Fanning maqsadi va vazifalari


Mehnat bozorining asosiy unsurlari quyidagilardir



Download 36,32 Kb.
bet8/11
Sana14.01.2022
Hajmi36,32 Kb.
#360334
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ma`ruza matni

Mehnat bozorining asosiy unsurlari quyidagilardir:

• Ishchi kuchini taklif qilish.

• Ishchi kuchiga talab.

• Ishchi kuchiga talab va taklifning nisbati asosida uning bahosi (ish haqi) shakllanadi.



Mehnat bozori unda vujudga kelayotgan ishchi kuchi oqimlarini tartibga soladi. Bu oqimlar to`rtta asosiy yo`nalish bo`yicha yuzaga keladi:

Birinchisi — ish bilan bandlarning ishni yo`qotishi natijasida ishsizlar safiga o`tishi.

Ikkinchisi - ishsizlarni ishga joylashtirish va shu tariqa ularning ish bilan bandlar toifasiga o`tishi.

Uchinchisi - ish izlashni to`xtatish, ya`ni mehnat bozoridan chiqib ketish va iqtisodiy faol aholidan iqtisodiy nofaol aholiga o`tish.

To`rtinchisi - ilgari ishlamagan yoki hech qachon ish qidirmaganlarning ish qidirishi va ishga joylashishi, shu tariqa ularning iqtisodiy faol aholi toifasiga kirishishi.

Mehnat bozorida ishchi kuchi yollanma mehnat sifatida namoyon bo`ladi. Yollanib ishlaydiganlar ish bilan bandlarning, shu jumladan menedjerlar va ma`murlarning ham aksariyat ko`pchiligini tashkil qiladi. Faoliyati mulk shakllarining xilma-xilligi bilan belgilanadigan ish bilan bandlarning boshqa toifalari mulkdor tadbirkorlardan, o`z ishi bilan band xodimlardan, yordam beruvchi oila a`zolaridan iborat. Mehnat bozorisiz muvozanatli iqtisodiyotni bunyod etib bo`lmaydi, chunki iqtisodiyotni boshqarish, avvalo, odamlarning mehnat faoliyatini boshqarishni nazarda tutadi. Shuning uchun ko`plab chet ellik iqtisodchilar mehnat iqtisodiyoti va mehnat sosiologiyasi masalalarini ish haqi va ish bilan bandlik imkoniyatlarining o`zaro bog`liqligi, ta`lim va xodimlar tayyorlashga kapital mablag` sarflashni rag`batlantirish va shu sarflarning samaradorligi, mehnatning ijtimoiy masalalarini mehnat bozori nuqtai nazaridan olib qaraydilar.

Agar bozor iqtisodiyoti elementlarini turli-tuman bozorlar turkumidan iborat bo`lgan imorat deb tasavvur etsak, uning tomidan chakka o`tib, devorlari teshilgan bo`lsa ham imoratdan ma`lum muddat foydalanish mumkin. Lekin bino poydevorsiz bo`lsa, u albatta qulaydi. Mehnat bozori keng ma`noda tushuniladigan bo`lsa, mehnat miqdori va sifati muvofiq taqdirlanadigan, uni normal qayta tiklash hamda undan samarali foydalanishni ta`minlaydigan ijtimoiy munosabatlar, shu jumladan yuridik norma va tartibotlar tizimidir. Tor ma`noda mehnat bozorini ish beruvchilar—ishlab chiqarish vositalari egalari bilan yollanma ishchilar — ish kuchi egalari o`rtasidagi — birinchilarning mehnatga talabini va ikkinchilarning yashash vositalari manbai sifatida ishga yollanish bo`yicha ehtiyojlarini qondirish borasida shakllanadigan munosabatlar tizimi tarzida ta`riflash mumkin.

Ishchi kuchining tovarligini, demak, mehnat bozorini ham
shakllantirishning ikkinchi muhim zamini ishchi kuchining egasi erkin tovar ishlab chiqaruvchi bo`lish imkoniyatidan mahrum bo`lishi kerak. Agar kishi bozorda o`zi mustaqil ishlab chiqargan va unda o`zining mehnati moddiylashgan tovarlarni sota olmasa, demak, u yashash uchun mablag` topish maqsadida o`z ishchi kuchini sotishi kerak bo`ladi.


Download 36,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish