1.3. Xalqaro mehnat bozorining asosiy turlari
Barcha turdagi bozorlarda sotuvchilar va xaridorlar mavjud bo`lib, ular
harakat qilganidek, bu jarayon mehnat bozorida ham amal qiladi. Bu bozor
mehnatni sotadiganlar va sotib oladiganlardan iborat bo`ladi. Agar sotuvchi va
xaridorlar bir-birlarini butun mamlakat bo`ylab izlasalar, bunday bozor milliy
mehnat bozori deyiladi. Sotuvchi va xaridorlar bir-birlarini faqat muayyan
hududda izlasalar, bunday bozor mahalliy bozor deb nomlanadi.
O`zbekistonda zamonaviy mehnat resurslari bozori endigina shakllana
boshladi. U mazkur mezon bo`yicha hali o`z shaklini egallaganicha yo`q. Bu
xususda uni aralash hamda mehnat bozorining birinchi turiga moyilroq deyish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |