turli ishlab chiqarish korxonalarda amaliyotni o’tishga, texnologiyaning maxsus kurslarini o’qishga hamda texnik ijod qilishga tayyorgarligini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |