Qo’shaloqqutblilik va uning eruvchanlikka ta’siri.
Spirtlarning suvdagi va geksandagi eruvchanligini solishtirish zarur ya’ni erituvchilarda keskin farq qiladigan o'zaro ta’sir kuchlarini. Spirtlar - bu organik moddalar uz tarkibida qutbsiz uglevodorod radikali R - ga bog'langan qutbli gidroksil gurux (-OH) tutgan (spirtlar formulasi R - OH).
• - OH guruh kuchli vodorod boglanish orqali suv molekulalari va kuchsiz dipol - induksiyalangan dipol tipidagi kuchsiz kuchlar orkali suv molekulalari bilan boglanadi.Spirtlarning umumiy formulasini OH; quyida n=0 dan 5 gacha bulgan spirtlar ko'rib o'tilgan.
n=0-2 gacha bulgan spirtlar uchun ularning suvda eruvchanligi yuqori bunda - OH guruh bunday spirtlarda nisbatan katta hajmni egallaydi. Bunday spirtlarning molekulalari bir-biri bilan vodorod boglar orkali ta’sirlashadi. Jarayon suv molekulalari bilan ham boradi.Erigan moddadagi va erituvchi orasidagi vodorod boglari erigan modda va erituvchi orasidagi vodorod boglariga almashinadi. Buning natijasida bunday spirtlar suvda chegaralanmagan darajada eriydi.
n>2 bo'lgan spirtlar uchun suvda kam eruvchanlik xarakterli spirtdagi uglerod atomlari soni n>6 bulganlari suvda umuman erimaydi.Bunday spirtlarda qutbsiz zanjirlar (R ) suv molekulalari orasida harakatlanishi kerak molekulalar orasidagi kuchsiz o'zaro ta’sirlarni spirtlar molekulasi va suv orasidagi kuchli vodorod boglanishga almashinishi kerak buladi. Biroq -OH gurux bunday spirtlar molekulasida kichkina qismni egallaydi shuning uchun spirtning - ON guruhi - suv molekulasi toza suvdagi barcha vodorod boglarini uza olmaydi va tegishlicha spirtdagi uglevodorod radikali ortib borishi hisobiga erigan moddaning suvda eruvchanligi keskin kamaya boradi.
O'xshash moddalar o'xshashlarida eriydi:metanolning suvda eruvchanligi.
Suvdagi va metanoldagi vodorod boglari o'xshash va bu moddalarni aralashtirganda ular tegishlicha bir - birini urnini bosa oladi ya’ni eritma hosil buladi
Spirtlarning kichkina molekulalari (CH3OH)ning geksandagi eruvchanligi kam. Ulardagi dispersion kuchlardan tashqari CH3OH dagi -OH guruh va geksan orasida dipol-induksiyalangan dipol kuchsiz molekulalararo o‘zaro ta’sir kuchlari ham mavjud, CH3OH molekulalari orasidagi kuchli vodorod bog‘lanishning o‘rnini bosa olmaydi va tegishlicha uning geksandagi kuchsiz eruvchanligi kuzatiladi.
Uzun zanjirli spirtlarning geksandagi eruvchanligi yuqori. Spirtda CH3(CH2)nOH n>0 bo‘lganda, spirtlarning uglevodorod radikallari va geksan orasidagi dispersion kuchlar, geksan molekulalari orasidagi dispersion kuchlarning o‘rnini oladi, ya’ni radikalida 2ta uglerod atomi tutgan etanol uchun halqa hosil bo‘ladi. Radikalning uzayishi bilan uning va geksan orasidagi dispersion kuchlar ham sezilarli ortadi. Ko‘pgina organik molekulalar o‘zida qutbli va qutbsiz qismlar tutadi va ularning eruvchanligini belgilaydi. Masalan, karbon kislotalari va aminlar o‘zini spirtlar kabi tutadi: metan kislota (HCOOH, chumoli kislota) va metilamin (CH3NH2) suv bilan yaxshi aralashadi, geksanda esa kam eriydi, ammo geksan kislota (CH3(CH2)4COOH) va geksanamin (CH3(CH2)5NH2) suvda deyarli erimaydi, geksanda esa juda yaxshi eriydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |