Fanning maqsadi va vazifalari


Tovarlik sifatini belgilash va kimyoviy analiz uchun namunalarning tanlab olinishi



Download 25,4 Kb.
bet11/14
Sana23.02.2023
Hajmi25,4 Kb.
#913983
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
yakuniy s

Tovarlik sifatini belgilash va kimyoviy analiz uchun namunalarning tanlab olinishi Potentsiometriya usuli
Kartoshka, sabzavot va mevalar sifatini baxolash mahsulotning bir xildagi turkumidan tanlab olinadigan namunalarning tovarlik taxlilini o`tkazish yo`li bilan bajariladi. Namunalarning ko`rkamligi zarur darajadagi aniqlik va ishonchlilik bilan ob’ektiv baxolash uchun etarli bo`lishi ksrak. Namunalarning aso-siy qoidasi — mahsulotning alohida nusxalari sifatining rang-barangligini qamrab olishi lozim, bu, bir tomondan, har bir nusxaning tabiatan o`zgaruvchanligi, boshqa tomondan esa, etishtirish va saklash shart-sharoitlari bilan bog`likdir.
Biologik tadkikotlarda barcha yig`ilgan xosildan namunalar, tovarchilik va saqlashdan keyin — mahsulotning nostandart qismini olib tashlagandan keyin namunalar olinadi, nostandart qismning miqdoriy tarkibi hisobga olinishi kerak. Aralashtirilgan mahsulot massasidan, masalan, tajriba uchastkasi xosilidan namunalar turkumning turli joylaridan tanlab olinadi, bunday joylar maydonchada diagonallari bo`yicha bir-biridan teng masofalarda joylashgan nuktalardagi to`rtburchaklar shaklida bir tekisda taqsimlangan bo`ladi. Bunda ularning har biridan tanlab o`tirmasdan tasodifan qo`lga ilingan nusxalarning bir xildagi soni tanlab olinadi.
pH ni potentsiometrik usul bilan aniqlash
Vodorod ionlari kо`pgina kimyoviy va biokimyoviy jarayonlarga ta`sir kо`rsatadi. Shu sababli laboratoriya va ishlab chiqarish sharoitidagi izlanishlarda vodorod ionlarining kontsentratsiyasini aniq о`lchash va bu qiymatning miqdorini boshqarib borish muhim ahamiyatga ega. Eritmadagi vodorod ionlari kontsentratsiyasini ifodalashning qulay usuli vodorod kо`rsatkichi pH ni aniqlashdir [26-28]. Eritmadagi vodorod ionlari kontsentratsiyasining manfiy ishorali logarifmi – pH dir:
Aslida tajribada vodorod ionlari kontsentratsiyasi emas, balki ularning aktivligi ( ) topiladi. SHu sababli (51) holida yoziladi. Biroq, amaliyotda suyultirilgan eritmalar bilan ishlanganda vodorod ionlarining aktivligi va kontsentratsiyasi orasidagi farq e`tiborga olinmaydi.
p H - ni aniqlashda kalorimetrik va potentsiometrik usullardan foydalaniladi. pH ni potentsiometrik usulda о`lchash ancha aniq usul hisoblanadi.
PH ni potentsiometrik aniqlash tekshiriladigan eritmaga botirilgan ikkita mos elektrod orasidagi potentsial farqni o'lchash yo'li bilan amalga oshiriladi: bu elektrodlardan biri vodorod ionlariga sezgir (odatda shisha elektrod), ikkinchisi esa mos yozuvlar elektroddir (masalan, to'yingan kalomel elektrod).
Hisoblagich - ishlatiladigan elektrodlardan kamida 100 barobar ko'p kirish qarshiligi bo'lgan voltmetr. Odatda u pH birliklarida baholanadi va kamida 0,05 pH birliklari yoki kamida 0,003 V ni ajratish mumkin bo'lgan sezgirlikka ega.
Monografiyada boshqacha ko'rsatilmagan bo'lsa, barcha o'lchovlar bir xil haroratda (20-25 ° C) amalga oshiriladi. Bu kalibrlash uchun ishlatiladigan mos yozuvlar bufer eritmalari to'plamining haroratiga nisbatan pH o'zgarishini ko'rsatadi
Potentsiometrik titrlash usuli
Potensiometrik titrlash neytrallash, cho'kma va kompleks hosil qilish, oksidlanish-qaytarilish va boshqa usullar yordamida bajariladigan miqdoriy tahlilda ekvivalent nuqtani aniqlash uchun qo'llaniladi. Rangii va loyqa eritmalarini titrlash uchun ham ushbu usuldan foydalanish mumkin. Bu usulda titrlash jarayondagi alohida tanlangan elektrod juftligida hosil bo'ladigan elektr yurituvchi kuchini (EYK) o'lchash orqali titrantni ekvivalent hajmi aniqlanadi. Elektrod juftligi taqqoslash elektrodi va indikator elektroddan iborat. Indikator elektrod potensiali titrlash jarayonida faol qatnashuvchi yoki hosil bo'luvchi ionlar konsentratsiyasi bilan bog'liq bo'lib, taqqoslash elektrodining potensiali doimiy qiymatini saqlab qoladi. Titrlanganda elektrod juftligi odatda tekshiriluvchi eritmaga tushiriladi. Taqqoslash elektrodidan diffundirlanayotgan ionlar titrlash jarayoniga to'sqinlik qilsa, taqqoslash elektrodi va tekshiriluvchi eritma e lek trolitik ko'prik orqali tutashtiriladi. Ushbu elektrolitik ko'prik ionlari to'sqinlik qilmaydigan elektrolit eritmasi bilan to'ldirilgan P-shakldagi naycha ko'rinishda bo'ladi

Download 25,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish