Oksidi os on qaytariluvchan Oksidining zichligi 4,7 g/sm3 ga yaqin
EsCl4 suyuqlik, 90 °C atrofida qaynashi kerak, uning zichligi 1,9 g/ 3
sm3 ga yaqin
Oksidi ko'mir yoki vodorod yordamida metallgacha oson qaytariladi
Oksidining zichligi 180 C 4,703 g/ sm3 ga teng
GeCl4 suyuqlik, 83 0C atrofida qaynaydi, uning zichligi 18 0C da 1,88 g/ sm3 ga teng
Ekasilitsiyning 1871 yilda Mendeleyev aytgan xossalarini 1886 yilda kashf qilingan germaniy xossalari bilan solishtiramiz:
Ekasilitsiyning xossalari
|
Germaniyning xossalari
|
Ekasilitsiy Es suyuqlanuvchan metall, kuchli issiqlik ta 'sirida uchuvchan
Atom massasi 72 ga yaqin
Zichligi 5,5 g/sm3 atrofida
|
Germaniy Ge - kulrang metall 936 °C da suyuqlanadi, undan yuqori haroratda uchuvchan
Atom massasi 72,59 ga teng Zichligi 200С5,35 g/sm3 ga teng
|
Galliy, skandiy va germaniyning kashf etilishi davriy qonunning buyuk tantanasi bo‘ldi.
Davriy sistema ba’zi bir elementlarning valentligi va atom massasini aniqlashda katta rol o’ynadi. Masalan, berilliy elementi uzoq vaqtgacha alyuminiy atomi deb hisoblanib, uning oksidi formulasi Be2O3 holida yozilgan. Berilliy oksidining bu formulasi va foiz tarkibi asosida berilliyning atom massasi 13,5 ga teng deb hisoblanar edi. Davriy sistemaga binoan berilliy jadvalda faqat 1 ta o‘rinni egallaydi, bu o‘rin Mg ning yuqorisida bo‘lishi kerak. Uning oksidi formulasi esa BeO bilan ifodalanishi kerak. Berilliyning atom massasi oksid formulasi asosida 10 ga teng. Bu xulosa uning atom massasini berilliy xlorid bug’ining zichligi asosida aniqlash bilan tezda tasdiqlandi. Davriy sistema ba‘zi bir elementlarning atom massalarini to‘g‘rilash uchun turtqi bo‘ldi. Hozirda ham davriy qonun kimyoning yo‘naltiruvchi prinsiplaridan biri hisoblanadi. Davriy qonunga asoslanib, keyingi o‘n yilliklarda davriy sistemadagi urandan keyingi trasuran elementlar sun‘iy yo‘l bilan hosil qilindi. Ulardan biri 101- element bo‘lib, unga Mendelleyeviy deb nom berildi.
Fanning rivojlanishi natijasida davriy qonun moddalarning tuzilishini chuqurroq bilishga imkon berdi. ХХasrda yaratilgan atom tuzilishi nazariyasi o‘z navbatida davriy qonun va elementlar davriy sistemasini yanada chuqurroq yoritishga yordam qildi.
Kimyoviy bog'lanish va molekulalar tuzilishi.
Reja
1.Kimyoviy bog'lanishlarning vujudga kelishi.
2.Kimyoviy bog'lanish turlari.
3.Kimyoviy elementlar valentligi. Birikmalardagi element atomlarining valentligi va oksidlanish darajasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |