Nisbiy issiqlik sig’imi. Kimyoviy va fizikaviy jarayonlar davomida energiyaning o‘zgarishini aniqlash uchun chiqayotgan yoki yutilayotgan issiqlikning miqdorini va temperatura o‘zgarishini bilish kerak. Ma’lumki, obekt qanchalik ko‘p isitilsa, uning temperaturasi shunchalik yuqori bo‘ladi va aksincha, ya’ni obekt tomonidan yutilgan va chiqarilganissiqlikning miqdori temperaturaning o‘zgarishiga proporsional bo‘ladi. Har bir obekt o‘zining issiqlik sig‘imiga ega, yani uning temperaturasini 1 K ga o‘zgartirish uchun zarur bo‘lgan issiqlik miqdori: issiqlik sig‘imi = q / AT (J/K birligida).
Do'stlaringiz bilan baham: |