Oziq- ovqat mahsulotlari sifatini tekshirish
Har bir mahsulot ma’lum bir sifatga ega. Mahsulot sifatiga baho berishda uning ko‘rsatkichlari hisobga olinadi. Mahsulotning asosiy ko‘rsatkichlariga uning energetik va biologik qimmati, organoleptik ko‘rsatkichi kiradi. Umuman olganda mahsulotning sifati kompleks baholanadi.
Mahsulot sifati, odatda o‘rtacha namuna tanlab olish yo‘li bilan aniqlanadi. Mahsulot sifati organoleptik va tajriba usullari yordamida aniqlanadi.
Organoleptik usul mahsulot sifatini aniqlashda asosiy usul hisoblanadi. Organoleptik tekshirish kishining sezgi organlari vositalari yordamida olib boriladi. Bu usul bilan mahsulotlarning hidi, ta’mi, rangi, shakli, o‘lchami, tashqi ko‘rinishii, konsistensiyasi aniqlanadi.
Ta’m. Har bir oziq-ovqat mahsulotining ta’mi o‘ziga xos bo‘ladi. Ba’zi bir mahsulotning ta’mi o‘tkir, o‘rtacha, kuchsiz va butunlay bo‘lmasligi mumkin. Oziq-ovqat mahsulotlarining ta’mi qanchalik o‘tkir bo‘lsa, ular organizmda shunchalik yaxshi hazm bo‘ladi. Ta’m bo‘lishi mumkin shirin, achchiq, nordon va sho‘r.
Hid. Hid oziq-ovqat mahsulotlarida bo‘ladigan va asta-sekin atrof-muhitga tarqaluvchi hidli moddalardan kelib chiqadi. Hid turli xilda bo‘ladi. Xushbo‘y, meva va rezavor mevalar hidi, gul hidi, badbo‘y hid, kuygan hid va h. q. Har bir oziq-ovqat mahsuloti o‘ziga xos hidga ega bo‘ladi.
Rang. Mahsulot rangi ularda rang beruvchi moddaga bog‘liq. Masalan, meva, sabzavot, barg va o‘simliklarga yashil rangni xlorofil bersa; savzi, o‘rik, behi kabi mahsulotlarga sariq rangni karotin moddasi beradi.
Ishlab chiqarish jarayonida texnik- kimyoviy nazorat
Texnik-kimyoviy nazorat - bu korxonalarda mahsulot ishlab chiqarishda ularni standart talabiga (bo’yicha) asoslanganligini, texnikaviy sharoitlarini, texnologik reglamentini va instruktsiyaga asoslanganligini ta’minlovchi nazoratdir. Texnik-kimyoviy nazorat funktsiyasiga quyidagilar kiradi:
a) kelayotgan xom-ashyoning sifatini, qo’llaniladigan idishlarni (tara),
materiallarni joylanishini nazorat qiladi;
b) tayyor mahsulot sifatini, asboblarni (tara) joylashishini, markalar qo’yilishini va mahsulotni korhonadan chiqarish tartibini nazorat qiladi;
v) ketgan xom-ashyo xarajati va tayyor bo’lgan mahsulot miqdorining nazorati. (rasxod i vixod);
g) uskuna, apparat va idishlarni yuvib dezinfektsiyalash sifatini,
rejimlarini, hamda ishlab chiqarishda (sanitarno-gigienik) tozalik xolatini nazorati;
d) ishlab chiqarilayotgan sut va sut mahsulotlariga ishlov berish texnologik jarayonlarini nazorati;
j) tekshirishlar (analiz) uchun foydalaniladigan reaktivlarni va ularni saqlash
tartibini nazorati;
z) KIP xolatini nazorat qilish.
Ishlab chiqarish tsexlarining tozalik (sanitarno-gigienik) xolatini baholashda quyidagilarga asoslanadi: ularning texnologik va mikrobiologik sifatini nazoratiga, apparat, inventar va idishlarning yuvilish sifatiga, hamda korxonaning va ishchilarning ish joylarini tozalik xolatlarini kuzatishga asoslanib baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |